Davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari. O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi qonunchiligi.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik – bu yirik firmalarning, agar bu raqobatning kamayishiga yoki monopoliyaning o‘rnatilishiga olib keladigan bo‘lsa, ehtimolli qo‘shilishini ta’qiqlash orqali tarmoq tuzilmasini boshqarish shaklidir.
Ko‘plab mamlakatlarda davlat monopoliyaga qarshi siyosatni va raqobatli bozorni boshqarishni quyidagi asosiy yo‘znalishlar bo‘yicha amalga oshiradi.
Birinchi: bozorning monopolizatsiyasi cheklanadi. Bunda monopolizatsiya ostida ishlab chiqarishning yiriklashtirilishi emas, balki faqat savdoning jiddiy cheklanishi tushuniladi.
Ikkinchi: raqobtalashyotgan kompaniyalarning qo‘shilishi ta’qiqlanadi.
Uchinchi: monopol narxlarning o‘rnatilishi ta’qiqlanadi (shu jumladan narxlarni oshirish va shu kabi til biriktirishlarda firmalarning “etakchiligi”).
To‘rtinchi: raqobat uning madaniy shakllarida saqlanadi va qo‘llab-quvvatlanadi. SHuning uchun raqobatning “vijdonsiz” va “aldov” usullari – demping, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va kometik vositalar, shuningdek tibbiy asbob-uskunalar va shu kabilarning sohta reklamasini qo‘llash ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yilgi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni monopolistik faoliyat va vijdonsiz raqobatni oldini olish, cheklash, ogohlantirishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab, tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali ishlashi uchun sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan. Qonun tomonidan o‘zining oldiga raqobatni cheklash va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlarini kamsitishni maqsad qilib qo‘ygan yoki shunday natijaga ega bo‘lgan, ustunlik holatiga ega xo‘jalik sub’ektining harkatlari ta’qiqlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
maqsadi va natijasi bo‘lib bozorda taqchillikni yaratish yoki ta’minlash bo‘lgan tovarlarni muomaladan olib qo‘yish;
monopolli juda yuqori yoki juda past narxlarning o‘rnatilishi;
kontragentga shartnoma predmetiga tegishli bo‘lmagan, shu jumladan moliyaviy mablag‘lar, boshqa mulk yoki mulkiy huquqlarni asossiz ravishda o‘tkazish bo‘yicha talablarni qabul qilishga majbur qilish;
kontragentni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qaraganda tengsiz holatga qo‘yadigan kamsituvchi shartlarni shartnomaga kiritish.
Ishlab chiqarishni monopollashtirish yoki tovarlarni sotish maqsadida yuridik shaxslar va boshqaruv organlarining birlashtirilishi, davlat boshqaruv organlarini amalga oshirilishi raqobatning cheklanishiga olib keluvchi vakolatlar bilan ta’minlanishi ta’qiqlanadi. Vijdonsiz raqobat, shu jumladan quyidagilar ham ta’qiqlanadi:
Boshqa xo‘jalik sub’ektiga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan sohta, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish; intellekutal (aqliy) faoliyat va unga tenglashtirilgan yuridik shaxsni tanish (aniqlash), mahsulotni tanib olish, xizmatlarni bajarish vositalaridan noqonuniy foydalanish orqali tvoarni sotish;
Iste’molchilarni tovarning tayyorlanish joyi va usuli, iste’molchilik xususiyatlari, uning sifati borasida yanglishtirish; egasining roziligisiz ilmiy-texnik, ishlab chiqarish yoki savdo axborotini, shu jumladan tijorat sirini olish; yangi tuzilgan xo‘jalik sub’ektiga tovar va xizmatlar bozoriga kirishiga to‘sqinlik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |