Legal (lot. – qonuniy) monopliyalar qonuniy asosda shakllanishadi. Ularga monopolistik tashkilotlarning quyidagi shakllarini kiritish mumkin:
a) patent tizimi. Patent deb mamlakat hukumati tomonidan fuqaroga yaratilgan ixtirodan foydalanish huquqi berilgan guvohnoma nazarda tutiladi. SHuningdek, patent deb savdo, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga huquq beruvchi hujjatga aytiladi;
b) mualliflik huquqi, unga ko‘ra aqliy mulk egalari o‘z mahsulotlarini hayoti davomida yoki biror-bir davrda sotish yoki ko‘paytirish uchun favqulodda huquqni olishadi.
v) savdo belgilari – bu tovar, xizmat yoki firmani tanishga imkon beruvchi maxsus rasmlar, nomlar va ramzlardir (raqobatchilarga ro‘yhatga olingan savdo belgilaridan foydalanishi ta’qiqlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |