Reja:
Skandinaviya teatri
Genrik Ibsen (1828-1906-y.)
Strindberg (1849-1912-y.) Skandinaviya teatri
XIX asming 60-yilIaridan boshlab Ovro'po mamlakatlari teatri repertuaridan Skandinaviya dramaturglari asarlari sezilarli darajada keng o'rin egallay boshlaydi. Bu asarlar qo'yilgan muammolarning o'tkirligi, obrazlarning teran va badiiy ifoda shakllarining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Norveg dramaturglaridan Ibsen, Byorn-son, shved dramaturgi Strindberg singari yetuk qalam sohiblari ja-hon dramaturgiyasining eng ilg'or an'analariga suyanib, mudom boy Skandinaviya dramaturgiyasini yaratdilar, ular bu bilan jahon dramaturgiyasini yangi bosqichga olib chiqdilar.
Skandinaviya dramaturgiyasi, birinchi galda Norvegiya drama-turgiyasi, G'arbiy Ovro'poning yirik mamlakatlarida drama adabi-yotining g'oyaviy va badiiy darajasi pasaya boshlagan paytda gullash bosqichiga kiradi. Bu Skandinaviya mamlakatlari tarixiy taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanardi. Bu mamlakatlarda iqtisodiy tizimning qayta qurilishi, sanoat va kapitalistik munosa-batlarning jadallik bilan ravnaq topishi san'ati ham gullab — yashnashiga olib keladi.
Norveg dramaturgiyasi milliy ozodlik harakati ta'sirida milliy norveg teatrini yaratish yo'lida olib borilgan kurash natijasida 1840 yillarning oxiridan rivojlanish pallasiga kiradi. Ibsen va Byornson o'zlarining ilk romantik pyesalari bilan shu davrda maydonga chiqa boshlaydilar.
Norveg realistik san'atiga xos ijtimoiy — tanqidiy o'tkirlik, ma'naviy komillik tamoyillariga Genrik Ibsen ijodida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Ibsen zamonaviy hayotdan o'zini olib qochmay, balki uning aniq manzarasini chizish asosida fojiona mushkilotlarga to'la, mudom ko'lamdor realistik dramalar yaratdi. Ibsenning XIX asr oxiri — XX asr boshlarida jahon dramaturgiyasi va teatriga qo'shgan ulkan hissasi uning odatiy tasvir doirasida keng qamrovli realistik drama turini yaratishi bilan belgilandi.
Ibsen pyesalari norveg dramaturgiyasining jahon dramaturgi-yasiga qo'shilgan eng ulkan hissasi bo'lsa-da, lekin Ibsen Ovro'po miqyosida tanilgan yagona norveg dramaturgi emas edi. Shuning-dek,j B.Byornsonning ijodi ham Ovro'poda keng tarqalgandi. Ma-salan, uning «Sinish» (1874) pyesasi Ovro'po sahnalariga ijtimoiy mavzuning kirib kelishiga yo'l ochib berdi.
Shvetsiya realistik dramaturgiyasi ham XIX asrning ikkinchi yarmidan taraqqiy eta boshlaydi. O'tkir iste'dod sohibi va beorom ijodkor Avgust Strindberg bu davr shved adabiyotining eng yirik namoyandasi sifatida ko'rindi. U oltmishga yaqin pyesa yozgan bo'lib, yaxliticha realizmga asoslangan holda turli badiiy yo'nalishlarda ijod qildi.
Dramaturgiyaning rivojlanishi teatrning ravnaq topishiga ta'sir etmay qolmadi. Ibsen va Byornson ijodlari Norvegiya sahna san'ati shakllanishiga zamin bo'lib xizmat qilgan dramaturglargina emas edi. Ular teatrda realistik nuqtayi nazarlarni tasdiqlashda bevosita ishtirok etgan teatr arboblari ham edi. XIX asrning so'nggi o'n yil-liklarida shved madaniyatining o'sishi bilan bir qatorda shved teatri ham Strindberg ijodi bilan bog'liq holda tez rivojlanish yo'liga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |