Bu sohadagi izlanishlar shuni ko’rsatadiki, strategik maqsadlar mahlum talablarga javob berishlari kerak: 1. Aniqlik va o’lchamlilik. 2. Vaqt bo’yicha belgilanganlik. 3. Erishuvchanlik (real). 4. Muqobillilik va o’zaro bog’liqlik. 5. Maqsad quyilishi sohasidagi ustuvorlik. Tashqi muhit omillari va tashkilotning ichki o’zgaruvchilarini baholash va taxlil qilish. Firmaning bosh yo’nalishini va maqsadini tanlash sezilarli darajada quyidagi ikkita shartga Bog’liq: 1. Tashqi muhit tahsiri. 2. Ichki omillar, yahni tashkilotni ichki elementlari majmuasi. Shuning uchun strategik rejalashtirishni eng muhim qismi - bu atrof muhitni hamda Firmaning ichki imkoniyatlarini taxlil qilishdir. Bu ko’p mehnat talab qiluvchi va kimmat turuvchi jaraen. Strategik rejalashtirishda pul harajatlarining katta qismi xuddi shu bosqichga to’g’ri keladi. Tashqi muhitni taxlil qilish — bu taxlilni quyidagi guruh omillar bo’yicha izlanish deb faraz qilish mumkin: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, ekologik, texnik, halqaro.
Ichki omillar taxlili — bu firmaning ichki kuchli va zaif tomonlarini boshqaruv orqali tekshirib chiqishdir. U tashkilotni vazifaviy bo’linmalari va ijtimoiy omillari bo’yicha o’tkaziladi. Birinchilari qatoriga ishlab chiqarishni, korxonaning marketing faoliyatini, moliya, xodimlar
Bo’limini kiritish mumkin. Ijtimoiy omillarga esa inson resurslari, ularning tarkibi, malakasi, ahloq mehyorlari, tashkilotda o’rnatilgan munosabatlar, tashkilot madaniyati kabi muhim omillar kiradi. Ishlab chiqarish taxlili-bu korxonalarda operatsiyalarni boshqarish taxlilidir. Bunga katta ro’yxatdagi masalalar kiradi: ishlab chiqarish quvvatlarini belgilash, ularni joylashtirish, ishlab chiqarish jarayonining barcha operatsiyalarini to’g’ri tashkil etish, ishlab chiqarish sikli muddatini qisqartirish, harajatlarni kamaytirish va x. K.
Firmaning marketing faoliyatini taxlil qilish — bu uning ichki omillarini bozor talablariga moslashtirish darajasini taxlil qilishdir, yahni tashkilot o’zining faoliyatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga nisbatan qanday ko’rishi kerakligidir. O’rganish uchun bir necha sohalar ajratiladi: firmaning bozordagi ulushi va raqobatbardoshligi, mahsulot turlari, yahni tovarlar yaratish, reklama faoliyati, haridorlarga sotuvdan oldingi va keyingi ko’rsatiladigan xizmatlar, sotuv samarasi va x.K. Moliyaviy taxlil. Firmaning bozordagi hozirgi holatini aniqlash, hamda uning kelajakdagi
Imkoniyatlarini kengaytirishga va xatarlarni kamaytirish uchun muhimdir. U yordamida sarmoyalarni eng samarali joylashtirish, rejalarni imkoniyatlar bilan doimiy ravishda taqqoslab turish, mablag’larni sarflanishini nazorat qilib turish mumkin. Inson resurslari muammolari — firma ichida mahsus ukitish mavzusi bo’lishi kerak. Bu butun masalalar tizimi tashkilotda samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqishga bog’liq.