3. Tashqi muhitni tahlil qilish va baholash. Ushbu jarayon strategik rejalashtirishning boshlang’ich jarayonlaridan hisoblanadi, chunki u firmaning o’z maqsadlariga erishishi va o’z strategik rejasini ishlab chiqishi uchun bazani ta’minlaydi. Muhitni tahlil qilish uning ikki komponentini ko’rib chiqishni taqozo etadi: - makromuhit; - bevosita muhit. Makromuhitni tahlil qilish firmaga ta’sir etuvchi shunday komponentlarni o’rganishni o’z ichiga oladi: - iqtisodiyotning holati; - huquqiy tartibga solish; - siyosiy jarayonlar; - tabiiy muhit va resurslar; - ilmiy - texnologik daraja; - infratuzilma va boshqalar. Bevosita muhit quyidagi komponentlar yordamida tahlil qilinadi: - xaridor; - etkazib beruvchi; - raqobatchilar; - ishchi kuchi bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |