4. Ichki tarkibni tahlil qilish va baholash. Ichki muhitning tahlili firma o’z maqsadlariga erishishi jarayonidagi raqobat kurashida tayanishi mumkin bo’lgan ichki imkoniyat va salohiyatni aniqlash imkonini beradi. Ichki muhit tahlili firmaning maqsadini aniqlash va o’z mafkurasini ro’yobga chiqarishi uchun imkon yaratadi. Ichki muhit quyidagi yo’nalishlarda ko’rib chiqiladi: - kadrlar salohiyati; - boshqaruvni tashkillashtirish; - moliya; - marketing; - tashkiliy tuzilma va boshqalar. 5. Strategik muqobillarni tahlil qilish va ishlab chiqish, strategiyani tanlash (5.6-bosqichlar). Bu jarayon strategik rejalashtirishning o’zagi hisoblanadi, chunki unda firmaning o’z maqsadlariga qanday erishishi va korporativ missiyasini amalga oshirishi to’g’risida qarorlar qabul qilinadi. Strategik tanlash aniq va bir ma’noli bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |