1. Tashkilot missiyasini aniqlash. Bu jarayon tashkilot mavjudligini, uning ixtisoslashuvini, bozor iqtisodiyotidagi roli va o’rnini belgilashdan iborat. Bozor talablaridan, iste’molchilarning xohishidan, mahsulotning xususiyati va raqobatbardoshlik jihatlarining mavjudligidan kelib chiqib, firmalar biznesdagi o’z yo’nalishini belgilaydi, tashkilot missiyasini aniqlash firmaning ushbu yo’nalishini tavsiflab beradi. 2. Maqsad va vazifalarning shakllanishi. Maqsad va vazifalar iste’molchilarga xizmat kiluvchi faoliyatga olib borishning darajasini aniqlashi kerak. Ular firmada ishlovchilarning maqsadlarini yaratishi lozim. Maqsadli ko’rinish 4 turdagi maqsadga ega: miqdoriy maqsadlar; sifatiy maqsadlar; strategik maqsadlar; taktik maqsad va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |