4. Tashkiliy o’zgarishlar. Ushbu faoliyat tashkilotning shunday shakllanishini nazarda tutadiki, bu shakllanish boshqaruvchi xodimlarning murakkab ishini, menejerlar fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, strategik rejalashtirishning oldingi tajribalari hisobini olib borishni ta’minlaydi. Natijada, ushbu funksiya korxonada turli tashkiliy o’zgarishlarni o’tkazishda namoyon bo’ladi. Ularga boshqaruv funksiyalari, boshqaruv apparati ishchilari vakolati va huquqlarini qayta taqsimlash; strategik reja va boshqalarda ko’zda tutilgan maqsadlarga erishuvga ta’sir etuvchi rag’batlantirish tizimini yaratish va boshqalar kiradi. Ushbu tashkiliy o’zgarishlar tashkiliy strategik bashorat qilishning natijasi bo’lishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |