Strategik menejment



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/208
Sana26.03.2022
Hajmi5,08 Mb.
#511463
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208
Bog'liq
strategik menezhment umk 2020

Strategik qiymat tahlili. 
Kompaniyada yuzaga kelgan vaziyatni eng aniq kursatadigan indikatorlardan 
biri - uning uz raqobatchilariga nisbatan narx pozitsiyasidir. Bu ayniqsa maxsuloti 
kam differentsiyalashgan tarmoqlarga ta‘alluqli bulib, kompaniya har qanday 
sharoitda ham uz raqiblardan orqada qolmasligi kerak, aks xolda raqobatli 
pozitsiyani qo‘ldan boy berib qo‘yishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi 
farqlarga quyidagilar sabab bulishi mumkin: 
- xom ashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya va shu kabilarning 
narxlaridagi farqlar; 
- asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning yoshidagi farqlar; 
- ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bulganligi, ishlab 
chiqarishning kumulyativ ta‘siri, ishlab chiqarish unumdorlik darajalari, turli soliq 
sharoitlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xokazolar tufayli ichki 
tannarxlardagi farqlar; 
- inflyatsiya va valyuta kurslarining uzgarishiga kuchli bog‘liqlik; 
- transport xarajatlaridagi farqlar; 
- taqsimot kanallariga sarflanadigan xarajatlardagi farqlar. 
Strategik qiymatli taxlilda asosiy e‘tibor firmaning o‘z raqiblariga nisbatan 
qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday taxlilning birlamchi taxliliy yondashuvi 


65
qiymat zanjirini yasash bulib, ushbu zanjir xom ashyodan pirovard 
iste‘molchilarning narxlarigacha bulgan qiymat manzarasini aks ettiradi. Ushbu 
jadval xarakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi firmalar bir-biridan eng katta farq 
qiladigan uchta asosiy soxa borligini kursatadi: ta‘minot soxasi, taqsimot 
kanallarining ilg‘or qismlari, kompaniyaning uz ichki faoliyati. Agar firma 
zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni kuldan boy bersa, u 
raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida uz ichki xatti-xarakatlarini uzgartirishi 
mumkin. 
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti 
xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin: 
- yetkazib beruvchilar bilan o‘zi uchun qulay narxlar to‘g‘risida kelishib 
olishi; 
- yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish 
olib borishi; 
-moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi; 
- arzonroq o‘rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi; 
- taqsimotning narxlari maqbul bulgan yangi manbalarini topishi; 
- zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga 
urinishi mumkin. 
Qiymat buyicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki 
soxalarida bulsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 
- byudjetning ichki moddalarini taftish qilish; 
- ishchilarning va qimmatbaxo asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini 
kutarishga urinish; 
- ba‘zi texnologik jarayonlarni firmaning uzida emas, balki chetda bajarish 
foydaliroq bulish-bulmasligini urganib chiqish; 
- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash; 
- qiymatning xavf tug‘dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va 
asbob-uskunalarga yangi investitsiyalar ob‘ekti sifatida kurib chiqish; 
- maxsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo; 
Firmaning raqobat pozitsiyasi kuchini baxolash. 
Qiymat, 
raqobat 
pozitsiyasini 
baxolashga 
qo‘shimcha 
ravishda 
kompaniyaning raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy taxlil qilish 
xam talab qilinadi. U quyidagi savollarga javob berishi kerak: 
- firmaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli? 
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday 
uzgarishini kutish mumkin? 
- firmaning qanday raqobat ustunliklari bor? 


66
Firmaning raqobat prozitsiyalarini baxolash uchun muvaffaqiyatning asosiy 
omillari buyicha balli baxolar shkalasidan foydalaniladi. Bunda firma va uning 
raqiblari buyicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi. 
Umumiy qoida: kompaniya uzining raqobatdagi kuchli jixatlarini kupaytirib 
borishi va uzining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U uz 
strategiyasida 
uzining 
kuchli 
jixatlariga 
tayanishi 
va 
zaif 
jixatlarini 
mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim. 
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan 
bulishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini kursatadi. 
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bulgan jixatlarda raqiblar zaif bulsa, 
ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish