Strategik menejment



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/208
Sana26.03.2022
Hajmi5,08 Mb.
#511463
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   208
Bog'liq
strategik menezhment umk 2020

Ichki guruxlar: 
menejerlar; direktorlar 
kengashi; xissadorlar; 
yollanma ishchilar. 
Maqsadni belgilash 
Biznesni aniqlash 
Bosh tizimlar 
Biznes falsafasi 
Tashqi guruhlar: 
iste‟molchilar; 
hukumat; kasaba 
uyushmalari; 
raqobatchilar; jamiyat

Vazifa va mavqeidan kelib chiqib, 
strategiyani ifodalash 


17
peshqadamlikning obro‘-e‘tibori, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyati, 
diversifikatsiya darajasi, moliyaviy qudrat, iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatish, 
qiymat bo‘yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o‘z ichiga olishi mumkin. 
Mashhur kompaniyalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan namunalar 
keltiramiz: 
- Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport 
kompaniyasi bo‘lish; 
-
Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lish; 
-
General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo‘lish, kompaniya 
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi o‘rinni 
egallash; 
- Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o‘rtacha ishlab chiqaruvchi bo‘lish 
va oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 1500000 untsiyaga 
teng oltin zahirasiga ega bo‘lish; 
- Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni keng 
qamrovliligini davom etgirish. Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli 
maqsadlar talab qilinadi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo‘ladi. Birinchidan, ular 
uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko‘rsatadi, 
ikkinchidan, bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni bugungi qarorlarni qabul 
qilishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi. 
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi 
natijalarga zudlik bilan erishish kerakligini ko‘rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab 
olingan yo‘ldan borish uchun kerak bo‘lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo‘lgan 
ishlarning talab qilingan darajasini ham (qachon va qanchalik ko‘p ish qilish 
kerakligini) ko‘rsatadilar. 
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo‘lishi lozim. Ba‘zi 
kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun ma‘lum bir 
maqsadni belgilaydilar va so‘ngra uning sari qat‘iy harakat qiladilar. Odatda 
bunday menejerlar umid, iltimos va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga 
qaraganda g‘oliblikka yaxshiroq nomzod bo‘ladilar. Bu erda «daromadni 
ko‘paytirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo hajmini 
ko‘paytirish» kabi iboralarni ishlatmaslik kerak. 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini rahbarlikning barcha 
tabaqalari uchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar uchun 
vazifalarni anikdashdan tashqari, ularni bajarishning muhimligini ham ta‘minlaydi 
(shu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi). 
Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini hisobga olish. 
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta‘minlaydilar va buning evaziga o‘z 
investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo‘lga kiritadilar.. Kompaniyaning 


18
hissadorlari uning qonuniy mulk egalari hisoblanadi. Binobarin, ko‘pchilik 
korporatsiyalarning maqsadi xissadorlarning daromadlarini imkon qadar 
ko‘paytirishdan iborat. Paychilar o‘z kapitallaridan ikki xil yo‘l bilan foyda olishadi: 
- dividendlardan; 
- bozor ko‘lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda) 
kapitalning qiymati ortishidan. 
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yuli 
investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir. Bu esa 
kompaniya samaradorligini ko‘rsatuvchi juda yaxshi indikator sanaladi. Ya‘ni 
uning samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lca, dividend to‘lash qobiliyati shunchalik 
yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya 
aktsiyalariga bo‘lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.
 
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichi 
strategik harkatni ishlab chiqish jarayonida markaziy bug‘in hisoblanadi. Bu erda 
korxona rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlariga mablag‘larni qqyishi bqyicha 
muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va investitsiyalar kamay-tiriluvchi biznes-
sohalar ajratiladi. 
Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik 
boshqaruvda bajariluvchi mantiqiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon 
tashkilot maqsadlari qrtasidagi barqaror teskari aloqani ta‘minlaydi. Nazoratning 
asosiy vazifalari bqlib quyidagilar hisoblanadi: 
a)
nimani va qanday ko‘rsatkichlar bqyicha tekshirishni aniqlash; 
b)
qabul qilingan standartlar, me‘yorlar yoki boshqa kqrsatkichlarga 
muvofiq nazorat qilinuvchi ob‘ekt holatini baholashni amalga oshirish; 
c)
o‘tkazilgan baholash natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini 
aniqlash; 
d)
agar zarur va mumkin bo‘lsa tuzatishni amalga oshirish. 
Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma maqsadlariga 
erishishga olib kelishishni aniqlashga yqnaltirilgan. Bu strategik nazoratni 
boshqaruv yoki operativ nazoratdan ajratib turadi, chunki uni strategik rejani 
bajarish strategiyani amalga oshirish yoki alohida ishlar, funktsiyalar va 
operatsiyalarni bajarishning tug‘riligi qiziqtirmaydi. Strategik nazorat kelgusida 
qabul qilingan strategiyalarni realizatsiya qilish mumkinligiga va ularning amalga 
oshirilish qo‘yilgan maqsadlarga erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik 
nazorat natijalari bo‘yicha tuzatishlar ham strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli 
bqlishi mumkin. 
Adabiyotda nazoratning dastlabki, yqnaltirilgan va natijaviy asosiy usullari 
ajratiladi. Dastlabki, nazoratning asosiy maqsadi strategiya va maqsadlarni 
shakllantirishning tqg‘riligini belgilashdan iborat. Strategik boshqaruv 


19
kontseptsiyasiga muvofiq dastlabki nazorat bosqichidan keyin kutilmagan 
qzgarishlarni hisobga olgan holda strategiyani amalga oshirishni boshqarish 
boshlanadi. Bu erda yqnaltiruvchi nazorat usulidan foydalaniladi. Strategiya 
bajarildi deb hisoblanganda olingan natijalar bqyicha natijaviy nazorat amalga 
oshiriladi. Nazoratning bu turi qqyilgan maqsad va vazifalarga erishish 
samaradorligini baholash va tahlil qilishga yqnaltirilgan. Ushbu tahlil natijalariga 
bog‘lik holda strategik boshqaruv jarayoni yoki strategiyaga tuzatishlarni kiritish 
uchun «vazifalarni qo‘yish» bosqichiga qaytadi, yoki yangi strategik harakatni 
ishlab chiqish uchun rivojlanishning keyingi darajasiga utadi. 
Shu bilan strategik harakatni ishlab chiqish jarayoni tugadi deb hisoblash 
mumkin keyin ishlab chiqilgan strategiyani bajarish bosqichi keladi. bu borada 
G.Mintsberg «ongli» (rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga 
oshiriluvchi) strategiyalarni ajratadi (4-rasm). 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish