Strategik menejment



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/208
Sana26.03.2022
Hajmi5,08 Mb.
#511463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
strategik menezhment umk 2020

Dale McConkey 
“Agar inson uzoqdagi narsa haqida fikrga ega bo‟lmasa, u tez orada 
qayg‟uga botadi. Uzoqdagi narsadan xavotir olmaydigan inson qayg‟udan ko‟ra 
ko‟proq g‟amga botadi.”
Confucius 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashuvi jarayonida erkin raqobat va aholi 
farovonligini ta‘minlashda strategik menejment muhim ahamiyatga ega. Dastlab 
harbiy sanoatda paydo bo‗lgan bu konsepsiya bugungi kunda mulkchilik shakli 
turlicha bo‗lgan korxona va tashkilotlarda ham keng yo‗lga qo‗yilmoqda. 
Strategik boshqaruv inson potensialiga tashkilotning asosi deb qaraladigan, 
faoliyatni iste‘molchilar ehtiyojiga yo‗naltiradigan boshqaruv turidir. Shu o‗rinda 
boshqaruvning bu turini joriy etishda raqobatda yengib chiqish imkoniyatini 
beruvchi, tashkilotni saqlab qolish, uning o‘zoq muddatli istiqbolga mo‗ljallangan 
maqsadlarga erishishning bir turi hamdir. Mamlakatimiz iqtisodiyotini 
rivojlantirishda strategik boshqaruvdan oqilona foydalanish bugungi dolzarb 
vazifalardan biri sanaladi. Bunda ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh 
mahsulotlar bilan to‗ldirish, xizmat ko‗rsatishni zamonaviy talablar asosida tashkil 
etish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yo‗lga qo‗yish, yangi ish 
o‗rinlari yaratish, yoshlarni doimiy ish bilan ta‘minlash, shu asosda aholi 
daromadlari va turmush farovonligini oshirish ko‗zda tutilgan. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 7 fevral kuni 
tasdiqlangan 2017–2021 yillarda O‗zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor 


9
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida ham strategik menejmentning 
imkoniyatlaridan keng foydalanish va joriy etish bosh maqsad sifatida olg‗a 
surilgan. Ushbu Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning 
har biri bo‗yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda bir yillik davlat dasturini 
tasdiqlash nazarda tutiladi. Uning ilk bosqichi- 2017 yil «Xalq bilan muloqot va 
inson manfaatlari yili», deb nomlandi. Dasturga muvofiq, joylarda O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari ochildi. Yil mobaynida davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, deputatlar, mutasaddi rahbarlar, 
sektor rahbarlari ishtirokida xalq bilan muloqot, sayyor yig‗ilishlar, uchrashuvlar 
o‗tkazildi, muammolar yechimi joylarga chiqib belgilandi. Hayotimizning barcha 
jabhalaridagi dolzarb muammolarni hal etishning umumdavlat ahamiyatga molik 
dasturi to‘zildi. 
Amaldagi yil esa Yurtboshimiz tomonidan Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili, deb e‘lon qilindi. Qabul 
qilingan dasturga muvofiq 2018 yilda hayotimizning barcha jabhalarida tashabbus, 
innovatsion g‗oyalar asosida yangicha harakat dasturi amalga oshirilmoqda. 
Strategik menejment‖ fanining predmeti, vazifalari va mohiyatini 
o‘rganishdan avval strategiya so‘zining ma‘nosiga tushuncha beramiz. Strategiya 
grekcha (―strategos‖) so‗zidan olingan bo‗lib, ―general san‘ati‖ degan ma‘noni 
bildiradi. Bu atama harbiy sohadan kirib kelgan. Hammamizga tarixdan ma‘lumki 
faqatgina generallar g‘alabaga erishish uchun strategiyalarni to‘zganlar. Masalan 
puxta o‗ylangan strategiya Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy 
yurishlarda qo‗l kelgan. 
O‗zbek tilining izohli lug‗atida ham strategiya atamasi: 


yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish sanati‖; 

―ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanati va ilmi‖
 
ma‘nosida 
talqin etilgan. 
Harbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo‗mondonlik tomonidan harbiy 
jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san‘ati ma‘nosida ishlatiladi. 
Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun strategiya zarurdir.
Strategiya deganda biz istiqbolni tadqiq qilish, turli senariyalarni tahlil qilish 
san‘atini, istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‗oya ekanligini, 
korxonaning umumfaoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va hokazo)ni nazorat 
qiluvchi keng qamrovli tizim ekanligini tushunamiz. 
Strategik menejment nima?
Bir vaqtlar bir xil sanoat sohasida raqobatlashayotgan 2 kompaniya 
prezidenti bo‘lgan ekan. Bu ikki president birlashishni muhokama qilish uchun 
sayohatga chiqishibdi. Ular o‘rmonga qarab yurishibdi. To‘satdan ular orqa oyoqda 
turib olgan, o‘kirayotgan grizli ayig‘iga duch kelishibdi. Birinchi president darhol 
ryugzagini yechib, undan oyoq kiyimini olibdi. Ikkinchi president unga shunday 
debdi: ―Hoy, sen ayiqdan qochib ketolmaysan‖. Birinchi prezident javob 
qaytaribdi: ―Men u ayiqdan qochib ketolmasligim mumkin, lekin aminmanki 
sendan o‘zib ketaman‖. Bu hikoya yutuqqa erishish raqobatbardosh ustunlikni 
saqlab qolish uchun strategik boshqaruvni izohlaydi.
Strategik menejment biror bir tashkilotning maqsadlariga erishishini 


10
ta‘minlaydigan ko‘p vazifali qarorlarning rejasini to‘zish, ijrosini bajarish va 
o‘rganib chiqish ilmi va san‘ati deb ta‘riflanadi. Bu ta‘rif shuni nazarda tutadiki, 
strategik menejment tashkiliy muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘shma menejment, 
marketing, moliya, buxgalteriya, ishlab chiqarish operatsiyalari, tadqiqot, 
information tizimlarga e‘tiborini qaratadi. Bu darslikdagi strategik menejment 
termini strategik rejalashtirish termini bilan sinonim ravishda qo‘llaniladi. 
Strategik rejaashtirish termini biznes olamida tez-tez qo‘llaniladi, srategik 
menejment termini esa akademiyalarda ishlatiladi.
Uchta yirik amerika avtokompaniyalari ya‘ni, Ford, General motors, va 
Chryslerlarning rahbarlari kongress boshliqlaridan moliyaviy yordam so‘rash 
uchun aniq strategik rejasiz paydo bo‘lganda ularga kelajak uchun aniq strategik 
rejani rivojlantirish uchun kor‘rsatmalar berilib, qaytarib yuborilgan. Austan 
Goolsbee, prezident Obamaning eng kuchli iqtisodiy maslahatchilaridan biri, 
shunday degan: ―Ishonarli biznes rejasiz moliyaviy yordam so‘rash bu 
tentaklikdir.‖ Goolsbee yana shuni ta‘kidlagan: ―Agar 3ta avtokompaniyalar 
rahbarlari ko‘prikka muhtoj bo‘lsa, bu ko‘prik biror joyga olib borishi kerak‖.
Bu o‘quv- uslubiy majmua aniq strategik rejani, ya‘ni biror yerga 
yetaklaydigan ko‘prikni, qanday rivojlantirish yo‘zasidan ko‘rstamalar beradi. Bu 
bo‘lim strategik menejment jarayonining amaliy, qo‘shma modelini tanishtiradi; 
bu bo‘lim strategik menejmentning asosiy faoliyatlarini, terminlarini ta‘riflaydi.
Bu bo‘lim shuningdek ―boxed insert‖ tushunchasini tanishtiradi. Boxed insert 
qanday qilib ba‘zi firmalar global iqtisodiy inqirozda haqiqatda yaxshi 
raqobatlashayotganligini tekshirish uchun ba‘zi boblarda keltirilgan.
«Strategik boshqaruv» termini yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab chiqarish 
darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda 
muomalaga kiritilgan. Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o‘tishning 
mohiyatini aks ettiruvchi asosiy g‘oya sifatida yuqori rahbariyat diqqat markazini 
atrof muhitdagi o‘zgarishlarga muvofiq tarzda va o‘z vaqtida ta‘sir ko‘rsatish 
uchun tashqi muhitga o‘tkazish zaruriyati sifatidagi g‘oya bo‘ldi. 
Strategik boshqaruv nazariyasining nufuzli ishlab chiqaruvchilari tomonidan 
taklif etilgan bir qancha ta‘riflarni ko‘rib chiqaylik. Shendel va Xatten uni 
«tashkilotni uning atorfidagi muhit bilan aloqani aniqlash va o‘rnatish jarayoni» 
sifatida tushunganlar. Ushbu jarayon tanlangan maqsadlarni amalga oshirish va 
resurslarni taqsimlash vositasida atrof muhit bilan kungildagiday o‘zaro 
munosabatlar xolatiga erishish xarakatlaridan iborat. Xichchens buyicha «strategik 
boshqaruv - bu tashkilotni uning atrof muhiti bilan o‘zaro ta‘sirini boshqarish 
vositasida tashkilot vazifalarini amalga oshirish maqsadidagi boshqarish jarayoni: 
Pirs va Robinson strategik boshqaruvni «tashkilot maqsadiga erishish uchun ishlab 
chiqilgan strategiyalarni shakllantirish va bajarish bo‘yicha qarorlar va harakatlar 
to‘plami» sifatida aniqlaydilar. Strategik boshqaruvning u yoki bu aspektlari va 
xususiyatlariga ko‘proq e‘tibor beruvchi bir qator ta‘riflar bor. 
Demak, strategik boshqaruvni tashkilotning asosi sifatida inson potentsialiga 
suyanuvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste‘molchilar talab-lariga yo‘naltiruvchi, 
tashkilotda egiluvchan boshqaruv va o‘z vaktida o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi 
boshqaruv sifatida aniqlash mumkin. 


11
Strategik 
boshqaruv 
murakkablashib 
borayotgan 
raqobat 
kurashida 
muvaffaqiyatga erishishning eng muhim omili bo‘lishiga qaramay tashkilot 
harakatlarida strategiyaning yo‘qligini kuzatish mumkin. Strategik bosh-qaruvning 
yo‘qligi quyidagi ikki shaklda namoyon bo‘ldi. 
Birinchidan, tashkilotlar o‘z faoliyatini atrof muhit umuman o‘zgarmaydi yoki 
unda katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi degan taxmindan kelib chiqqan xolda 
rejalashtiradilar. Nostrategik boshqaruvda ham hozirda, ham kelajakda aniq 
harakatlar rejasi tuziladi. Nimaki va qachon qilishni o‘z ichiga olgan uzoq 
muddatli rejalarni tuzish va dastlabki davrda kelgusi yillar uchun echim izlash, 
«ko‘p uzoq yillarga» sotib olish - bularning barchasi nostrategik boshqaruvning 
belgilaridir. Uzoq muddatli istiqbolni qurish-boshqaruvning juda muhim tarkibiy 
kismidir. 
Strategik boshqaruv xolatida tashkilot atrof muhit va tashkilot hayotining 
sharoitlari o‘zgarishidan kelib chiqqan xolda kelajakda ko‘zda tutish maqsadlarga 
erishish uchun har bir hozirgi lahzada u aynan hozirgi paytda nima strategik 
boshqaruvda kelajakdan turib hozirgi paytga nazar tashlanadi. Tashkilotga ma‘lum 
kelajakni ta‘minlovchi xozirgi davrdagi tashkilot harakatlari aniqlanadi va amalga 
oshiriladi. Bunda strategik boshqaruv uchun shu narsa ham xarakterliki, nafaqat 
kelajakda korxonaning ko‘zda tutilgan xolati qayd qilinadi, balki shu ham strategik 
boshqaruvning eng muhim vazifalaridan xisoblanadi, ko‘zda tutilgan maqsadlarga 
erishish imkoniyatini beruvchi atrofdagi o‘zgarishlarga aks ta‘sir ko‘rsatish 
qobiliyati ishlab chiqiladi. 
Ikkinchidan, nostrategik boshqaruvda xarakat dasturini ishlab chiqish 
tashkilotning ichki imkoniyatlari va resurslari tahlilidan boshlanadi. Bunday 
yondashuvda tashkilot faqat qanday miqdorda mahsulot ishlab chiqarish va bunda 
qancha harakat qilishnigina aniqlashi mumkin. Ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar 
miqdori firma tomonidan yaratilgan javob bera olmaydi, kanday miqdorda va 
narxda mahsulot sotib olinishini bozor aniqlaydi. 
Yaqqol afzalliklar bilan bir qatorda strategik boshqaruv undan foydalanish 
bo‘yicha kamchilik va cheklovlarga ega va bular ushbu boshqaruv turi boshqa 
turlar singari har qanday vazifa va masalalarni hal qilishda xar qanday xolatda 
qullashning universalligiga ega emasligini ko‘rsatadi. 
Birinchidan, strategik boshqaruv o‘z moxiyatidan kelib chiqqan xolda 
kelajakning aniq va batafsil sur‘ati, ifodasini bera olmaydi. Strategik boshqaruvda 
shakllanuvchi tashkilotning kelajakdagi istalgan xolati - bu uning ichki va tashqi 
xolatining batafsil tasviri emas balki kelajakda korxona qanday xolatda bqlishiga, 
bozor va biznesda qanday pozitsiyani egallashga, qaysi ishbilarmonlik guruhlariga 
kirishiga va h.k. sifatli istakdir. Bularning barchasini majmui kelajakda raqobat 
kurashida tashkilot yutib chiqadimi yoki yo‘qmi? Shuni aniqlab berish lozim. 


12
Ikkinchidan, strategik boshqaruv protsedura va chizmalar yig‘indisidan iborat 
bo‘lishi mumkin emas. Unda ma‘lum masalalarni hal qilishda yoki aniq 
vaziyatlarda nima va qanday qilish lozimligini ko‘rsatuvchi nazariya yo‘q. 
Strategik boshqaruv - bu ko‘proq biznes va menejmentning ma‘lum falsafasi yoki 
mafkurasidir. Har bir menejer tomonidan u ma‘lum ma‘noda o‘zgacha tushuniladi 
va amalga oshiriladi. Albatta, muammolarni tahlil qilish va strategiyani tanlash, 
shuningdek strategik rejalashtirishni amalga oshirish va strategiyaning amaliy 
realiza-tsiyasining bir qator tavsiyalari, qoidalari va mantiqiy chizmalari mavjud. 
Lekin umuman olganda, strategik boshqaruv-bu strategik maqsadlarga tashkilotni 
etkazish-da yuqori raxbariyat intuitsiyasi va san‘atining simbiozi, xizmatchilarning 
yuqori malakasi va ijodi va nixoyat, barcha xodimlarning tashkilot vazi-falarini 
amalga oshirishga, maqsadlariga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlashga aktiv 
kirishishidir. 
Uchinchidan, tashkilotda strategik boshqaruv jarayonining amalga oshi-rilishi 
boshlanishi uchun vaqt va resurslarni katta xarajati talab qilinadi. Strategik 
rejalashtirishni yaratish va amalga oshirish zarur. Shu-ningdek, atrofni kuzatuvchi 
va tashkilotni muhitga kirituvchi xizmatlarni yaratish zarur. Marketing, jamoa 
munosabatlari bo‘yicha xizmatlar va h.k. katta ahamiyatga ega bo‘ladi va katta 
miqdorda qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. 
To‘rtinchidan, strategik oldindan ko‘ra bilish xatolarining salbiy oqibatlari 
keskin kuchayadi. Qisqa muddatda umuman yangi mahsulotlar yaratilganda, qiqsa 
davrda qo‘yilmalarning yo‘nalishi keskin o‘zgarganda, kutilmaganda biznes uchun 
yangi imkoniyatlar vujudga kelganda va uzoq yil-lar davomida mavjud bo‘lgan 
imkoniyatlar ko‘z oldidan yo‘qolganda, noto‘g‘ri oldindan ko‘ra bilish va strategik 
tanlovning xatoliklari uchun haq ko‘-pincha tashkilotga qimmatga tushadi. 
Ayniqsa, faoliyat yuritishning noal-ternativ yo‘lini prognoz oqibatlari yomon 
bo‘ladi. 
Beshinchidan, strategik boshqaruvni amalga oshirishda asosiy e‘tibor strategik 
rejalashtirishga beriladi. Aslida esa strategik boshqaruvning asosiy tarkibiy qismi 
bo‘lib strategik rejani amalga oshirish hisob-lanadi.bu birinchi navbatda 
strategiyani realizatsiya qilish imkoniyatini beruvchi tashkiliy madaniyatni 
yaratish, mativlashtirish va mehnatni tashkil etish tizimlarini yaratish, tashkilotda 
ma‘lum egiluvchanlikni yaratishni va h.k.ni ko‘zda tutadi. Bunda strategik 
boshqaruvda bajarish jarayoni rejalashtirishga aktiv teskari ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa 
bajarish bosqi-chining ahamiyatini yanada oshiradi. Shuning uchun agar 
tashkilotda strategik rejalashtirish podsistemasi yaratilgan bo‘lsa va shu bilan birga 
strategik bajarish podsistemasini yaratish uchun imkoniyatlar bo‘lmasa, u strategik 
boshqaruvga o‘ta olmaydi. 
Strategiya 
umumiy 
tarzda 
firmaning 
mavqeini 
mustahkamlash, 


13
iste‘molchilarning talablarini qondirish va qo‘yilgan maqsadlarga
erishishga 
qaratilgan boshqarish rejasi sanaladi. Aniq strategiyani tanlash rivoj-lanishning 
mumkin bo‘lgan turli yo‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish 
demakdir. 
Firmani boshqarish rejasi o‘z ichiga quyidagi asosiy funktsiya va bo‘linmalarni 
oladi: ta‘minot, ishlab chiqarish, moliya, marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va 
ishlanmalar. Strategii tanlash bu biznes echimlari va raqobatga bardoshlilik 
harakatlarini yagona tizimga bolashni anglatadi. 
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyala-ridan 
biridir. Ba‘zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni hayotga tadbiq 
eta olmaydilar. Boshqa menejerlar o‘rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni 
mohirona amalga oshiradilar ham. Strategiya qanchalik yaxshi o‘ylangan va 
mohirona amalga oshirilgan bo‘lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. 
Boshqarish yaxshi tashkil ztilgan kompaniyalar ham kutil-magan noxush 
vaziyatlarga duch keladi Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni 
egallash, kutilmagan holatlar, kuchli raqobat va ichki muammolarga qaramay, 
muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi. 
«Menejment asoslari» kursidan birinchi malumki, menejerning vazifasi 
quyidagilarni aniqlashdan iborat: 
-biz qaerdamiz? 
-qayoqqa ketyapmiz? 
-faoliyatimizning maqsadi nimadan iborat? 
-maqsadga erishish yo‘llari qanaqa? 
-optimal yo‘lni tanlash mezonlari nimalardan iborat? 
-pirovard natija qanday bo‘lishi kerak? 
Bu savollariga javob topish kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish,
maqsad va natijalarni aniqlash uchun o‘ta muhim. 
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga 
ta‘alluqli. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq 
vositalarini ifodalash boshqaruv negizini tashkil qiladi va kompaniyada 
menejmentni yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi eng to‘g‘ri belgi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat: 
- firma biznesining yo‘nalish va asosiy maqsadlyarini belgilab olish; 
-
firmaning tashqi muhitini tahlil qilish; 
-
undagi ichki vaziyatni tahlil qilish; 
-
firma yoki xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlarida strategiyani tanlash va ishlab 
chiqish; 
-
diversiyalangan firma portfelini tahlil qilish; 


14
-
uning tashkiliy tuzilmasini loyihalash; 
-
integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash; 
-
«strategiya - tuzilma - nazorat» majmuasini boshqarish, 
-
firma faoliyatining ba‘zi sohalardagi siyosati va uning fe‘l-atvor me‘yorlarini 
belgilash; 
-
kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini taminlash; 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish