Strategik menejment


-rasm.Tashqi muhitni tahlil qilish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/208
Sana26.03.2022
Hajmi5,08 Mb.
#511463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   208
Bog'liq
strategik menezhment umk 2020

6-rasm.Tashqi muhitni tahlil qilish. 
Korxona taraqqiyotining bosh yo‗nalishi va uning maqsadini to‗g‗ri tanlash 
quyidagi ikki omilga bog‗liq: 
• tashqi muhit omili; 
• ichki muhit omili. 
Strategik rejalashtirishni amalga oshirishda bu omillarni inobatga olish juda 
ham zarurdir. Tashqi muhitni tahlil qilish quyidagicha amalga oshiriladi (2-rasm). 
Bu, albatta, sermehnat va serharajatli jarayondir. Bu harajatlar strategik 
rejalashtirishga qilinadigan harajatlarning eng ko‗p qismini tashkil qiladi. 
Iqtisodiy omillarni tahlil qilishda inflyatsiya (deflyatsiya) sur‘ati, soliq 
stavkasi, xalqaro to‗lov balansi, aholining bandlik darajasi, korxonaning to‗lovga 
qodirlik darajasi kabilarga e‘tibor qaratiladi. 
Siyosiy omillarni tahlil qilish jarayonida: 

mamlakatlararo savdodagi tarif kelishuvlariga; 

bojxona siyosatida uchinchi mamlakatga qarshi yo‗naltirilgan proteksionizm 
siyosatiga; 

mazkur davlat va uning etakchi siyosatchilarining antimonopoliya qonuniga 
T
exn
ol
og
ik
 
Raq
ob
at
 
Tashqi muhit
omillari 
Ijt
imoiy
 
Xal
q
aro
 
B
oz
or
 in
jiql
ik
lari
 
Iq
tis
od
iy
 
S
iyosi
y
 
Tahlil jihatlari 
Joriy strategiyaga 
ta‟sir o‟tkazish 
Joriy strategiyaga 
xavf soluvchi 
omillar 
Imkoniyat 
beruvchi omillar 
Tashqi xavf va 
imkoniyatlar ro‟yxati 


28
bo‗lgan munosabatlariga; 

mahalliy hokimiyatlarning kredit siyosati, ularning ssuda olish va ishchi 
kuchini yollash bo‗yicha cheklovlari kabilarga e‘tibor beriladi. 
Bozor injiqliklari ham korxona faoliyati samaradorligiga o‗z ta‘sirini 
o‗tkazmay qo‗ymaydi. Ularni tahlil qilish korxona rahbariyatiga korxona 
strategiyasini aniq belgilash va uning mavqesini mustahkamlashda yordam beradi. 
Bu erda: 

demografik o‗zgarishlar; 

aholi daromadi darajasi va uning taqsimlanishi; 

tarmoqdagi raqobat darajasi; 

korxonaning bozorda egallagan salmog‗i; 

bozor ko‗lami yoki uni hukumat tomonidan himoyalanganligi tahlil qilinadi. 
Texnologik omillarni korxona rahbariyati o‗z diqqat-e‘tiboridan chetda 
qoldirmasligi zarur. Bunday tahlil: 

ishlab chiqarishdagi texnologiyaning holatini, uning o‗zgarish sur‘atini, 
zamon talabiga javob bera olishini; 

yangi tovar va xizmatlarni loyihalashtirishda, axborotlarni yig‗ish, qayta 
ishlash va ularni o‘zatishda, aloqada zamonaviy hisoblash texnikalarining 
qo‗llanilayotganligini aniqlashga va rejalashtirishga imkon beradi. 
Raqobat omillarini tahlil qilish raqobatdosh korxonalarning xatti-
harakatlarini ko‘zatishga, ularni nazorat qilish imkonini beradi. Buvday tahlil 
mohiyatini quyidagi savollarga javob topish orqali bilish mumkin: 

Raqobatdosh bozorga nimani taklif qilayapti? 

Raqobatdosh nima qilayapti va nima qilishi mumkin? 
Raqobatdoshlarni tahlil qilishda to‗rt narsa nazarda tutiladi. Bular: 

raqobatdoshlarning kelgusi maqsadlarini aniqlash va tahlil qilish; 

raqobatdoshlarning joriy strategiyasini tahlil qilish; 

raqobatdoshlarning istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish; 

raqobatdoshlarning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish
.
Raqobatdoshlar faoliyati va xatti-harakatlarini ko‘zatib borish korxona 
rahbariyatiga kelgusida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan har qanday xavf-xatarga 
tayyor bo‗lib turish imkonini beradi. 
Ijtimoiy omillar o‗z tarkibiga o‗zgarib turuvchi ijtimoiy qadriyatlar, 
udumlar, munosabatlar va fe‘l-atvorlarni qamrab oladi. Iqtisodiy beqarorlik 
sharoitida ayni ijtimoiy sohada korxona faoliyatiga salbiy ta‘sir qiluvchi xavflar 
tug‗iladi. Ularni bartaraf etish uchun samarali tahlil zarurdir. 
Xalqaro omillar
 
tashqi savdo monopoliyasiga barham berilgan sharoitda 
korxona uchun o‗ta ahamiyatlidir. Zero, xalqaro bozorda ishtirok etish huquqiga 
ega bo‗ldi. Korxona rahbariyati bunday katta segmentda sodir bo‗layotgan 
holatlarni ko‘zatish, ulardan ogoh bo‗lish va korxona manfaatini ko‗zlab harakat 
qilishi lozim. 
Tashqi muhit omillarini hisobga olish: 

chet eldagi raqobatdoshlarga qarshi hukumat himoyasini aniqlash; 

ichki bozorni mustahkamlash; 

xalqaro munosabatlarni faollashtirish va kengaytirish imkonini beradi. 


29
Shunday qilib, menejerlar tashqi muhit ta‘sirini doimo diqqat markazida 
saqlashlari, o‗z korxonalari faoliyatiga oid har qanday qarorni katta hajmdagi 
axborotni o‗rganish, tahlil qilish asosida qabul qilishlari kerak. 
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: 
1) jamiyat manfaatlari va odob me‘yorlari doirasida ishchanlik ko‘rsatish; 
2) ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab o‘z faoliyatini 
tartibga solish; 
3) tartibga soluvchi me‘yorlar bilan ziddiyatta bormaslik uchun zarur 
harakatlarni o‘z vaqtida amalga oshirish; 
4) hissadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o‘rtasida muvozanatni saqlash; 
5) jamiyatda kompaniyaning fuqarolik mavqeini ta‘minlash. 
Tarmoqning jozibadorligi va raqobatchilik darajasi strategiyani belgilashga
katta ta‘sir ko‘rsatadi. Kompaniya strategiyasini ilgari shug‘ullanilmagan sohaga
asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiyani kompaniyaning yaxshi anglangan 
sohasiga qurilishi lozim. 
Odatda, ichki va tashqi vaziyat o‘rtasidagi farq aniq bo‘lmasa, raqobatli 
ustunlikka erishilmasa, kompaniya faoliyati yaxshilanmagan bo‘lsa, strategiyaning 
o‘zi muvaffaqiyat keltira olmaydi. 
Korxonaning ichki muhiti tarkibiga ta'minotchilar, vositachilar, mijozlar 
(iste'molchilar) va aloqalar o‘rnatiluvchi auditoriyalar kiradi. Biroq strategik 
rejalashtirish jarayonida korxona qaramog‘ida bo‘lgan qismlarning manfaati ham 
hisobga olinishi zarur, shu jumladan, yuqori rahbariyat, moliyaviy xizmat, moddiy-
texnika ta'minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, ilmiy va konstruktorlik 
ishlari xizmati (7-rasm).

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish