30
Ta'minotchilar
- bu kelishilgan shartnomalarga ko‘ra firmani xom ashyo
materiallari, jihozlar va texnik vositalar, komplektlovchi mahsulotlar, oziq-ovqat
mahsulotlari va hokazolar bilan ta'minlab turuvchi korxonalar. Ular uch turga
bo‘linadi: eksklyo‘ziv, qonun-qoidaga rioya qiladigan va chetki. Birinchilari - faqat
mazkur firma bilan hamkorlik qiladilar, ikkinchilari - firmaga ham, uning
raqiblariga ham xizmat qo‘rsatadilar, uchinchilari - faqat raqobatchilar bilan
ishlaydilar.
Tabiiyki,
eksklyo‟ziv
ta'minotchilarga etarlicha katta hajmdagi faoliyat
sohasiga ega bo‘lgan, bunday ta'minotchiga barqaror ishni ta'minlay olgan firma
ega bo‘lishi mumkin. Qonun-qoidaga rioya qiladigan ta'minotchilarga kelganda
esa, ular bilan yaqin munosabatlarni saqlab turish kerak, chunki ular firma haqida
ham, uning raqiblari haqida ham boy axborot manbai bo‘lib maydonga chiqishi
mumkin.
Ta'minot tizimining tashkil etilishi jiddiy ravishda marketing jarayonlariga
ta'sir ko‘rsatadi va resurslarning kamchiligi, tovar jo‘natishdagi o‘zilishlar, albatta,
sotish hajmiga va pirovard korxonaning izzat obro‘iga ziyon keltirishi mumkin.
Vositachilar
- mahsulotlarni sotish va siljitishda firmalarga yordam beruvchi
bozor (kompaniya) sub'ektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va o‘zlari
haqida ma'lumot tarqatish bilan shug‘ullanadilar. Vositachilar savdo va transport
tashkilotlari, reklama va marketing agentliklari, sotish bilan shug‘ullanuvchi
firmalar va moliya tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Savdo korxonalari, birinchidan, taqsimot kanallarini aniqlashda va,
ikkinchidan, mijozlarni shakllantirishda ko‘maklashadilar. Moliya vositachilari
sifatida banklar, kredit va sug‘o‘rta kompaniyalari va boshqa moliya bitimlarini
tavakkalchilikdan sug‘o‘rtalash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar bo‘lishi
mumkin. Mijozlar bilan xushmuomala munosabatda bo‘lish uchun korxona
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llashdan tashqari yana marketing
vositachilari bilan samarali hamkorlikda bo‘lishi shart.
Raqiblar mazkur firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday
mahsulotni ishlab chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat.
Kurash haqqoniy yoki g‘irrom raqobat shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi
holda tannarxning pasayishi, mahsulot sifatining oshishi, firmaning obro‘ izzatini
ko‘tarish, qo‘shimcha xizmatlar sektorini kengaytirish va zamonaviy
marketingning boshqa usullari qo‘llanadi, ikkinchisida - demping, korruptsiya,
shantaj, xom ashyodan, ish kuchidan, ta'minotchilardan mahrum qilish va hokazo.
Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida raqobatchilikni g‘irrom usullar bilan
olib borish qonun tomonidan man etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: