99
Tarqoq tarmoqlarda bir vaktning uzida kup
strategik yondoshuvlardan
foydalanish mumkin bo‘ladi.
6.4. Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi.
Firmalarning xalkaro bozorga chikishlarini asosiy sabablari kuyidagilardir:
yangi bozorlarni egallash,
boshka mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish xukukini olish yoki
yana xam past xarajatlarga erishish zaruriyati.
Sanab utilgan xar bir xolatda dunyo bozoriga chikish strategiyasi mavjud
sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi rakobat
strategiyalarini ishlab
chikishga milliy bozorlardagiga karaganda ancha kattik talablar kuyadi. Bir
mamlakat bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farklariga xaridorlarning
didlari, sotish kanallari, usish istikbollari, xarakatlantiruvchi
kuchlar va
rakobatchilarning ta‘ziqlari, milliy bozorlardagi sharoitlardan kanchalik farklanishi
kiradi. Bundan tashkari bunday farklarga xalkaro operatsiyalarning turtta xarakterli
xususiyatlari xam kiradi.
1. Ishlab chikarish xarajatlari darajasini xar-xilligi.
2. Valyuta kurslarining uzgaruvchanligi.
3. Xukumatlarning savdo siyosati.
4. Xalkaro rakobatning xarakteri.
Turli tarmoqlarda xalkaro rakobat shakllari bir-birdan tubdan fark kiladi.
Frantsiyada xam, Braziliyada va Yaponiyada xam bank xizmatlari kursatiladi,
lekin bu mamlakatlardagi bank soxasidagi rakobat shartlari va sharoitlari
turlichadir.
Xalkaro bozorda rakobat global va kup millatli buladi. Turli milliy bozorlarda
rakobat sharoitlari bir-biri bilan uzviy boglangan takdirda
global rakobat mavjud
bo‘ladi. Bu esa xakikatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global
rakobatning mavjud bulish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilgor
firmalar uzaro, bir-birlari bilan rakobat kilishi bilan ifodalanadi.
Kup millatli
rakobat davomida firmalar milliy bozorda ilgorlik uchun kurashadilar, global
rakobatda esa firmalar dunyo mikyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar.
Dunyo bozorida firma faoliyatining strategik imkoniyatlari mavjud buladi:
1. Chet el firmalariga uning maxsulotini ishlab chikarish uchun uning xususiy
texnologiyalaridan foydalanish xukukini berish.
2. Milliy ishlab chikarishni mustaxkamlash va
xorij bozorlariga tovarlar
chikarish.
3. Ko‘p millatli strategiya tomon yul tutmoq. Bunda firma uz faoliyatini
amalga oshirayotgan xar bir davlat uchun aloxida strategiya ishlab chikadi. Ayni
paytda u mazkur davlatlardagi xaridorlar didlariga va rakobat sharoitlariga mos
kelishi kerak.
100
4. Past xarajatlar global strategiyasiga yul tutmok.
5. Tabaqalashtirishning global strategiyasiga yul tutmok.
6. Fokuslashgan global strategiyasi tomon yul tutmok.
Kompaniya mustaxkam mavqega ega bulgan
va katta foyda olayotgan
mamlakat bozorlari «xazina» deb ataladi. Yaponiya yapon kompaniyalari uchun
eng daromadli bozor bulib xisoblanadi. Chunki yapon konunchiligi tomonidan
yaratilgan savdo tusiqlari uni xorijiy rakobatchilardan samarali ximoya kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: