1-jadval. O’rta korxonalar portfelidagi nomutanosiblik belgilari va maqbul kirish strategiyalari.1
Shuni ham nazarda tutish kerakki, sotib olish strategiyasi etarlicha ishlab chiqilmasa, «g’oliblar»ni yoki «daromad ishlab chiqaruvchi»larning urniga portfelda «kuchuklar» paydo bulib qolishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bulishi mumkin:
- kompaniya turli korporativ madaniyatlarni integratsiyalashga uringanda kupincha qiyinchiliklarga duch keladi;
- kompaniya sinergizmning potentsial samarasiga ortiqcha baxo beradilar; - sotib olish katta xarajatlarga sabab buladi;
- kompaniyalar kupincha sotib olishdan kuzlanayotgan maqsadlarni aniq tasavvur qila olmaydilar.
Yuqorida aytib utilganidek, portfelni boshqarish texnikasiga oid atamalarda yangi ichki korxonalar «suroq belgilari» sifatida ishtirok etadi. Quyidagi tipik xatolarni xisobga olish xatolar extimolini kamaytirishga imkon berishi mumkin:
- kirishning kulami kichik;
- yangi tadbirkorlik yomon tijoriylashtiriladi;
- korporatsiya menejeri tadbirkorlik jarayonini yomon boshqaradi.
Biznes kichik yoki katta bulganda bozorga kirish xhajmi, daromad va pul oqimlari urtasidagi mutanosibliklarni quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin.
1-rasm. Biznes hajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta’siri.2
Biznes kichik bulganda zararlar ham kichik buladi, biroq uzoq muddatli istiqbolda katta xajmlar qaytish tezligining katta bulishiga sabab buladi.
Ba’zi xollarda kompaniyalar sotib olish strategiyasining ichki yangi tadbirkorligini afzal kuradilar, biroq ular yangi investitsiyalar zarurligidan, yangi xatarlardan xavfsiraydilar (masalan, «rivojlanayotgan g’olib»larning tug’ilish va usish bosqichlarida). Bu ularning xamkorlikda tadbirkorlik qilishlariga olib keladi va yangi loyixalarning investitsiyalari va xavfini sug’urtalashga imkon beradi.
Ammo ushbu kirish usulining quyidagi kamchiliklari borligini ham aytib utish kerak:
- investitsiyalarni va xatarlarni sug’urtalashdan tashqari, yangi ishning etarlicha daromadli bulishi ham kafolatlanishini talab qiladi;
- bunday xamkorlikka kirishayotgan kompaniyalar «nou-xau»dagi ustunlikni qo’ldan boy berib qo’yishlari ham mumkin;
- xamkorlar, ayniqsa, biznes falsafalari, rejalashtirish istiqbollari, investitsiyaning ustivor yunalishlari turlicha bulganda bir-birini nazorat qilishlari lozim, aks xolda ziddiyatlar vujudga keladi.
Odatda, kompaniyada «yutqazuvchilar» yoki «suroq belgilari» kup bulsa, ba’zida esa «rivojlanayotgan g’oliblar» kup bulganda ham ketish talab qilinadi. Kompaniya bu xolda uch xil strategiyaga ega buladi:
- «Yechintirish»;
- «hosilni yig’ib olish»;
- «tugatish».
«Yechintirish» biznesni boshqa kompaniyaga sotishni yoki kompaniyaning ichkaridan turib boshqarilishini uz ichiga oladi. «Rivojlanayotgan g’oliblar» yoki ba’zi hollarda «suroq belgilari» oson sotiladi, «yutqazuvchilar»ni sotish esa juda qiyin kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |