Firma strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning vazifalari.
Strategik boshqaruv strukturasi.
Strategik boshqaruvni beshta o’zaro bog’langan boshqaruv masalalarining dinamik majmui sifatida ko’rish mumkin. Bu jarayonlar bir biridan kelib chiqadi. Biroq barqaror teskari aloqa va demak har bir jarayonning boshqalariga va ularning butun yig’indisiga teskari ta’siri mavjud. Bu strategik boshqaruv tizimining muhim xususiyati hisoblanadi. Strategik boshqaruv strukturasi sxematik tarzda 1-rasmda ko’rsatilgan.
5- rasm. Strategik boshqaruv strukturasi.
3.Strategik boshqarishning maqsadi va uning turlari.
Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa firmaning faoliyat yuritishini mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda ishlovchi odamlarga ularning joriy hatti-harkatlariga istiqbol nuqtai nazaridan ma’lum ma’no, mazmun berish imkoniyatiga ega.
Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo’lib tashkilot egalari (ta’sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi biznes turi bilan shug’ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog’likdir.
Keyin uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash kichik jarayoni boshlanadi. Strategik boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli maqsadlarni aniqlash bilan tugallanadi. Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi va nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa qzini tutish strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin.
Vazifa o’zida nimani va qanday muddatlarda tashkilot qilishi lozimligi hakida aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U tashkilot harakatining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar hamda o’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustaxkamlash uchun o’zaro raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar.
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy maqsadlari xaqida o’ylantirishini amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish lozim. Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik jihatidan boshqalardan ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va kelajakdagi intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik muljallarni aniqlaydi va taktik yo’nalishlarni kqrsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti uchun o’ziga xos vazifa bo’ladi.
Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Kompaniya vazifasi=tasavvur+kredo. «Tasavvur» atrofdagilar tasavvurida kompaniya qiyofasini shakllantirishga yo’naltirilgan. Uning asosini kompaniyaning bozordagi obrqsi (joriy yutuqlar) va kompaniya qziga tashqi muhitda ta’minlanmoqchi bo’lgan imidj (kelajakdagi intilish) tashkil etadi. Tasavvurning asosiy mazmuni «Bu qanday tashkilot»? savoliga javobdan iborat. Bu erda, odatda, kompaniya faoliyatining sohasi, asosiy tovar va xizmatlari, iste’molchi guruhlar, faoliyatning geografik joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o’z navbatida, kompaniyaga ichki butunlikni beradi va xodimlarda umumkorporativ maqsadlarga erishish qiziqishini oshirishga mo’ljallangan. U kompaniyaning dunyoqarashini (strategik mqljallar) va asosiy qarash, nuqtai nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi. Kredo «Tashkilot nimaga intilmoqda»? savoliga javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor falsafa, boyliklar tizimi, ichki madaniyat, raqobatbardoshlik asosiga qaratiladi.
Yuqorilardan kelib chiqqan holda korxona yoki tashkilot vazifasining asosini tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish mumkin. Bular:
nom va status;
tovar yoki xizmat;
strategik mqljal;
manfaatdor guruhlar;
raqobatbardoshlik asosi.
Vazifa unsurlarining ketma-ketligi va mazmuni, shuningdek vazifa shakli, ancha o’zgarishi mumkin va ko’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda ham vazifa ifodasi korxona tarixi, obro’si va imidji bilan muvozanatda bqlishi lozim. Bunda iste’molchilarga o’z «va’dalar»ini aytish oldin, iqtisodiy sub’ekt ularni bajarish uchun o’z kuchi va resurslarining etarliligini baholashi kerak. Maq-sadlar eng kamida realistik va erishiladigan bo’lishi lozim.
Rejalashtirishning zamonaviy nazariyasida har bir korxona o’zining asosiy maqsadlarini aniqlaydigan faoliyatning sakkizta asosiy soha ajratiladi. Bular-korxonaning bozor o’rni, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish darajasi, ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi, barqarorlik darajasi, boshqarish tizimi, personal malakasi va ijtimoiy javobgarlik. Ushbu sohalar doirasida foyda-lilik, moliyaviy barqarorlik, bozor ulushining o’sishi, ilmiy tekshiruvlar, resurs ta’minoti, diversifikatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot va xizmatlar sifati, menejment tizimining rivojlanishi, xalqaro kompaniyaga aylanishi va h.klar kabi asosiy maqsadlar ajratiladi.
U yoki bu korxona ko’zlagan maqsadlar individual xarakterga ega va qaysi tarmoqqa tegishliligi, korxona turi, bozordagi pozitsiya, mos etkazib beruvchilar, xom ashyo manbalari va h.klar singari omillarga bog’liqdir. Shu bilan birga maqsadlarni shakllantirishning ba’zi umumlashtiruvchi tamoyillar xaqida gapirish imkonini beruvchi qator tashqi makroiqtisodiy omillarni ajratish mumkin. Hozirgi korxonalar oldida tekshiruvlar va ilmiy yangiliklarni tadbiq qilish sohasidaga maqsadlar turibdi. Biznes globalizatsiyasi korxonalarni milliy va xalqaro manfaatlarni hisobga olishga majbur qilayapti.
Vazifa va maqsadlar aniqlanganidan so’ng strategiyani tanlash va tahlil qilish bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o’zagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |