Strategik marketing


-BOB. BOZOR SEGMENTATSIYASI VOSITASIDA



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

3-BOB. BOZOR SEGMENTATSIYASI VOSITASIDA  
EHTIYOJLARNI TAHLILI 
 
3.1. Makrosegmentlash tahlili 
 
Firma  tomonidan  qabul  qilinadigan  strategik  qarorlardan  biri  -  bu  raqobatli 
kurash  olib  bormoqchi  bo‘lgan  bozorni  tanlab  olishdir.  Asosiy  bozorni  tanlash 
bozorni  ehtiyojlari  va  xulq-atvor  va  motivasion  tavsifnomalari  o‘xshash  bo‘lgan 
iste’molchilardan  tashkil  topgan  qismlarga  ajratishni  ko‘zda  tutadi.  Bu  tarkibiy 
qismlar  firma  uchun qulay  marketing  imkoniyatlarini  vujudga kelitradi.  Firma butun 
bozorga yuzlanishni ustun ko‘rishi e’tiborni o‘z asosiy bozori doirasidagi bir yoki bir 
necha maxsus segmentlarga qaratish mumkin. 
Bozorni  segmentlash  bosqichi  5  ta  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  quyidagi 
bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
•   segmentlash sohasini aniqlash; 
•   segmentlash mezonini o‘rnatish; 
•   segmentlarni aniqlash; 
•   aniq segmentlash strategiyasi; 
•   segmentlarning strategik tahlili. 
Segmentlashning  asosiy  maqsadi    -  bozordagi  harakatlarni  o‘rganib,  ularning 
modelini  va  kelajakdagi  ehtiyoj  talablarini  tasavvur  qilishdan  iborat.  Hozirgi 
raqobatda  yutib  chiqishning  asosiy  sharti,  yangi  yuqori  sifatli  tovar  va  kompleks 
servis texnika xizmatlarini hamda samarali sotish usullarini qo‘llashdan iborat bo‘lib 
qoldi.  Ana  shu  talablar  asosida  marketing  strategiyasining  ustuvor  turi 
iste’molchilarni o‘rganish, o‘z navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki 
bozor  bir  xil  sub’ektlardan  tashkil  topgan  emas.  Asosiy  bozorni  bunday  bo‘laklarga 
ajratish  odatda  ikki  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Bu  ikki  bosqich  esa  bozorni 
bo‘lishning ikki turli xil darajasiga to‘g‘ri keladi. 
Makrosegmentlash  deb  ataluvchi  birinchi  bosqichning  vazifasi  “tovar 
bozorlari”ni  aniqlashdan  iborat  bo‘lib,  mikrosegmentlash  deb  ataluvchi  ikkinchi 


 
56 
 
 
bosqichda  esa  ilgari  aniqlangan  har  bir  bozor  ichida  iste’molchilarning 
“segmentlarini” ajratib olish maqsad qilib olinadi. Asosiy bozorni bunday sxemasini 
tuzib  olgach,  firma  har  bir  tovar  bozori  yoki  segmentning  jalb  qiluvchanligini  va 
o‘zining raqobatbardoshligini baholay boshlaydi. 
Makrosegmentlashda  bozorlarni  hududlar,  mamlakatlar  bo‘yicha  ularning 
sanoatlashuviga  qarab  bo‘lish  nazarda  tutiladi.  Ko‘pchilik  bozorlarda  barcha 
mijozlarni  birgina  tovar  yoki  xizmat  yordamida  qanoatlantirish  amalda  mumkin 
emas.  Turli  iste’molchilarning  istaklari  va  qiziqishlari  xilma-xil  bo‘ladi.  Bu  xilma-
xillik xaridorlarning odatlari va ehtiyojlarida asosiy tafovutlarning, taklif qilinayotgan 
tovar  va  xizmatlardan,  ular  qidiradigan  manfaatlarning  bir  xil  emasligidan  kelib 
chiqadi.  Jamiyatda  xaridorlar  ko‘proq  “o‘rtacha”  xaridorga  mo‘ljallangan  tovarlar 
bilan  qanoatlanishga  moyil  bo‘ladilar.  Ular  o‘zlarining  maxsus  muammolariga 
moslashtirilgan  echimlarni  qidiradilar.  Firmalar  istiqbolda  kutilayotgan  bunday 
o‘zgarishlar  tufayli  ommaviy  marketing  strategiyasini  tashlab,  qat’iy  yo‘naltirilgan 
strategiyalar  tomonga  o‘tishga  majbur  bo‘ladilar.  Iste’molchilarning  maqsadli 
guruhlarini  aniqlash  aynan  segmentlash  jarayonining  o‘zi  bo‘lib,  u  asosiy  bozorni 
talablar  va  xaridorlarning  odatlari  jihatidan  bir  jinsli  bo‘lgan  qismlarga  ajratadi. 
Segmentlash  jarayoni  firma  uchun  strategik  ahamiyatga  egadir,  chunki  uning 
natijasida 
firmaning 
faoliyat 
ko‘rsatish  sohasi  va  tanlangan  bozorlarda 
muvaffaqiyatga  erishishning  hal  qiluvchi  omillari  aniqlanadi.  Bozorni  segmentlarga 
ajratish - firma ega bo‘lish kerak bo‘lgan eng asosiy qobiliyatlardan biridir. 
Bozorni  segmentlarga  ajratish  strategiyasini  amalga  oshirishni  firmaning 
missiyasini  aniqlashdan  boshlash  lozim.  Ushbu  missiya  uning  iste’molchiga 
yo‘naltirilgan istiqboldagi roli va asosiy funksiyasini tavsiflaydi. Bu erda uchta asosiy 
savolga javob topish lozim? 
- Biz qanday biznes bilan shug‘ullanayapmiz? 
- Biz qanday biznes bilan shug‘ullanishimiz kerak? 
- Biz qanday biznes bilan shug‘ullanmasligimiz lozim? 
Bu savollarga bozor sharoitlarida javob topish uchun biznesning ta’rifini texnik 
atamalar  yordamida  emas,  balki  umumiy  tushunchalar  orqali,  ya’ni  iste’molchini 


 
57 
 
 
qoniqtiradigan “qarorlar” atamalarida ifodalash lozim. 
Avval  aytib  o‘tilganidek,  buning  uchun  quyidagi  tamoyillardan  kelib  chiqish 
lozim: 
- Xaridor uchun tovar - bu shu tovar olib keladigan foydadir. 
- Hech  kim  tovarni  o‘z-o‘zicha  sotib  olmaydi.  Bu  erda  xizmat  ko‘rsatish  yoki 
muammoni hal qilish talab qilinadi. 
- Turli texnologiyalar ham bir xil echimni taklif qilishi mumkin. 
- Texnologiyalar tez o‘zgarib bormoqda, asosiy ehtiyojlar esa avvalgidek qolib 
kelmoqda. 
Aynan  mana  shuning  uchun  bozorga  yo‘naltirilgan  firma  uchun  o‘z  biznesini 
tovar  atamalarini  bilan  emas,  balki  jinsdosh  ehtiyoj  atamalari  tashkil  etish  orqali 
ifodalab  olish  muhimdir.  Buni  strategik  tahlil  jarayonining  boshida  amalga  oshirish 
maqsadga muvofiqdir.  
Aslida  biznesning  ta’rifi  amaliy  ko‘rsatmalar  berish  maqsadida  etarlicha  aniq 
atamalar  yordamida  ifodalanishi  kerak,  ayni  paytda  bu  atamalar  ijodiy  yondashuvni 
rag‘batlantirish  uchun,  masalan,  ishlab  chiqariladigan  assortimentni  kengaytirish 
imkoniyatlari  yoki  oraliq  tovar  sohalarini  diversifikasiyalash  uchun  etarlicha  keng 
qamrovli bo‘lishi kerak. 
Asosiy  bozorni  konseptualizatsiyalash.  Eybellning  fikricha,  asosiy  bozor 
quyidagi uch mezon bo‘yicha ta’riflanishi mumkin: 
  -qanday  ehtiyojlar,  funksiyalar  yoki  funksiyalarning  yig‘indisini  qondirish 
kerak? (“nima?”). 
  -ehtiyojni  qondirilishi  kerak  bo‘lgan  iste’molchilarning  qanday  guruhlari 
mavjud? (“kimni ?”) 
  -bu  funksiyalarni  bajara  oladigan    qanday  texnologiyalar  mavjud? 
(“qanday?”). 
Buni uch o‘lchamli tizim ko‘rinishida tasvirlash mumkin. 
Ushbu tizim asosida segmentlash jadvalini tuzish uchun har bir holatda bu uch 
mezonni tavsiflaydigan mezonlarni belgilab olish kerak (3.1.-rasm). 


 
58 
 
 
 
Ehtiyojlarning funktsiyasi 
«Nima» qondirilmoqda 
 
Istе'molchilar guruhi 
«Kim» koniqish hosil qilmoqda 
 
 
Tеxnologiyalar 
Ehtiyojlar 
«qanday» 
qondirilmoqda 
 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish