Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Sotish 
tarmoqlari, 
ayniqsa  yirik  sotish  tarmoqlari  hali  o‘zining 
samaradorligini  isbotlamagan  tovarga  nisbatan  ehtiyotlik  qilishi  mumkin.  Bundan 
tashqari,  sanoat  tovarlarining  distribyutori  avval  tovar  bilan,  uning  texnik 
tavsifnomalari va asosiy qo‘llanish variantlari bilan o‘zi tanishib olishi lozim. 


 
94 
 
 
Potensial  xaridorlar  o‘z  iste’mol  odatlarini  o‘zgartirishga  shoshilmaydilar, 
ularning  faqat  innovasiyalarga  eng  moyil  bo‘lganlari  esa  yangilikning  mavjudligi 
haqida axborotga ega bo‘lib, tovarni asta-sekin qabul qiladilar. 
Muhitning  to‘rtinchi  omili  raqobatdir.  Umuman  olganda,  novator  firma 
bevosita  raqobat  yo‘qligida  bozorda  yagona  firma  bo‘lib,  hech  bo‘lmaganda 
innovasiyaning  patent  asosida  himoyalanish  jarayoniga  qarab  ma’lum  muddat 
davomida  yagona  firma  bo‘lib  qoladi.  Ammo  o‘rinbosar  tovarlar  juda  kuchli 
raqobatchi bo‘lib, talabning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. 
Ushbu bosqich yuqori darajada mavhumdir, chunki texnologiya hali rivojlanish 
bosqichida,  raqiblar  noma’lum,  bozor  esa  aniq  belgilab  olinmagan  bo‘lib, 
axborotning  yo‘qligi  juda bilinadi. Innovasiya qanchalik  inqilobiy  xarakterda bo‘lsa, 
mavhumlik shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Tovarni  chiqarish  paytida  tovarni  kiritish  bosqichining  muddatini  baholash 
muhim  muammodir, chunki ushbu bosqichda pul oqimlari anchagina manfiy bo‘ladi. 
Savdoni  rag‘batlantirishga  va  bozorni  axborot  bilan  ta’minlashga  qaratilgan 
marketing  xarajatlari  katta  bo‘lib,  savdo  hajmining  katta  qismini  tashkil  qiladi. 
Chiqarish  hajmi  kichik  bo‘lganligi  tufayli  ishlab  chiqarish  xarajatlari  ham  yuqori 
bo‘ladi.  Kapital  qo‘yilmalarning  amortizasiyasi  va  ITTKI  xarajatlari  ham 
rentabellikka og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Ushbu bosqich qanchalik qisqa bo‘lsa, firmaga 
shunchalik  yaxshidir.  Uning  uzunligi  xaridorlarning  qabul  qilish  funksiyasi  bo‘lib, 
uni quyidagi omillardan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin:  
- yangi tovar ta’minlaydigan foydalarning muhimligi; 
- foydaning yaqqol ifodalanganlik darajasi;  
- iste’mol yoki  ishlab chiqarish ko‘nikmalariga  mos tushadigan  yangi tovarga 
o‘tishda mijoz uchun katta xarajatlarning yo‘qligi; 
- sanoat mijozini innovasiyani qabul qilishga undaydigan raqobatning bosimi. 
Ushbu  vaziyatda  novator  uchun  strategik  ustuvor  yo‘nalish  mavhumlik 
bosqichidan  chiqish  uchun  birlamchi  talabni  imkon  qadar  tezroq  shakllantirishdir. 
Ushbu  umumiy  maqsad  quyidagi  vazifalardan  iboratdir:  tovarning  mavjud  ekanligi 
haqidagi  xabarning  keng  tarqalishiga  erishish;  bozorni  innovasiya  olib  keladigan 


 
95 
 
 
foydalar  haqida  xabardor  qilish;  xaridorlarni  tovarni  sinab  ko‘rishga  undash;  tovarni 
savdo tarmoqlariga olib kirish. SHunday qilib, tovarning hayotiylik davrining birinchi 
bosqichida  ustuvor  maqsadlar  asosan  axborot  va  axborot  xarakteriga  ega  bo‘ladi. 
Ushbu  maqsadlarga  erishish  uchun  marketing  dasturi  quyidagi  masalalarga  e’tibor 
qaratishi lozim: 
-tovarning asosiy konsepsiyasi; 
-selektiv yoki eksklyuziv sotish tizimi; 
-talabning elastiklik darajasining  pastligini hisobga olgan  holda  yuqori  narxlar 
belgilash imkoniyati; 
-informativ kommunikasiya dasturi. 
Tovarni  bozorga  chiqarishning,  ayniqsa  narx  siyosati  borasida,  turli 
strategiyalarini  qabul  qilish  mumkin.  Bozorga  kirib  kelish  narxi  bilan  “qaymog‘ini 
olish” narxi o‘rtasidagi farqlar aynan shu bosqichda ayniqsa keskinlashadi.  

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish