161 Statistika davlat qo‘mitasining asosiy funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasida yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish vazifalarini bajaradi. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat statistikasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, statistika axboroti o‘z vaqtida taqdim etilishi, uning toʻliqligi va ishonchliligi ustidan qatʼiy nazorat olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi.
O‘z funksiyalarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi quyidagi vakolatlarga ega:
davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish; davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish; moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idora va agentliklardan, yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslardan, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, idoraviy hisobotlar ma’lumotlarini va davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida) so‘rash, olish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish; statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish; statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va to‘liqligini belgilangan tartibda tekshirish. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish hamda jamlanma statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; xalqaro statistika va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; statistika sohasidagi seminar va yig‘ilishlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni, tashkil qilish va ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |