155 Dinamik qonuniyat
Qonuniyat esa hodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik, izchillik va tartibni
ifodalaydi. Ko‘pincha qonuniyatning ikki turi, ya’ni dinamik va statistik qonu-
niyatlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Jumladan, dinamik qonuniyatlar deb
faqat alohida hodisalarda ro‘y beradigan qonuniyatlarni tushunsak, statistik
qonuniyatlarda — ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yo‘li bilan aniq-
lanadigan qonuniyatlar tushuniladi. Masalan, hayotda kim uzoq umr ko‘radi?
Ayolmi, erkakmi? Bu savolga quyidagilar javob bo‘lishi mumkin: masalan,
1588-yili tavallud topgan ingliz fuqarosi Fome Karne 207 yil umr guzaronlik
qilgan bo‘lsa, ozarbayjonlik Sherali Muslimov 1805-yili tavallud topib, 1973-
yili hayotdan ko‘z yumdi, ya’ni roppa-rosa 168 yil umr ko‘rdi. Ayollarning
bunchalik uzoq yashaganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar kam. Biroq, bu kel-
tirilgan misollar xususiyatdir. Ya’ni ayrim shaxslargagina tegishlidir. Demak,
bu misol dinamik qonuniyatga oiddir. Uzoq umr ko‘rish qonuniyatiga oid
dalillarni hosil qilish uchun jami aholi bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashti-
rish lozim. Shunda statistik qonuniyatni kuzatish imkoniyati yaratiladi.
156 Ulkan sonlar qonuni
Ulkan sonlar qonunining mohiyati shundaki, hodisalar
to‘plami qanchalik ko‘proq elementlar (unsurlar)dan tashkil topsa, unda
alohida tasodifiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchanliklar shun-
chalik to‘laroq va natijada hodisalar zaruriy bog‘lanishni va izchilligining
umumiy qonuniyatlari aniqroq yuzaga chiqadi. Masalan, ayrim oilalarda
aksariyat o‘g‘il bolalar tug‘ilsa, ayrim oilalarda aksariyat qiz bolalar tug‘iladi.
Ammo bu alohida oila yoki shaxslarga xos xususiyatdir. Mamlakat miqy-
osida yoki dunyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda tug‘ilgan har 100 bolaning
51—52 tasi o‘g‘il, 49—48 tasi qiz bolalardir. Bu nisbatga ayrim shaxsiy
o‘zgarishlar deyarli ta’sir etmaydi, sabab, ulkan sonlar qonuni amaldadir.
157 Statistik to‘plamning muhim belgisi
Statistik to‘plam - ma’lum bog‘lanishdagi bir xil sifatga ega bo‘lgan, lekin shu bilan bir vaqtda har biri o‘ziga xos individual belgilari mavjud bo‘lgan hodisalardir. Masalan, sanoat ishlab chiqarishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, biror davrdagi juda ko‘p sanoat korxonalarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini: mahsulot ishlab chiqarish hajmi, xodimlar soni, asosiy vositalar qiymati va shu kabilarni o‘rganamiz. Lekin bu ko‘rsatkichlar sanoat korxonalarida umumiy belgilar bo‘lgani bilan, ular har bir korxonalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, har xildir. Statistik tadqiqot to‘plamdagi har bir birlikni (elementni) o‘rganishdan, undagi belgilarni qayd qilishdan boshlanadi. Demak, statistik to‘plamni tashkil qiluvchi har bir element to‘plam birligi deyiladi. To‘plamning umumiy belgi, xususiyatlariga ega bo‘lib, lekin ular har bir birlikda o‘ziga xosdir, har xil miqdor va sifat belgilarga egadir. Statistik to‘plam elementlarining har xilligi, o‘zgaruvchanligi variatsiyani bildiradi. Statistik to‘plam birliklarining bunday o‘zgarishlari - o‘zgaruvchi belgilar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |