Статистика фанидан маъруза матнлари



Download 380,13 Kb.
bet10/63
Sana14.01.2022
Hajmi380,13 Kb.
#365059
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
statistika (22)

Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha’lo muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi ro’yxati, ko’p yillik mevali daraxtlar ro’yxati, tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zararlarni baholash

ishlari misol bo’la oladi. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajratiladi.




YOppasiga kuzatish - bu to’plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to’plash.
YOppasiga kuzatishda to’plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi.Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro’yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro’yxatlari ham

yoppasiga kuzatishga misol bo’la oladi.




Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda belgi-langan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir
Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz, belgilab qo’yilgan tartibda va vaqtda to’plashning muhim yo’li (shakli)dir. “O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-xuquqiy shaklidan qat’iy nazar, o’z faoliyati

haqida aniq va to’la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir.




Joriy maxsus tekshi- rishlar - bu maxsus respon- dentlarni yollab hodisalar haqida boshlang’ich ma’lumot- larni muntazam yoki vaqtma- vaqt qayd qilish yo’li bilan to’plash jarayonidir.
Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o’rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to’plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy xo’jaliklari byudjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo’jaligi (fermer xo’jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo’lishi mumkin.

Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o’laroq, biznes tekshirishlar tadbarkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og’zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo’lib, o’zaro bog’langan bir-birini to’ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum

masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi.

Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o’rganishda qo’llanadi. Bundan tashqari, ro’yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo’li sifatida qo’llanish sohalariga ega.



    1. Download 380,13 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish