Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar
: Natijalarni daftaringizga yozib oling va
tegishli xulosalar chiqaring.
53-tajriba.
Oqsilning me'da shirasi ta'sirida parchalanishini kuzatish.
Me'da shirasi me'da devorida joylashgan bezlardan ajraladi. uning tarkibida oqsillarga
ta'sir etadigan pepsin, sut oqsillarini eritadigan ximozin va yog‘larni parchalaydigan lipaza
fermentlari bor. Biroq lipaza me'dadagi kislotali muhitda passiv bo‘ladi. Me'da shirasida
fermentlardan tashqari xlorid kislota bo‘lib, u pepsin fermentining aktivlanishida muhimdir.
Me'da shirasining xossalari qo‘yidagi tajribalar yordamida o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |