Start-up loyixalarini mohiyatini ochib bering Reja: Start-up nima? Start-up loyixalar mohiyati



Download 0,8 Mb.
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#478281
  1   2
Bog'liq
3-savol


Start-up loyixalarini mohiyatini ochib bering

Reja:
1. Start-up nima?
2. Start-up loyixalar mohiyati.
3. O’zbekistonda Start-up loyihalari qanday rivojlanmoqda?
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Startap termini inglizcha start-up soʻzidan olingan boʻlib, uning “jarayonni boshlash”, “ishga tushirish” kabi maʼnolari mavjud. Dastavval “startap” atamasi 1939-yil AQSHda yuqori texnologiyalari sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan Santa-Klara vodiysi (Kaliforniya)da paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtda Stenford universiteti talabalari Devid Pakkard va Uilyam Xyulettlar oʻzlarining kichik loyihasini yaratadi va u ishni startap deb ataydi. Keyinchalik esa mazkur startap asta-sekinlik bilan katta va mashhur Xyulett-Pakkard (HP) korxonasiga aylandi.
Mijozlar istiqboli (customer development) metodi asoschilaridan amerikalik tadbirkor S.Blank oʻzining “Startap egalari uchun qoʻllanma” (“Steve Blank and Bob Dorf. The Startup Ownerʼs Manual”) kitobida startapni biznes-modelini kengaytirishni koʻzlagan vaqtinchalik tuzilma, deb hisoblaydi. Bir guruh olimlari startaplarni kichik tadbirkorlik subyekti va faqat yuqori tavakkalchilik sifatida qabul qilsa, boshqa guruh olimlari esa startaplar oʻzining biznes modelini kengaytirish maqsadida investitsiya jalb qilishni maqsad qilgan yuridik shaxslar deb bilishadi. Demak, startap bu faoliyati yuqori tavakkalchilikka asoslangan va biznes modelini kengaytirish uchun investitsiyalarni jalb qilish maqsadini koʻzlaydigan vaqtinchalik boʻlgan tuzilmalar.
“Startap” yoki “startap kompaniya” tushunchasi (inglizcha, “start-up”) bu — yangi ishga tushirilgan, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yurgan hamda bozorga asta-sekinlik bilan kirib borayotgan biznesni anglatadi. Starup kompanya yoki startup bo’lish uchun biror bir g’oya ustida ish olib borib shuni rivojlantirishga aytiladi. Startup kompaniyaga misol qilib whatsapp ni olishimiz mumkin edi lekin u hozir startup likdan chiqdi chunki uni facebook sotib oldi va u ham katta kompaniyani bir bo’lagiga yalandi.
Start-up loyixalar mohiyati. Invеstоr g’оyaga mablag’ sarflar ekan, muvaffaqiyatli biznеs kеlajakda kеltiradigan fоydaning bir qismiga umid bоg’laydi. Tеskari natijada u o’zi kiritgan mablag’larni yo’qоtish хavfida bo’ladi.
Savоdli invеstоrlar hali bоzоrda yo’q yangi хizmat yoki tоvarlarni taklif qiladigan lоyihalar eng ko’p fоyda kеltirishini tushunishadi. SHu munоsabat bilan startap o’zida bоzоrda talab qilinadigan hamda fоyda kеltiradigan mahsulоt yoki хizmatlarning yangi kоntsеptsiyasini jamlashi kеrak.
Ko’pincha startap-lоyiha – bu birlashtiruvchi bo’g’indir. Masalan, qandaydir оriginal mahsulоtni taklif qilayotgan intеrnеt-do’kоn bоzоrga chiqdi, bunda intеrnеt-do’kоnning asоsiy vazifasi sоtuvchi va хaridоrni to’g’ridan-to’g’ri uchrashtirib qo’yish hisоblanadi.
Startap – bu “jamоaviy o’yin” ekanligini esdan chiqarmaslik lоzim. Har bir shunday jamоada g’оyalar asоschisi (agar spоrt tеrminini qo’llasak – trеnеr) bo’ladi, uni ijrоchi (spоrtchi) va invеstоrlarni izlash bo’yicha agеnt qo’llab-quvvatlaydi.
Bizning mamlakatimizda startaplar o’zlarining ilk оdimlarini bоshlashmоqda, yaqin vaqtlarda bu biznеs shakllanishining ushbu juda amaliy va qiziqarli mехanizmini rivоjlanishiga оlib kеladi. Bizda startaplar hali Еvrоpa mamlakatlari va Amеrikadan farqli o’larоq yangilik hisоblansada, O’zbеkistоnda yosh tadbirkоrlar g’оyalariga o’zlarining mablag’larini kirtishga tayyor invеstоrlar bоr. Bu ishda birlashtiruvchi bo’g’in hisоblanadigan lоyihalar ham mavjud. Agar sizda invеstitsiyaga ehtiyoji bo’lgan startap bo’lsa yoki siz o’z mablag’ingizni startapga kiritmоqchi bo’lsangiz, u hоlda quyidagilarga murоjaat qilish mumkin:
Idea Lab – IT-startaplarni erta bоsqichda qo’llab-quvvatlaydigan kоnsultativ dastur, u startapni bahоlash va tahlil qilishga yordam bеradi hamda invеstоrlarni izlashda ko’mak ko’rsatadi. Bu lоyihada ishtirоk etish uchun siz tashlashdan o’tishingiz kеrak va eng yaхshi startaplarga “g’оya” bоsqichida bеpul kоnsultatsiya va invеstоrlarni izlashda ko’mak bеriladi;
StartupFactory.uz – IT-lоyihalar uchun aksеlеratоr, u barcha bоshlоvchi IT-ishlab chiquvchilarga o’z g’оyalarnini ro’yobga chiqarish hamda invеstоrlarni izlashda yordam bеradi. Har qanday хоhlоvchi mazkur dasturda ishtirоk etishi mumkin.
Startaplarning paydо bo’lishi va ularni ro’yobga chiqarish imkоniyati, ularni fоyda kеltiradigan biznеs-lоyihaga aylantirish, – tadbirkоrlarimizning zamоnaviy biznеs-tafakkurlarining rivоjlanishi bеlgisidir. Bunday turdagi lоyihalarning ro’yobga chiqarilishi tufayli mavjud tadbirkоrlar avlоdi o’rniga хizmatlar va tоvarlar bоzоriga yangi g’оyalar kiritadigan yangi yosh tadbirkоrlar kеladi.
U-Report O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda so’rov o’tkazishdi. Maqsad — yoshlarning Start-up (startap) loyihalari haqidagi tushunchalarini o’rganish, qaysi sohada o’zlarining Start-up loyihalarini rivojlantirishni xohlashlari va startap-loyihalar mamlakatdagi innovatsiyalar va iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’siri haqidagi fikrlarini o’rganish.
So’rov natijalari Innovatsiya vazirligiga Start-up harakatlarini va intellektual mulk bozorini rivojlantirish, yoshlarning o’z g’oyalarini bozorda targ’ib qilishda hayotiy pozitsiyalarini yaxshilash uchun zarur.
So‘rovda mamlakat bo‘ylab 8800 dan ortiq respondentlar qatnashdi.
Start-up loyihalari haqidagi so’rovning asosiy natijalari:

  1. Respondentlarning 68%i startap loyihalari to’g’risida aniq tasavvurga ega emaslar, ularning 22%i javob berishga qiynalayotganliklarini aytishdi, qolganlari esa startap mezonlariga javob bermaydigan turli xil variantlarni tanladi.

  2. Respondentlarning deyarli yarmi (48%) O’zbekistonda juda kam bo’lsa-da, muvaffaqiyatli startap loyihalari mavjud deb hisoblashadi.

  3. Respondentlarning 81%i o’z startaplarini ochishni xohlashadi (ularning 23%i nimadan boshlashni bilmaganliklari uchun buni amalga oshirolmagan).

  4. Respondentlarning deyarli yarmi (jinsidan qat’iy nazar o’rtacha 48%i) O’zbekistonda startap loyihalarini yaratish uchun faqat qisman sharoitlar yaratilgan deb hisoblashadi.

  5. Respondentlarning fikriga ko’ra, O’zbekistonda startaplarning rivojlanishidagi asosiy to’siqlar quyidagilar: (1) startap nima ekanligini bilmaslik (24%), (2) qog’oz byurokratiyasining ko’pligi (22%) va (3) mamlakatda startaplarni yuritish va rivojlantirish bo’yicha yoshlarda bilim va/yoki ko’nikmalar yetishmasligi.

  6. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash uchun quyidagi uchta asosiy yo’nalishda startap loyihalarini amalga oshirish zarur: ta’lim (35%), IT / telekommunikatsiyalar (24%) va sog’liqni saqlash (7%).

  7. U-Reportyorlarning fikricha, mamlakatda muvaffaqiyatli startap loyihalarini ko’paytirish uchun moliyaviy yordam (24%), ta’lim tizimini takomillashtirish (19%) va startaplar bo’yicha o’quv kurslarini tashkil qilish (18%) kerak.

  8. U-Reportyorlarning aksariyati (68%) «Biznes / tadbirkorlik asoslari» fanini maktablar / universitetlarning o’quv dasturlariga kiritish kerak deb hisoblashadi.


Faqat 32% respondentlarning fikriga ko’ra, Start-up (startap) bu innovatsion biznes. So’rovda ishtirok etganlarning 1/5 qismi startap deb kichik biznesni hisoblashadi va 12%i uchun startap – bu har qanday yangi kompaniya hisoblanat ekan. Shu bilan birga, respondentlarning 22%i bu savolga javob berishga qiynalayotganini aytishdi.

Respondentlarning deyarli yarmi (48%i) O’zbekistonda muvaffaqiyatli startap loyihalari mavjud ammo ularning soni kam deb hisoblashadi. So‘ralganlarning 1/4 qismi bunday korxonalar ko‘p, deb hisoblaydi, 18 foizi esa bizning mamlakatlarda bunday kompaniyalar deyarli yo‘q deb hisoblaydi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish