Ma’lumot uchun: Start-up (startap) – bu qandaydir yangi g’oya/texnologiya/jarayonga asoslangan innovatsion biznes loyihadir (aynan yangilik kiritilgan!). Masalan, kafe ochish – bu oddiy biznes loyiha, ammo agar unda yangi texnologiyalar/g’oyalar yordamida xizmat ko’rsatilsa, bu startap loyiha bo’ladi. Startap loyihalar har qanday sohada yaratilishi mumkin: tibbiyot, savdo, transport, xizmat ko’rsatish va h.k.
U-Reportyorlarning yarmidan ko’pi (jinsidan qat’i nazar, o’rtacha 58%) o’zlarining startaplarini yaratmagan yoki yaratilishida ishtirok etmaganlar, lekin buni amalga oshirishni xohlashadi. Respondentlarning 23%i ishni nimadan boshlashni bilishmagani uchun qilmagan.
Respondentlarning 12%i o’zlarining startaplarini allaqachon yaratganliklarini aytishdi: shundan 6% muvaffaqiyatli tajribaga ega, qolgan 6% omad ularga kulib boqmaganini aytishdi.
Ayollar (26%) erkaklarga (21%) qaraganda ko’proq startapni nimadan boshlashni bilishmaydi va bu sohada o’zlarini sinab ko’rishgan erkaklar soniga qaraganda kamroq (9% ga qarshi 14%).
Respondentlarning deyarli yarmi (jinsidan qat’i nazar, o’rtacha 48%) O’zbekiston yoshlari o’zlarining startap loyihalarini ochishlari uchun zarur sharoitlarga ega deb hisoblashadi. So‘rovda ishtirok etganlarning 1/4 qismi barcha sharoitlar yaratilgan deb ishonishadi.
Shu bilan birga, ayollar yaratilgan sharoitlarga nisbatan ko’proq optimistik munosabatdalar, chunki erkaklar bu masalaga ko’proq shubha bilan qarashadi: erkaklarning 20% O’zbekistonda o’z startaplarini ochish uchun sharoit yo’q deb hisoblashadi, ayollarning atigi 12% bu fikrga qo’shiladi.
Respondentlarning fikriga ko’ra, O’zbekistonda startaplarni rivojlantirishdagi asosiy to’siqlar:
— startaplar nimaligini bilmaslik va startaplar haqida xabardorlikni sustligi (24%),
— ikkinchi o’rinda ortiqcha qog’ozbozlik va byurokratiya (22%);
— uchinchi katta to’siq bu mamlakatda startaplarni olib borish va rivojlantirish bo’yicha yoshlarning bilimlari / ko’nikmalari yo’qligi (11%).
Respondentlarning atigi 3% mamlakatda startaplarni rivojlantirish uchun hech qanday to’siqlar yo’q deb hisoblashadi.
Respondentlarning fikriga ko’ra, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga birinchi navbatda yordam beradigan startap loyihalari uchta asosiy yo’nalishda bo’lishi kerak: ta’lim (35%), IT / telekommunikatsiyalar (24%) va sog’liqni saqlash (7%).
Qizig’i shundaki, ayol respondentlar (40%) erkaklar (32%) bilan solishtirganda ta’lim sohasida startaplarni rivojlantirishga ko’proq e’tibor berishadi; axborot texnologiyalari sohasida esa startaplarga ayollar (16%) erkaklarga (28%) nisbatan kam ahamiyat berishadi. Shu bilan birga, ayollarning 11%i va erkaklarning atigi 5%i tibbiyot sohasida startaplarni rivojlantirish zarur deb hisoblashadi.
Ushbu so’rovda qatnashgan U-Reportyorlarning deyarli 1/4 qismi mamlakatda muvaffaqiyatli startap loyihalarini ko’paytirish uchun moliyaviy yordam (24%), ta’lim tizimini yaxshilash (19%) va startaplar bo’yicha o’quv kurslarini tashkil qilish (18%) kerak deb hisoblashadi.
Agar ayollar va erkaklar startaplar uchun moliyaviy yordam kerakligiga teng ravishad rozi bo’lishgan bo’lsa, ko’proq ayollar (23%) erkaklarga (16%) qaraganda yoshlar uchun startaplar bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish kerak deb o’ylashadi. 18% ayol respondentlar chet el startaplari bilan tajriba almashishni zarur deb bilishadi, erkaklar (12%) esa bunga sal kamroq ahamiyat berishadi.
Aksariyat U—Reportyorlarning (68%) fikricha, maktab / universitetlarning o’quv dasturiga «Biznes / tadbirkorlik asoslari» fanini kiritish kerak. Respondentlarning deyarli 1/5 qismi bunday fan allaqachon o’z o’quv dasturlarida bo’lganligini aytishdi. Faqat 11% ishtirokchilar bu taklifni rad etdi. Erkaklar (71%) ayollardan ko’ra (66%) ushbu g’oyaning tarafdorlari.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 8800dan ortiq respondentlarning fikri.
XULOSA
Birgina gap bilan aytadigan boʻlsak, STARTAP bu qandaydir yangi gʻoya, texnologiya yoki jarayonga asoslangan innovatsion biznes loyihadir.
Bugungi kunga kelib startaplar axborot texnologiyalari (IT), tadbirkorlik mahsulotlari va xizmatlari (Business Products & Services), sunʼiy intellekt (AI), internet dasturlar va xizmatlar (Internet Software & Services), mobil dasturlar va xizmatlar (Mobile Software & Services), internet ashyolari (IoT), elektron tijorat (e-commerce), moliya texnologiya (Fintech), biotexnologiyalar (Biotech), reklama texnologiya (Adtech), 3 hajmli chop etish (3D Printing), logistik tashishilar (Supply chain & Logistics) kabi sohalarda dinamik tarzda oʻsishga erishmoqda. Taʼkidlash lozimki, hozirgi paytga kelib eng mashhur internet startaplar sifatida Facebook, videoroliklar bazasi – YouTube, fotosuratlarni saqlash xizmati – Flickr, xabarlar almashinuvi platformasi – Twitter kabilar tan olinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Texnoman.uz
Old.uza.uz
Uz.infokom.uz
Uz.undp.org
Norma.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |