Sоn
|
№
|
Sоn
|
№
|
Sоn
|
№
|
Sоn
|
№
|
Son
|
0
1
2
3
4
5
6
7
8
|
1,00
1,06
1.12
1,18
1,25
1,32
1,40
1,50
1,60
|
9
10
11
12
13
14
15
16
|
1.70
1.80
1,90
2,00
2.12
2,24
2,36
2,50
|
17
18
19
20
21
22
23
24
|
2,65
2,80
3,00
3.15
3,35
3,55
3,75
4,00
|
25
26
27
28
29
30
31
32
|
4,25
4,50
4,75
5,00
5,30
5,60
6,00
6,30
|
33
34
35
36
37
38
39
40
|
6,70
7,10
7,50
8,00
8,50
9,00
9,50
10,00
|
Maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi barcha talablarga ko‘proq javob beradigan qator – har bir n – hadini o‘nga karrali ko‘paytirib boruvchi geometrik progressiya qatori ekan. Shartga ko‘ra
an=10a
U holda,
aqn=10a
bundan,
q =
GOST 8032 – 84 davlatlararo standartda to‘rtta asosiy va ikkita qo‘shimcha tanlangan qatorlar tavsiya etilgan bo‘lib, qo‘shimcha qatorlardan faqat alohida holatlarda, texnikaviy jihatdan asoslangan hollardagina foydalanish mumkin. 8.1. – jadvalda asosiy qatorlardan biri R40 ning 1 dan 10 gacha o‘nlik intervaldagi tanlangan sonlarning yaxlitlangan qiymatlari keltirilgan.
9.3. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish
va kodlash
Mahsulotlarni xarid qilganimizda ularning upokovkasida (qutisida) yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni –m shtrix kodlarni ko‘ramiz. Shtrix – kodlar nimani bildiradi va qachon paydo bo‘lganligi haqidagi ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Shtrix – kodlarni mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30 – yillarda AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib undan amalda foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni 60 – yillardan boshlangan. Shtrix – kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor texnikasining jadal rivojlanishi 70 – yillardan boshlab shtrix kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universal kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi – EAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanishmoqda. Shtrix – kod ketma – ket almanishib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix – kodlar maxsus optik qurilmalar – skanerlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‘ramida (upakovkasida) shtrix – kodning bo‘lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85%dan ko‘pi yuklashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish – ketishini hisob qilib borish, mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o‘rin tutadi.
9.2. – jadval
Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodi
Do'stlaringiz bilan baham: |