kamayishi ta’siriga duchor bo’lishga olib kelsa. BHXS 21 ga muvofiq, guruh ichidagi
monetar moddalar bo’yicha valyuta kursi o’zgarishidan olinadigan foyda yoki zararlar
jamlashda to’liq chiqarib tashlanmaydi, qachonki guruh ichidagi monetar modda
bo’yicha operatsiya turli funktsional valyutalarga ega guruhning ikki tadbirkorlik
sub’ektlari o’rtasida amalga oshirilganda. Shu bilan birga, yuqori ehtimolli
rejalashtirilgan guruh ichidagi operatsiya bo’yicha xorijiy valyuta riski jamlangan
moliyaviy hisobotlarda xejlangan modda sifatida tasniflanishi mumkin, agarda
operatsiya operatsiyani amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektining funktsional
valyutasidan boshqa valyutada ifodalangan bo’lsa va xorijiy valyuta riski jamlangan
Agarda xejlangan modda moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyat bo’lsa, u
faqatgina uning pul oqimlarining yoki haqqoniy qiymatining qismi (masalan, bir yoki
undan ortiq tanlangan shartnomaviy pul oqimlari yoki ularning qismlari yoki haqqoniy
qiymatning ulushi) bilan bog’liq risklarga nisbatan xejlangan modda bo’lishi mumkin,
agarda xejlashning samaradorligini baholash mumkin bo’lsa. Masalan, foizli aktiv
yoki foizli majburiyat bo’yicha foiz stavkasi riskining aniqlanadigan va alohida
baholanadigan qismi xejlangan risk sifatida belgilanishi mumkin (masalan, riskdan-
213
holi foiz stavkasi yoki xejlangan moliyaviy instrument bo’yicha jami foiz stavkasi
riskining tayanch foiz stavkasi qismi).
Moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfeli bo’yicha foiz stavkasi
riskining haqqoniy qiymat xejida (va faqatgina bunday xejda), xejlangan qism alohida
aktivlar (yoki majburiyatlar) sifatida emas, balki valyuta summasi sifatida (masalan,
dollar, yevro, funt sterling yoki rend summasida) belgilanishi mumkin. Portfel, riskni
boshqarish maqsadlarida, aktivlarni va majburiyatlarni o’z ichiga olishi mumkin
bo’lsada, belgilangan summa aktivlar summasi yoki majburiyatlar summasiga teng
bo’ladi. Aktivlar bilan majburiyatlar o’rtasidagi farqqa teng bo’lgan sof summani
xejlangan modda sifatida belgilashga ruxsat etilmaydi. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu
belgilangan summa bilan bog’liq foiz stavkasi riskining qismini xejlashi mumkin.
Masalan, oldindan to’lanadigan aktivlarni qamrab oladigan portfel xeji holatida,
tadbirkorlik sub’ekti, shartnomaviy emas, balki kutilgan qayta narxlash sanalari
asosida xejlangan foiz stavkasidagi o’zgarishga tegishli bo’lgan haqqoniy qiymatdagi
o’zgarishni xejlashi mumkin. Qachonki xejlangan qism kutilgan qayta narxlash
sanalariga asoslansa, xejlangan foiz stavkasidagi o’zgarishlarning ushbu kutilgan
qayta narxlash sanalariga nisbatan ta’siri xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi
o’zgarishni aniqlashda inobatga olinishi lozim. O’z navbatida, agarda oldindan
to’lanadigan moddalarni qamrab oladigan portfel oldindan to’lanmaydigan derivativ
bilan xejlangan bo’lsa, samaradorsizlik yuzaga keladi agarda xejlangan portfeldagi
moddalarning oldindan to’lanishi kutilgan sanalar o’zgartirilsa, yoki haqiqiy oldindan
to’lov sanalari kutilgan sanalardan farq qilsa.
Nomoliyaviy moddalarni xejlangan moddalar sifatida belgilash
Agarda xejlangan modda nomoliyaviy aktiv yoki nomoliyaviy majburiyat
bo’lsa, u quyidagilar uchun xejlangan modda sifatida belgilanishi lozim: (a) xorijiy
valyuta risklari uchun; yoki (b), xorijiy valyuta risklaridan boshqa muayyan risklarga
tegishli bo’lgan pul oqimlarining yoki haqqoniy qiymatdagi o’zgarishlarning o’rinli
qismini ajratish va baholash qiyin bo’lgani sababli, xejlangan moddaning butun
holatida u biln bog’liq bo’lgan barcha risklar uchun.
Moddalar guruhlarini xejlangan moddalar sifatida belgilash
O’xshash aktivlar yoki o’xshash majburiyatlar umumlashtirilishi va guruh
sifatida xejlanishi lozim, faqatgina agarda guruhdagi alohida aktivlar yoki alohida
majburiyatlar o’rtasida xejlanadigan sifatida belgilangan risk taqsimlansa. Bundan
tashqari, guruhdagi har bir alohida modda bo’yicha xejlangan riskga tegishli haqqoniy
qiymatdagi o’zgarish moddalar guruhining xejlangan riskiga tegishli haqqoniy
qiymatdagi umumiy o’zgarishga taxminan proportsional bo’lishi ko’zda tutilishi
lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti xej samaradorligini xejlash instrumentining haqqoniy
qiymatidagi yoki pul oqimidagi o’zgarishni xejlangan modda bilan qiyoslash orqali
baholashi tufayli, xejlash instrumentini muayyan xejlangan modda bilan emas, balki
umumiy sof pozitsiya (masalan o’xshash so’ndirish muddatlariga ega barcha foizlari
qat’yi belgilangan aktivlar bilan foizlari qat’iy belgilangan majburiyatlar o’rtasidagi
farqqa teng sof pozitsiya) bilan qiyoslash xej hisobi sifatida tasniflanmaydi.
Xejni hisobga olishda xejlash instrumenti bilan xejlangan moddaning haqqoniy
qiymatlaridagi o’zgarishlarning o’zaro hisob-kitob qilinishi natijasida foyda yoki