Standartlari


 BHXS (IAS) 29 “Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot”



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   301
Bog'liq
Kurr

8.3. BHXS (IAS) 29 “Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot” 

 29-son 

BHXS 


“Giperinflyatsiya 

sharoitida 

moliyaviy 

hisobot” 

giperinflyatsiyani  boshidan  kechirayotgan  mamlakatlar  valyutasida  hisobot  tuzadigan 

korxonalarning  (konsolidatsiyalangan  moliyaviy  hisobotni  ham  o’z  ichiga  olgan) 

moliyaviy hisobotiga nisbatan qo’llaniladi.  

Ushbu  standart  inflyatsiyaning  absolyut  tempini  aniqlamaydi.  24-son  BHXSga  

muvofiq  moliyaviy  hisobotni  qayta  hisoblash  zaruriyatini  aniqlash  sub’ektiv  qarorlar 

toifasiga  talluqli  hisoblanadi.  Giperinflyatsiyaning  mavjudligini  davlat  tomonidan 

ko’rib  chiqilayotgan  iqtisodiy  holat  tavsiflari  ko’rsatib  beradi.  Ulardan  asosiylariga 

quyidagilar kiradi: 

a)  Aholi  o’z  jamg’armalarini  pul  shalida  emas  yoki  nisbatan  turg’un  xorijiy 

valyutada  saqlashni  afzal  deb  biladi.  Milliy  valyutadagi  mavjud  summalar  xarid 

qobiliyatini saqlab qolish uchun darhol investitsiyalanadi; 

b)  aholi  pul  mablag’larini  mahalliy  valyutada  emas  balki  nisbatan  turg’un 

xorijiy  valyutada  hisob-kitob  qiladi.  Baholar  ushbu  xorijiy  valyutada  ko’rsatilishi 

mumkin; 


s)  kreditga  sotish  va  sotib  olish  kredit  muddati  davomida  xarid  qobiliyatining 

yo’qotishlarini kompensatsiyalaydigan narxlarda amalga oshiriladi; 

d) foiz stavkasi, ish haqi va baholar baho indeksi bilan bog’liq bo’ladi; 

e)  uch  yil  davomida  inflyatsiyaning  o’sishi  100%ga  yaqinlashadi  yoki  undan 

oshadi.  

Ko’pchilik  mamlakatlarda  boshlang’ich  moliyaviy  hisobot  ayrim  qayta 

baholanishi  mumkin  bo’lgan  asosiy  vositalar  va  investitsiyalardan  tashqari  mavjud 

aktivlarning  umumiy  baho  yoki  alohida  baholarning  o’sishini  hisobga  olmagan 

holdagi  boshlang’ich  (tarixiy)  qiymati  asosida  tuzadilar.  Biroq  ayrim  korxonalar 

boshlang’ich  moliyaviy  hisobotni  mavjud  aktivlarning  aniq  narxlarining  o’zgarishini 

o’zida ifoda etgan tiklangan qiymatda taqdim etadilar.  

Giperinflyatsiyali  iqtisodiyotga  ega  mamlakatlar  valyutasida  hisobot  beradigan 

korxonalar  moliyaviy  hisoboti  u  boshlang’ich  va  tiklangan  qiymatga  asoslanishidan 

qat’iy  nazar  hisobot  sanasida  amal  qiladigan  o’lchov  birliklarida  taqdim  qilinishi 

lozim.  BXHSlariga  muvofiq  o’tgan  davrga  talluqli  bo’lgan  moliyaviy  hisobotlarda 

ochiqlanishi  talab  qilinadigan  axborotlar  hamda  ancha  oldingi  davrlarga  oid  bo’lgan 

har  qanday  axborotlar  hisobot  sanasida  amal  qiladigan  o’lchov  birliklarida  aks 

ettirilishi lozim. 

Pul  moddalari  bo’yicha  daromad  va  xarajatlar  sof  daromadga  qo’shilishi  va 

alohida ochiqlanishi lozim.  

Moliyaviy  hisobotni  qayta  hisoblashda  hisobotlar  1)  boshlang’ich  qiymatda  va 

2) tiklangan qiymatda tuzilganligi inobatga olinadi.  




 

 

243 



 

Boshlang’ich  qiymat  asosida  tuzilgan  moliyaviy  hisobotda  buxgalteriya 

balansining  hisobot  sanasida  amal  qiladigan  o’lchov  birliklarida  ifodalanmagan 

summalari umumiy baho indeksi asosida qayta hisoblanadi.  

Pul  mablag’lari  qayta  hisoblanmaydi,  chunki  ular  hisobot  sanasida  amal 

qiladigan pul o’lchovida ifodalangan.  

Baholar  o’zgarishi  asosidagi  shartnomalar  bilan  bog’liq  aktivlar  va 

majburiyatlar jumladan,  indeks obligatsiyalari  va zaymlar  hisobot sanasida to’lanmay 

qolgan qismini aniqlash uchun shartnomaga muvofiq to’g’irlanadi.  

Boshqa  barcha  qolgan  pul  bo’lmagan  aktivlar  va  majburiyatlar  qayta 

hisoblanadi.  

Ko’pchilik  pul  bo’lmagan  moddalar  boshlang’ich  qiymatda  yoki  eskirishi 

chiqarilgan  boshlang’ich  qiymatda  hisobga  olinadi.  Shu  bois,  ular  xarid  qilib  olish 

sanasidagi summada ifodalangan. Har bir modda qiymatining yoki eskirish chiqarilgan 

qiymatining  qayta  hisoblangan  natijasi  boshlang’ich  qiymatiga  va  jamg’arilgan 

eskirishiga  umumiy  baho  indeksini  qo’llash  orqali  aniqlanadi.  Shu  bois,  asosiy 

vositalar, 

investitsiyalar, 

xom-ashyo 

va 


tovarlar 

zahiralari, 

ishbilarmonlik 

reputatsiyasi,  patentlar,  savdo  markalari  va  shunga  o’xshash  aktivlar  xarid  qilib  olish 

sanasidan to’g’irlanadi. Zahiralar, qisman tayyor va tayyor mahsulotlar qiymati ularni 

xarid  qilish  va  qayta  ishlash  xarajatlari  vujudga  kelgan  sanadan  e’tiboran  qayta 

hisoblanadi. 

Ayrim  turdagi  asosiy  vositalar  turlarini  xarid  qilish  sanasi  to’g’risida 

ma’lumotlar  mavjud  bo’lmagan  hollarda  qayta  baholash  uchun  asos  bo’ladigan 

qiymatni  aniqlash  xolisona  professional  baholash  orqali  amalga  oshiriladi.  Agar  kam 

uchraydigan hollarda ma’lum davrlar uchun umumiy baho indeksi bo’lmagan taqdirda 

hisobot  valyutasi  va  turg’un  xorijiy  valyuta  almashtirish  kursining  o’zgarishi 

olinishiga ruxsat etiladi.  

Pul  bo’lmagan  moddalar  qayta  hisoblangan  summalari  talluqli  BHXSga 

muvofiq  aktivlardan  kelgusida  foydalanish  (sotish  va  boshqa  shaklda  tassarruf  etish) 

hisobidan  qoplanadigan  summadan  katta  bo’lgan  hollarda  kamaytiriladi.  Shu  bois, 

ushbu  holatlarda  asosiy  vositalar,  ishbilarmonlik  reputatsiyasi,  patentlar  va  savdo 

markalarining  qayta  hisoblangan  summalari  qoplanadigan  summaga  qadar 

kamaytiriladi, zahiralarning qayta hisoblangan summasi realizatsiyaning sof qiymatiga 

qadar  kamaytiriladi,  qisqa  muddatli  investitsiyalarning  qayta  hisoblangan  summasi 

bozor qiymatiga qadar kamaytiriladi.  

Korxona  kelishuvga  muvofiq  qo’shimcha  hisoblangan  foizlar  to’lovisiz 

aktivlarni  xarid  qilishi  bo’yicha  to’lovlar  muddatini  uzaytirish  asosida  xarid  qilishi 

mumkin.  Ushbu  holatlarda,  qaysiki  foizlar  summasini  yozish  maqsadga  muvofiq 

bo’lmagan  hollarda  ushbu  aktivlar  xarid  qilib  olingan  sanadan  emas,  balki  to’lovlar 

sanasidan qayta hisoblanadi.  

Ushbu  standartni  qo’llashning  birinchi  davri  boshida  xususiy  kapital 

elementlari, taqsimlanmagan foyda va boshqa oshirilgan qayta baholash summalaridan 

tashqari  talluqli  sanalardagi  umumiy  baho  indeksini  qo’llash  yordamida  qayta 

hisoblanadi. Oldingi davrlarda yuzaga kelgan oshiriladigan qayta baholash summalari 

bekor  qilinadi  (to’g’irlanadi).  Taqsimlanmagan  foydaning  qayta  hisoblangan  miqdori 

balansning boshqa barcha qayta hisoblangan moddalari asosida hisoblanadi.  




 

 

244 



 

Ushbu  standart  foyda  va  zararlar  to’g’risidagi  hisobotning  hammma  moddalari 

hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarda ifodalanishini talab etadi. Shunday 

qilib,  barcha  summalar  daromad  va  xarajatlarning  moddalari  qachonki,  moliyaviy 

hisobotda boshlang’ich yozilgan sanadan e’tiboran umumiy baho indeksi o’zgarishini 

qo’llash yordamida qayta hisoblanadi.  

Inflyatsiya davrida pul aktivlarining pul majburiyatlaridan oshishiga ega bo’lgan 

korxonalar  to’lov  qobiliyatini  yo’qotadi.  Pul  majburiyatlarining  pul  aktivlaridan 

oshishiga  ega  bo’lgan  korxonalar  aktiv  va  majburiyatlar  baholar  darajasiga  bog’liq 

bo’lmagan  darajada  to’lov  qobiliyatini  ko’paytirishga  erishadi.  Ushbu  sof  pul 

moddalari bo’yicha daromad yoki xarajatlar pul bo’lmagan aktivlarni, xususiy kapital, 

foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot moddalarini qayta hisoblash va indekslanadigan 

aktivlar va majburiyatlarni to’g’irlash  o’rtasidagi farq sifatida joriy qilinishi mumkin. 

 Sof pul mablag’lari bo’yicha daromad va xarajatlar sof foydaga kiritiladi.  

Tiklanish  qiymati  asosida  tuzilgan  moliyaviy  hisobotda  balansning  tiklanish 

qiymatida  ko’rsatilgan  moddalari  qayta  hisoblanmaydi,  chunki  ular  hisobot  sanasida 

amal qilayotgan o’lchov birliklarida ifoda etilgan.  

Tiklanish  qiymatidagi  foyda  va  zararlar  to’g’risidagi  hisoboti  odatda  qayta 

hisobga  qadar  operatsiyalar  va  hodisalar  asosida  yotadigan  haqiqatda  yuz  bergan 

momentdaga  xarajatlarni  aks  ettiradi.  Realizatsiya  qilingan  mahsulot  tannarxi  va 

eskirishi  ularni  ishlatish  momentidagi  joriy  xarajatlar  bo’yicha  hisobga  olinadi. 

Realizatsiya va boshqa xarajatlar ular yuz bergan momentdagi pul o’lchovlarida yozib 

boriladi.  Shunday  qilib,  barcha  summalar  umumiy  baho  indeksini  qo’llash  orqali 

hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklariga qayta hisoblanadi.  

29-son  BHXS  muvofiq  holda  moliyaviy  hisobotni  qayta  hisoblash  soliqqa 

tortiladigan  daromad  va  buxgalteriya  daromadi  o’rtasida  farqni  yuzaga  keltirish 

mumkin. Ushbu farq 12-son BHXSga muvofiq hisobga olinadi.  

Ushbu  standart  pul  mablag’lari  harakati  to’g’risidagi  barcha  moddalar  hisobot 

sanasida amal qilayotgan pul birliklarida ifodalanishini talab etadi.  

Qachonki  mamlakat  iqtisodiyoti  giperinfltsiyadan  chiqsa  korxona  ushbu 

standartga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilishni to’xtatadi.   

 


Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish