Standartlari



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   301
Bog'liq
Kurr

Tayanch so’zlar. 

Majburiyat  –  bu  tadbirkorlik  sub’ektining  bo’lib  o’tgan  hodisalardan  yuzaga 

keladigan  hozirgi  paytda  mavjud  bo’lgan  majburiyati  bo’lib,  uni  so’ndirish  natijasida 

tadbirkorlik  sub’ektidan  iqtisodiy  nafni  mujassamlashtirgan  resurslarning  chiqib 

ketishi kutiladi.  

Konstruktiv  majburiyat  -  tadbirkorlik  sub’ektining  quyidagi  holatlardagi  xatti-

harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat: 

(a) 


uning  oldingi  shakllangan  amaliyoti,  chop  etilgan  siyosatlari  yoki 

yetarlicha  aniq  bo’lgan  joriy  bildirgisi  asosida  tadbirkorlik  sub’ekti  ma’lum 

javobgarliklarni olishini namoyon etgan; va 

(b) 


buning  natijasida,  tadbirkorlik  sub’ekti  u  ushbu  javobgarliklarni  bajaradi 

degan asosli kutishlarni boshqa tomonlarda tug’dirgan. 

Shartli majburiyat - bu:  

(a) 


bo’lib  o’tgan  hodisalardan  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  majburiyat. 

Uning  mavjudligi  faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq  nazorati ostida bo’lmagan 

kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi 

natijasida tasdiqlanadi; yoki 

bo’lib  o’tgan  hodisalardan  yuzaga  keladigan,  lekin  quyidagilar  tufayli  tan 

olinmaydigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyat: 

 -  ushbu  majburiyatni  so’ndirish  uchun  iktisodiy  nafni  mujassamlashtirgan 

resurslar chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli yo’q; yoki 

-  ushbu majburiyatning summasi yetarlicha ishonchli tarzda baholana olmaydi.  

Shartli aktiv – bu bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va 

uning  mavjudligi  faqatgina  tadbirkorlik  sub’ektining  to’liq  nazorati  ostida  bo’lmagan 

kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi 

natijasida tasdiqlanadigan aktivdir.  

Restrukturizatsiya  –  bu  rahbariyat  tomonidan  rejalashtirilgan  va  nazorat 

qilinadigan dastur bo’lib, u quyidagilarni ahamiyatli ravishda o’zgartiradi:  

(a) 


tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  amalga  oshiriladigan  biznesning 

ko’lamini; yoki  

(b) 

ushbu biznes amalga oshirilishi tarzini. 



Buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  foyda  –  bu  soliq  xarajatlari  chegirib 

tashlanmaguncha bo’lgan davr foydasi yoki zarari. 




 

 

181 



 

Soliq solinadigan foyda (soliq zarari) –bu soliq idoralari tomonidan belgilangan 

qoidalarga  muvofiq  aniqlangan  va  undan  foyda  soliqlari  to’lanishi  (qoplanishi)  talab 

etiladigan davr foydasi (zarari). 

Soliq  xarajati  (soliq  daromadi)  –bu  davr  foydasi  yoki  zarari  aniqlanishida 

hisobga olingan joriy va muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha umumiy summa. 

Joriy  soliq    -bu  davr  uchun  soliq  solinadigan  foyda  (soliq  zarari)dan 

to’lanadigan (qoplanadigan) foyda soliqlari summasi. 

Muddati  kechiktirilgan  soliq  majburiyatlari    -bu  kelgusida  soliq  solinadigan 

vaqtinchalik  farqlar  bo’yicha  kelgusi  davrlarda  to’lanadigan  foyda  soliqlarining 

summasi. 

Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari – foyda soliqlarining quyidagilar bo’yicha 

kelgusi davrlarda qoplanadigan summasi: 

(a)  kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar; 

(b)  foydalanilmagan soliq zararlarini kelgusi davrlarga o’tkazish; va 

(v)  foydalanilmagan soliq imtiyozlarini kelgusi davrlarga o’tkazish. 

Vaqtinchalik  farqlar  –  bu  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotda  aks  ettirilgan 

aktiv  yoki  majburiyatning  balans  qiymati  bilan  uning  soliq  bazasi  o’rtasidagi 

farqlardir. Vaqtinchalik farqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 

(a) 


kelgusida  coliq  solinadigan  vaqtinchalik  farqlar  -  vaqtinchalik  farqlar 

bo’lib, ular aktiv  yoki  majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan 

kelgusi  davrlarning  soliq  solinadigan  foydasini  (soliq  zararini)  hisoblashda  soliq 

solinadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi; yoki 

(b) 

kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar bo’lib, 



ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan kelgusi 

davrlarning  soliq  solinadigan  foydasini  (soliq  zararini)  hisoblashda  chegirib 

tashlanadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi. 

Aktiv yoki majburiyatning soliq bazasi – ushbu aktiv yoki majburiyatning soliq 

maqsadlaridagi qiymati. 

Soliq  xarajati  (soliq  daromadi)  joriy  soliq  bo’yicha  xarajatni  (joriy  soliq 

bo’yicha daromadni)  hamda  muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha xarajatni (muddati 

kechiktirilgan soliq bo’yicha daromadni) qamrab oladi. 




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish