1-misol.
Kompaniya o’zining balans qiymati 100000 sh.b. bo’lgan asosiy vositasining
qadrsizlanishi belgilarini aniqladi va uning qoplanadigan qiymatini aniqladi. Asosiy
vositaning haqqoniy qiymati sotish xarajatlarini chigirib tashlagandan so’ng 80000
sh.b. ni tashkil qiladi. Kompaniya bu vositani yaqin davrda sotmoqchi emas va uning
haqqiniy qiymati foydalanish davrida o’sib boradi deb hisoblamoqda.
Bunday holatda kompaniya foydalanish orqali olinadigan qiymatni e’tiborga
olib qoplanadigan qiymatni haqqoniy qiymatdan (sotish xarajatini va foydalanish
qimmatini chegirgandan so’ng) yuqori deb qaraydi.
Faraz qilaylik, foydalanish qiymati ortishi evaziga 105000 sh.b.ni tashkil
qiladi. Bunday holatda aktiv qadrsizlanmagan hisoblanadi va balans qiymatida
baholanadi.
Noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni uning balans qiymatini
uning qoplanadigan qiymatga qiyoslash orqali har yili qadrsizlanishga tekshirishni
talab etadi, bunda u qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud
bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar. Biroq, bunday aktivning qoplanadigan
qiymatining bevosita oldingi davrda amalga oshirilgan eng yaqin batafsil hisob-kitobi
joriy davrda ushbu aktiv uchun qadrsizlanish tekshiruvida qo’llanilishi mumkin,
146
bunda quyidagi barcha mezonlar qanoatlantirilgan holda:
(a)
agarda nomoddiy aktiv uzluksiz foydalanishda boshqa aktivlardan yoki
aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul
kirimlarini yuzaga keltirmaganda va shu tufayli u tegishli bo’lgan pul mablag’larini
hosil qiladigan birlikning qismi sifatida qadrsizlanishga tekshirilganda, ushbu birlikni
tashkil etadigan aktivlar va majburiyatlar qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi
hisob-kitobidan buyon sezilarli tarzda o’zgarmagan;
(b)
qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobi aktivning
balans qiymatidan sezilarli tafovut bilan oshgan summaga olib kelgan; va
(v)
qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobidan buyon sodir
bo’lgan hodisalar va o’zgargan holatlar tahliliga asoslangan holda, joriy qoplanadigan
qiymat aktivning balans qiymatidan kamroq bo’lishi mumkinligining ehtimoli
kamroq.
Majburiyatlar sifatida tan olinganlardan tashqari chiqib ketish xarajatlari -
chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholashda chegiriladi.
Bunday xarajatlarga misollar yuridik xarajatlarni, gerb yig’imlarini va shunga
o’xshash operatsiya soliqlarini, aktivni yo’qotish xarajatlarini hamda aktivni uning
sotilish sharoitiga keltirish uchun bevosita qo’shimcha xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Biroq, ishdan bo’shashda olinadigan nafaqa (MHXS 19 da ta’riflangandek) va aktivni
sotishdan so’ng biznesni qisqartirish yoki qayta tashkil etish bilan bog’liq xarajatlar
aktivni chiqib ketishi bo’yicha bevosita qo’shimcha xarajatlar hisoblanmaydi.
Quyidagi jihatlar aktivning foydalanishdagi qiymatini hisoblashda aks
ettirilishi lozim:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan kelgusi pul
oqimlarining baholanishi;
(b) ushbu kelgusi pul oqimlarining summasidagi yoki muddatidagi ehtimoliy
o’zgarishlar bo’yicha kutishlar;
(v) joriy bozor xatardan-holi foiz stavkasi orqali aks ettirilgan holda, pulning
vaqtdagi qiymati;
(g) aktivga xos bo’lgan noaniqlik uchun narx; va
(d) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan kelgusi pul
oqimlarini narxlashda bozor ishtirokchilari aks ettiradigan boshqa omillar, masalan
nolikvidlilik.
Aktivning foydalanishdagi qiymatini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga
oladi:
(a) aktivdan uzluksiz foydalanish va uning yakuniy chiqib ketishi orqali
yuzaga keladigan kelgusi pul kirimlari va chiqimlarini baholash; va
(b) ushbu kelgusi pul oqimlariga nisbatan o’rinli diskont stavkasini qo’llash.
Foydalanishdagi qiymatni baholashda tadbirkorlik sub’ekti:
(a) pul oqimi rejalarida o’rinli va tasdiqlangan farazlarga asoslanishi lozimki,
bunda ushbu farazlar aktivning qolgan foydali xizmat muddati davomida mavjud
bo’ladigan bir qator iqtisodiy sharoitlar bo’yicha rahbariyatning eng yaxshi bahosini
aks ettiradi. Ko’proq e’tibor tashqi dalilga qaratilishi lozim.
(b) pul oqimi rejalarida rahbariyat tomonidan tasdiqlangan eng yaqin oradagi
147
moliyaviy byudjedlarga/loyihalarga asoslanishi lozim, ammo kelgusi qayta tashkil
etilishlardan yoki aktivdan foydalanishni yaxshilashdan yoki takomillashtirishdan
yuzaga kelishi kutilgan har qanday baholangan kelgusi pul kirimlarini yoki
chiqimlarini inobatga olmasligi lozim. Ushbu byudjedlarga/loyihalarga asoslangan
rejalar eng ko’pi bilan besh yillik davrni qamrab olishi lozim, bunda uzoqroq davr
asoslanishi mumkin bo’lmaguncha.
(v) eng yaqin oradagi moliyaviy byudjedlarda/loyihalarda qamrab olingan
davrdan tashqari pul oqimi rejalarini keyingi yillar bo’yicha barqaror yoki
kamayuvchi o’sish sur’atini qo’llagan holda byudjedlarga/loyihalarga asoslangan
rejalarni kengaytirish orqali baholashi lozim, bunda o’suvchi sur’at asoslanishi
mumkin bo’lmaguncha. Ushbu o’sish sur’ati tadbirkorlik sub’ekti faoliyat
ko’rsatadigan mahsulotlar, sohalar, yoki mamlakat yoki mamlakatlar bo’yicha, yoki
aktiv foydalaniladigan bozor bo’yicha uzoq muddatli o’rtacha o’sish sur’atidan
oshmasligi lozim, bunda yuqoriroq sur’at asoslanishi mumkin bo’lmaguncha.
Kelgusi pul oqimlarining baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
(a) aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarining rejalari;
(b) aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarini yuzaga keltirish
uchun zaruriy tarzda sarflangan (jumladan aktivni foydalanishga tayyorlash uchun
pul chiqimlari) va aktivga o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki
taqsimlanishi mumkin bo’lgan pul chiqimlarining rejalari; va
(v) aktivning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishi uchun olinadigan
(yoki to’lanadigan) sof pul oqimlari, agarda mavjud bo’lsa.
Kelgusi pul oqimlarining va diskont stavkasining baholanishi umumiy
inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlari bo’yicha mos farazlarni aks ettiradi. Shu tufayli,
agarda diskont stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z
ichiga olsa, kelgusi pul oqimlari nominal summalarda baholanadi. Agarda diskont
stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z ichiga olmasa,
kelgusi pul oqimlari real summalarda baholanadi (ammo kelgusi muayyan narx
o’sishlari yoki kamayishlarini o’z ichiga oladi).
Pul chiqimlarining rejalari aktivni saqlash bo’yicha kunlik xarajatlarni hamda
aktivdan foydalanishga nisbatan o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki
taqsimlanishi mumkin bo’lgan kelgusi ustama xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Qachonki aktivning balans qiymati u foydalanishga yoki sotuvga tayyor
bo’lishidan oldin sarflanadigan barcha pul chiqimlarini hali to’liq o’z ichiga
olmaganda, kelgusi pul chiqimlarining baholanishi aktiv foydalanishga yoki sotuvga
tayyor bo’lishidan oldin sarflanishi kutilgan har qanday navbatdagi pul
chiqimlarining baholanishini o’z ichiga oladi. Masalan, bu qurilish ostida bo’lgan
bino yoki hali tugallanmagan ishlab chiqish loyihasi holatida bo’ladi.
Ikkita marta hisoblashga yo’l qo’ymaslik uchun, kelgusi pul oqimlarining
baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olmaydi:
(a) ko’rib chiqilayotgan aktivdan keladigan pul kirimlardan ko’proq tarzda
mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlardan keladigan pul
oqimlari (masalan, debitorlik qarzlari kabi moliyaviy aktivlar); va
(b) majburiyatlar sifatida tan olingan javobgarliklarga tegishli pul chiqimlari
148
(masalan, kreditorlik qarzlari, nafaqalar yoki rezervlar).
Kelgusi pul oqimlarining baholanishi diskont stavkasi aniqlanadigan usulga
mos bo’lgan farazlarni aks ettiradi. Aks holda, ayrim farazlarning ta’siri ikki marta
hisobga olinadi yoki inkor etiladi. Pulning muddatdagi qiymati baholangan kelgusi
pul oqimlarini diskontlash orqali inobatga olinishi sababli, ushbu pul oqimlari
moliyalashtirish faoliyatlari bo’yicha pul kirimlari yoki chiqimlarini o’z ichiga
olmaydi. Xuddi shuningdek, diskont stavkasi soliq oldingi asosda aniqlanishi tufayli,
kelgusi pul oqimlari ham soliqdan oldingi asosda aniqlanadi.
Aktivning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishi uchun olinadigan
(yoki to’lanadigan) sof pul oqimlarining bahosi shunday summa bo’lishi lozimki,
bunda ushbu summa, baholangan chiqib ketish xarajatlari chegirilgandan so’ng,
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan o’zaro xabardor, xohlovchi va mustaqil tomonlar
o’rtasidagi bitimda aktivni chiqib ketishidan olinishi kutiladi.
Aktivning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishi uchun olinadigan
(yoki to’lanadigan) sof pul oqimlarining baholanishi aktivning chiqib ketish
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga o’xshash usulda aniqlanadi, ushbu sof
pul oqimlarini baholashda quyidagi holatlar bundan mustasno:
(a)
tadbirkorlik sub’ekti o’zlarining foydali xizmat muddati oxiriga erishgan
va aktiv foydalaniladigan sharoitlarga o’xshash sharoitlarda faoliyat ko’rsatgan
o’xshash aktivlar uchun baholash sanasida mavjud bo’lgan narxlardan foydalanadi.
(b)
tadbirkorlik sub’ekti ushbu narxlarni ham umumiy inflyatsiya tufayli
kelgusi narx oshishlarining ham muayyan kelgusi narx oshishlarining yoki
kamayishlarining
ta’siriga to’g’rilaydi. Biroq, agarda aktivdan uzluksiz
foydalanishdan keladigan kelgusi pul oqimlari va diskont stavkasi umumiy
inflyatsiya ta’sirini o’z ichiga olmasa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu ta’sirni chiqib
ketish bo’yicha sof pul oqimlarining baholanishida ham inobatga olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |