1-misol. Kompaniya bosh boshqarmasi binosini sotish
Kompaniya bosh boshqarma binosini sotish rejasini tuzdi.
A) Kompaniya xaridorga binoni to’la bo’shatgandan so’ng beradi. Bo’shatish
uchun ketadigan vaqt shunday sotishlar uchun umumiy vaqt kabi qaraladi. Demak,
aktivni tezda sotish talabi bajarilmoqda.
V) Kompaniya bu binoni yangi bino to’la bitguncha ishlatadi. Bu kechiktirish
kompaniya tomonidan binoni tezda sotish zarur emasligini bildiradi. Mazkur mezon
yangi binoni to’la bitirmaguncha ko’chib o’tish mumkin emasligini ifodalaydi.
Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarni (yoki
hisobdan chiqarish guruhlarini) baholash
Uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) baholash
Tadbirkorlik sub’ekti sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq
muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans qiymati bilan sotish
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi kamrog’ida baholashi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti mulk egalariga taqsimlash uchun mo’ljallangan sifatida
tasniflangan uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans
qiymati bilan taqsimlash xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi
kamrog’ida baholashi lozim.
Agarda yangi sotib olingan aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotish uchun
mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirsa, dastlabki tan olinishda
aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans qiymati, agarda shunday
tasniflanmagan bo’lsa (maslan, tannarxda), bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi
haqqoniy qiymati o’rtasidagi kamrog’ida baholanishiga olib keladi. Demak, agarda
aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) biznes birlashuvining qismi sifatida sotib
olinsa, u sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanishi lozim.
Qachonki sotuv bir yildan ortiq muddatda sodir bo’lishi kutilsa, tadbirkorlik
sub’ekti sotish xarajatlarini ularning keltirilgan qiymatida baholashi lozim. Vaqt
o’tishidan yuzaga keladigan sotish xarajatlarining keltirilgan qiymatidagi har qanday
ko’payish foyda yoki zararda moliyalashtirish xarajati sifatida taqdim etilishi lozim.
Aktivning (yoki hisobdan chiqarish guruhining) sotish uchun mo’ljallangan
sifatida dastlabki tasniflanishidan bevosita oldin, aktivning (yoki guruhdagi barcha
aktivlar va majburiyatlarning) balans qiymatlari o’rinli MHXSlarga muvofiq
baholanishi lozim.
Hisobdan chiqarish guruhining keyingi qayta baholanishida, hisobdan chiqarish
guruhining sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati qayta baholanishidan
oldin, mazkur MHXS ning baholash talablari doirasida bo’lmagan, ammo sotish
uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan, har
qanday aktivlarning va majburiyatlarning balans qiymatlari o’rinli MHXSlarga
134
muvofiq qayta baholanishi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatgacha har qanday dastlabki yoki keyingi
qisman hisobdan chiqarish bo’yicha qadrsizlanish zararini tan olishi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti aktivning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy
qiymatidagi har qanday keyingi ko’payish bo’yicha foydani tan olishi lozim, ammo
bu mazkur MHXS ga muvofiq yoki oldin BHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” ga
muvofiq tan olingan yig’ilgan qadrsizlanish zararidan ortiq summada bo’lmasligi
lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti hisobdan chiqarish guruhining sotish xarajatlar
chegirilgandagi haqqoniy qiymatidagi har qanday keyingi ko’payish bo’yicha foydani
tan olishi lozim:
(a)
buni amalga oshirish hisobdan chiqarish guruhining sotish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymati qayta baholanishidan oldin, mazkur MHXS ning
baholash talablari doirasida bo’lmagan, ammo sotish uchun mo’ljallangan sifatida
tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan, har qanday aktivlarning va
majburiyatlarning balans qiymatlari o’rinli MHXSlarga muvofiq
muvofiq tan olinmagan darajada bo’ladi; ammo
(b)
bu mazkur MHXS ga muvofiq yoki oldin MHXS 36 ga muvofiq, mazkur
MHXS ning baholash talablari doirasida bo’lgan uzoq muddatli aktivlar bo’yicha tan
olingan yig’ilgan qadrsizlanish zararidan ortiq summada bo’lmasligi lozim.
Uzoq muddatli aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotuvining sanasi
holatiga oldin tan olinmagan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish sanasida tan olinishi
lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktiv bo’yicha u sotish uchun
mo’ljallangan sifatida tasniflanganda yoki sotish uchun mo’ljallangan sifatida
tasniflangan hisobdan chiqarish guruhining qismi bo’lganda eskirish (yoki
amortizatsiya) hisoblamasligi lozim. Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan
hisobdan chiqarish guruhining majburiyatlariga tegishli foizli va boshqa
xarajatlarning tan olinishi davom ettirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |