Soliq solishgacha maqbul stavka 12 %. Qoplanadigan qiymat (foydalanish qiymati)
60000x1/1,12+35000x1/1,12²+20000x1/1,12³+10000x1/1,124+50001/1,125=104901sh.b. Kelgusi pul oqimlari ular yuzaga keltiriladigan valyutada baholanadi va so’ngra ushbu valyuta uchun o’rinli bo’lgan diskont stavkasi orqali diskontlanadi. Tadbirkorlik sub’ekti foydalanishdagi qiymatni hisoblash sanasidagi spot valyuta kursi orqali keltirilgan qiymatni bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazadi.
Diskont stavkasi (stavkalari) soliqdan oldingi stavka (stavkalar) bo’lishi lozim,
qaysiki quyidagilarning joriy bozor baholanishlarini aks ettiradi:
pulning vaqtdagi qiymati; va
aktivga xos bo’lgan va kelgusi pul oqimlarining baholanishi to’g’rilanmagan xatarlar.
Pulning vaqtdagi qiymatining va aktivga xos xatarlarning joriy bozor baholanishlarini aks ettiradigan stavka bu shunday foydalilikki, qaysiki investorlar tomonidan talab etilgan bo’lar edi, agarda ular tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan pul oqimlarining summalariga, muddatiga, xatar darajasiga ekvivalent bo’lgan pul oqimlarini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan investitsiyani tanlaganda edi. Ushbu stavka o’xshash aktivlar bo’yicha joriy bozor operatsiyalaridan kelib chiqadigan stavka orqali yoki ko’rib chiqilayotgan aktivga nisbatan foydalanish potentsiali va xatarlari jihatidan o’xshash bo’lgan yagona aktiv (yoki aktivlar portfeliga) ega listing qilingan tadbirkorlik sub’ekti kapitalining tortilgan o’rtacha qiymati orqali baholanadi. Biroq, aktivning foydalanishdagi qiymatini baholashda qo’llanilgan diskont stavka(lar)i kelgusi pul oqimlarining baholanishi to’g’rilanmagan xatarlarni aks ettirmasligi lozim. Aks holda, ayrim farazlarning ta’siri ikki marta hisobga olinadi.
Qachonki aktivga xos stavka bevosita bozor ma’lumotlari asosida aniqlana olmasa, tadbirkorlik sub’ekti diskont stavkasini baholashda o’rindoshlardan foydalanadi. A-ilova bunday holatlarda diskont stavkasini baholash bo’yicha qo’shimcha yo’riqnomani ta’minlaydi.
Gudvilldan tashqari alohida aktiv uchun qadrsizlanish zararlarini tan olish va baholash talablarini belgilaydi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar va gudvill uchun qadrsizlanish zararlarini tan olish va baholash ko’rib chiqiladi.
Faqatgina agarda aktivning qoplanadigan qiymati uning balans qiymatidan kamroq bo’lsa, aktivning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatiga qadar kamaytirilishi lozim. Bunday kamayish qadrsizlanish bo’yicha zarardir.
misol.
Xaqiqiy xarajat modeli bo’yicha hisobga olinadigan nomoddiy aktivning qadrsizlanishi hisobga olinmoqda. Aktivning balans qiymati 74000 sh.b. Haqqoniy qiymat 75000 sh.b.(malakali baholovchi xulosasi). Sotish xarajatlari umumiy tannarxning 4%ni tashkil qiladi. Aktivdan foydalanish qiymati 70000 sh.b.ga teng.
Qoplanadigan qiymat 72000 sh.b.ga teng.(74000-74000x4%). Aktiv qadrsizlanishidan zarar 2000 sh.b. (74000-72000).
Dt Nomoliyaviy aktivning qadrsizlanishi bo’yicha zarar (M9440) 2000
Kt Nomoddiy aktivning qadrsizlanishidan yig’lgan zarar (M0900) 2000 Agarda aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud
bo’lsa, qoplanadigan qiymat alohida aktiv uchun baholanishi lozim. Agarda alohida aktivning qoplanadigan qiymatni baholashning imkoni bo’lmasa, tadbirkorlik sub’ekti aktiv tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning (aktivning pulni yuzaga keltiradigan birligi) qoplanadigan qiymatni aniqlashi lozim.
Alohida aktivning qoplanadigan qiymatni aniqlash mumkin bo’lmaydi, agarda:
aktivning foydalanishdagi qiymatini uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholash mumkin bo’lmasa
(masalan, aktivdan ukluksiz foydalanishdan keladigan kelgusi pul oqimlari ahamiyatsiz deb baholanmaganda); va
aktiv boshqa aktivlardan keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmasa.
Bunday holatlarda, foydalanishdagi qiymat va, shu tufayli, qoplanadigan qiymat faqatgina aktivning pulni yuzaga keltiradigan birligi uchun aniqlanishi mumkin.
misol. Qazib oluvchi tadbirkorlik sub’ekti o’zining qazish faoliyatini amalga oshirishi uchun xususiy temir yo’lga ega. Xususiy temir yo’l temir parchasining qiymati bo’yicha sotilishi mumkin va u konning boshqa aktivlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmaydi.
Xususiy temir yo’lning qoplanadigan qiymatini baholash mumkin bo’lmaydi, chunki uning foydalanishdagi qiymatini aniqlashni imkoni yo’q va u temir parchasining qiymatidan ehtimol farq qiladi. Shu tufayli, tadbirkorlik sub’ekti xususiy temir yo’l tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning, ya’ni butun konning qoplanadigan qiymatini baholaydi.
Aktivning pulni yuzaga keltiradigan birligi aktivlarning eng kichik guruhi bo’lib, ushbu guruh aktivni o’z ichiga oladi hamda boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradi. Aktivning pulni yuzaga keltiradigan birligini aniqlash mulohaza qilinishini o’z ichiga oladi. Agarda qoplanadigan qiymatni alohida aktiv uchun aniqlash mumkin bo’lmasa, tadbirkorlik sub’ekti katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlarning eng quyi jamlanmasini aniqlaydi.
misol. Avtobus kompaniyasi beshta alohida yo’nalishlarning har biri bo’yicha minimum xizmat ko’rsatishni talab etadigan va tegishli hokimiyat bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlarni ko’rsatadi. Har bir yo’nalishga ajratilgan aktivlar va har bir yo’nalish bo’yicha pul oqimlari alohida aniqlanishi mumkin. Yo’nalishlardan biri sezilarli zarar bilan faoliyat ko’rsatadi. Tadbirkorlik sub’ekti biror avtobus yo’nalishini qisqartirish imkoniga ega bo’lmaganligi sababli, boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajad mustaqil bo’lgan holda aniqlanadigan pul kirimlarining eng quyi darajasi bo’lib butun beshta yo’nalish tomonidan yuzaga keltiriladigan pul kirimlari hisoblanadi. Har bir yo’nalish uchun pul mablag’larini hosil qiladigan birlik bo’lib butun avtobus kompaniyasi hisoblanadi.
Pul kirimlari bu tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan tashqi tomonlardan olinadigan pul mablag’i va pul mablag’i ekvivalentlarining kirimlaridir. Aktivdan (yoki aktivlar guruhidan) keladigan pul kirimlari boshqa aktivlardan (yoki aktivlar guruhlaridan) keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil bo’lishi yoki bo’lmasligini aniqlashda, tadbirkorlik sub’ekti turli omillarni, jumladan rahbariyat tadbirkorlik sub’ektining operatsiyalarini (masalan, mahsulot turlari, bizneslar, alohida joylashuvlar, tumanlar yoki hududiy joylar bo’yicha) qanday nazorat qilishini yoki rahbariyat tadbirkorlik sub’ekti aktivlarining va operatsiyalarining davom etishi yoki chiqib ketishi to’g’risida qanday qarorlar qabul qilishini, ko’rib chiqadi.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymati – pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi ko’prog’i hisoblanadi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymatini aniqlash maqsadida, “aktiv”ga har qanday havola “pul mablag’larini hosil qiladigan birlik”ka havola sifatida o’qiladi.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymatini aniqlash usuliga muvofiq bo’lgan asosda aniqlanishi lozim.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati:
faqatgina pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki taqsimlanishi mumkin bo’lgan aktivlarning balans qiymatini o’z ichiga oladi va pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning foydalanishdagi qiymatini aniqlashda foydalaniladigan kelgusi pul kirimlarini yuzaga keltiradi; va
har qanday tan olingan majburiyatning balans qiymatini o’z ichiga olmaydi, bunda pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymat ushbu majburiyatni inobatga olmagan holda aniqlanishi mumkin bo’lmaguncha.
Bunga sabab shuki, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va foydalanishdagi qiymati pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qismi bo’lmagan aktivlarga va tan olingan majburiyatlarga tegishli pul oqimlarini inobatga olmagan holda aniqlanadi.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarda gudvillni taqsimlash Qadrsizlanishga tekshirish maqsadida, biznes birlashuvida sotib olingan gudvill
xarid sanasidan boshlab sotib oluvchining, birlashuv faoliyatidan manfaat olishi kutilgan, pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarining har biriga, yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhlariga, taqsimlanishi lozim, bunda sotib olinuvchining boshqa aktivlari yoki majburiyatlari ushbu birliklarga yoki birliklar guruhlariga biriktirilgan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar. Gudvill bunday taqsimlangan har bir birlik yoki birliklar guruhi:
tadbirkorlik sub’ekti ichidagi gudvill ichki boshqaruv maqsadlarida nazorat qilinadigan eng quyi darajani aks ettirishi lozim; va
umumlashtirishdan oldin MHXS 8 “Operatsion segmentlar”da ta’riflangan operatsion segmentdan kattaroq bo’lmasligi lozim.
Misol. Tadbirkorlik sub’ekti gudvill taqsimlangan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qismi bo’lgan faoliyatni 100VB ga sotadi. Birlikka taqsimlangan gudvill, ixtiyoriy ravishdan tashqari, ushbu birlikdan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaydi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning saqlab qolingan qismining qoplanadigan qiymati 300VB ga tengdir. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka taqsimlangan gudvill ixtiyoriy ravishsiz ushbu birlikdan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaganligi sababli, chiqib ketgan faoliyatga bog’liq gudvill chiqib ketgan faoliyat bilan birlikning saqlab qolingan qismining nisbiy qiymatlari asosida baholanadi. Shu tufayli, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka
taqsimlangan gudvillning 25 foizi sotiladigan faoliyatning balans qiymatiga kiritiladi. Agarda tadbirkorlik sub’ekti gudvill taqsimlangan bir yoki bir necha pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarning tarkibini o’zgartiradigan usulda o’zining hisobot tuzilmasini qayta tashkil etsa, gudvill ta’sir etilgan birliklarga qayta taqsimlanishi lozim. Ushbu qayta taqsimlash tadbirkorlik sub’ekti pul mablag’larini hosil qiladigan birlik ichidagi faoliyatning chiqib ketishini amalga oshirganda qo’llaydigan nisbiy qiymat yondashuviga o’xshash yondashuv orqali amalga oshirilishi lozim, bunda tadbirkorlik sub’ekti boshqa ba’zi usul chiqib ketgan faoliyat
bilan bog’liq gudvillni yaxshiroq aks ettirishini ko’rsata olmaguncha.
Misol. Gudvill avval pul mablag’larini hosil qiladigan birlik A ga taqsimlangan. A ga taqsimlangan gudvill, ixtiyoriy ravishdan tashqari, A dan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaydi. A bo’linishi lozim va boshqa uchta pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarga B, V va G birlashtirilishi lozim.
A ga taqsimlangan gudvill ixtiyoriy ravishsiz A dan pastroq bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmagani sababli, u B, V va G birliklarga A ning uchta qismlarining nisbiy qiymatlari asosida ushbu qismlar B, V va G lar bilan biriktirilishidan oldin qayta taqsimlanadi.
Gudvill taqsimlangan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun yillik qadrsizlanish tekshiruvi yillik davr mobaynida har qanday paytda amalga oshirilishi mumkin, bunda tekshiruv har yili bir xil paytda amalga oshirilishi lozim. Turli pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar qadrsizlanishga turli paytlarda tekshirilishi mumkin. Biroq, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka taqsimlangan gudvillning ayrim qismi yoki barchasi joriy yillik davr mobaynida biznes birlashuvida sotib olingan bo’lsa, ushbu birlik joriy yillik davrning oxiridan oldin qadrsizlanishga tekshirilishi lozim.
Korporativ aktivlar tadbirkorlik sub’ektining bosh ofisining yoki bo’linmasining binosi, elektron ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari yoki tadqiqot markazi kabi guruh yoki bo’linma aktivlarini o’z ichiga oladi. Tadbirkorlik sub’ektining tuzilishi aktiv muayyan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun mazkur Standartda keltirilgan korporativ aktivlar ta’rifini qanoatlantirishi yoki qanoatlantirmasligini belgilaydi. Korporativ aktivlarning farqlovchi xususiyatlari shuki, ular boshqa aktivlar yoki aktivlar guruhlaridan mustaqil ravishda pul kirimlarini yuzaga keltirmaydi va ularning balans qiymatini ko’rib chiqilayotgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka to’liq aks ettirilmaydi.
Korporativ aktivlar alohida pul kirimlarini yuzaga keltirmasligi tufayli, alohida korporativ aktivning qoplanadigan qiymati aniqlanmaydi, bunda rahbariyat aktivning chiqib ketishini amalga oshirishga qaror qilmaguncha. Natijada, agarda korporativ aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining ishorasi mavjud bo’lsa, qoplanadigan qiymat korporativ aktiv tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhi uchun aniqlanadi va u ushbu pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhining balans qiymati bilan qiyoslanadi.
Qadrsizlanish bo’yicha zarar pul mablag’larini hosil qiladigan birlik (gudvill
yoki korporativ aktiv taqsimlangan pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarning eng kichik guruhi) uchun tan olinishi lozim, faqatgina agarda birlikning (birliklar guruhining) qoplanadigan qiymati birlikning (birliklar guruhining) balans qiymatidan kam bo’lsa. Qadrsizlanish bo’yicha zarar birlik (birliklar guruhi) aktivlarining balans qiymatini kamaytirish uchun quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim:
avval pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka (birliklar guruhiga) taqsimlangan har qanday gudvillning balans qiymatini kamaytirishga; va
keyin birlikning (birliklar guruhining) boshqa aktivlariga birlikdagi (birliklar guruhidagi) har bir aktivning balans qiymatiga proportsional ravishda.
Balans qiymatlardagi ushbu kamaytirishlar alohida aktivlar bo’yicha qadrsizlanish zararlari sifatida inobatga olinishi lozim.
Misol Uskuna jismoniy shikastlangan, ammo u shikastlanishidan oldingi holatdagidek yaxshi ishlamasa ham, hanuz ishlamoqda. Uskunaning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan kamroq. Uskuna mustaqil pul kirimlarini yuzaga keltirmaydi. Uskunani o’z ichiga olgan va boshqa aktivlardan keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlarning eng kichik aniqlanadigan guruhi – uskuna tegishli bo’lgan ishlab chiqarish liniyasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish liniyasining qoplanadigan qiymati shuni ko’rsatadiki, butun ishlab chiqarish liniyasi qadrsizlanmagan. Faraz 1: rahbariyat tomonidan tasdiqlangan byudjetlar/loyihalar uskunani almashtirish bo’yicha rahbariyatning hech qanday majburiyatini aks ettirmaydi.
Uskunaning qoplanadigan qiymatining o’zini baholash imkonsizdir, chunki uskunaning foydalanishdagi qiymati:
uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan farq qilishi mumkin; va
faqatgina uskuna tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik (ishlab chiqarish liniyasi) uchun aniqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarish liniyasi qadrsizlanmagan. Shu tufayli, hech qanday qadrsizlanish bo’yicha zarar uskuna uchun tan olinmaydi. Shunga qaramasdan, tadbirkorlik sub’ekti uskuna uchun eskirish davrini yoki eskirishni hisoblash usulini qayta baholashi zarur bo’lishi mumkin. Balki, qisqaroq eskirish davri yoki tezroq eskirish hisoblash usuli uskunaning kutilgan qolgan foydali xizmat muddatini yoki tadbirkorlik sub’ekti tomonidan iqtisodiy manfaatlarning o’zlashtirilishi kutilgan holatni aks ettirish uchun talab etiladi.
Faraz 2: rahbariyat tomonidan tasdiqlangan byudjetlar/loyihalar uskunani almashtirish va uni yaqin kelajakda sotish bo’yicha rahbariyatning majburiyatini aks ettiradi. Uskunaning chiqib ketishiga qadar undan ukluksiz foydalanish bo’yicha pul oqimlari sezilarsiz deb baholangan.
Uskunaning foydalanishdagi qiymatini uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholash mumkin. Shu tufayli, uskunaning qoplanadigan qiymati aniqlanishi mumkin va uskuna tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka (ya’ni ishlab chiqarish liniyasiga) hech qanday e’tibor qaratilmaydi. Uskunaning chiqib ketish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan kamroq bo’lgani tufayli, qadrsizlanish zarari uskuna uchun tan olinadi.
Ushbu talablar «aktiv» atamasidan foydalanadi, ammo ular alohida aktivga yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi. Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davrining oxirida gudvilldan tashqari aktiv uchun oldingi davrlarda tan olingan qadrsizlanish bo’yicha zarari bundan buyon mavjud bo’lmasligining yoki kamaygan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligini baholashi lozim. Agarda bunday ishora mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu aktivning qoplanadigan qiymatini baholashi lozim. Qadrsizlanish bo’yicha zararga tegishli gudvilldan tashqari aktivning oshgan balans qiymati shunday balans qiymatdan oshmasligi lozimki, qaysiki aniqlangan bo’lar edi (amortizatsiyadan yoki eskirishdan holi), agarda hech qanday qadrsizlanish
bo’yicha zarar aktiv uchun oldingi yillarda tan olinmaganda edi.