Majburiyat – bu tadbirkorlik sub’ektining bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga keladigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyati bo’lib, uni so’ndirish natijasida tadbirkorlik sub’ektidan iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi kutiladi.
Konstruktiv majburiyat - tadbirkorlik sub’ektining quyidagi holatlardagi xatti- harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat:
uning oldingi shakllangan amaliyoti, chop etilgan siyosatlari yoki yetarlicha aniq bo’lgan joriy bildirgisi asosida tadbirkorlik sub’ekti ma’lum javobgarliklarni olishini namoyon etgan; va
buning natijasida, tadbirkorlik sub’ekti u ushbu javobgarliklarni bajaradi degan asosli kutishlarni boshqa tomonlarda tug’dirgan.
Shartli majburiyat - bu:
(a) bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan majburiyat. Uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi natijasida tasdiqlanadi; yoki
bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga keladigan, lekin quyidagilar tufayli tan olinmaydigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyat:
- ushbu majburiyatni so’ndirish uchun iktisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslar chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli yo’q; yoki
ushbu majburiyatning summasi yetarlicha ishonchli tarzda baholana olmaydi.
Shartli aktiv – bu bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi natijasida tasdiqlanadigan aktivdir.
Restrukturizatsiya – bu rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan va nazorat qilinadigan dastur bo’lib, u quyidagilarni ahamiyatli ravishda o’zgartiradi:
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan amalga oshiriladigan biznesning ko’lamini; yoki
ushbu biznes amalga oshirilishi tarzini.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha foyda – bu soliq xarajatlari chegirib tashlanmaguncha bo’lgan davr foydasi yoki zarari.
Soliq solinadigan foyda (soliq zarari) –bu soliq idoralari tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlangan va undan foyda soliqlari to’lanishi (qoplanishi) talab etiladigan davr foydasi (zarari).
Soliq xarajati (soliq daromadi) –bu davr foydasi yoki zarari aniqlanishida hisobga olingan joriy va muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha umumiy summa.
Joriy soliq -bu davr uchun soliq solinadigan foyda (soliq zarari)dan to’lanadigan (qoplanadigan) foyda soliqlari summasi.
Muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari -bu kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farqlar bo’yicha kelgusi davrlarda to’lanadigan foyda soliqlarining summasi.
Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari – foyda soliqlarining quyidagilar bo’yicha kelgusi davrlarda qoplanadigan summasi:
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar;
foydalanilmagan soliq zararlarini kelgusi davrlarga o’tkazish; va
(v) foydalanilmagan soliq imtiyozlarini kelgusi davrlarga o’tkazish.
Vaqtinchalik farqlar – bu moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan aktiv yoki majburiyatning balans qiymati bilan uning soliq bazasi o’rtasidagi farqlardir. Vaqtinchalik farqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
kelgusida coliq solinadigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar bo’lib, ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan kelgusi davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini) hisoblashda soliq solinadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi; yoki
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar bo’lib, ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan kelgusi davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini) hisoblashda chegirib tashlanadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi.
Aktiv yoki majburiyatning soliq bazasi – ushbu aktiv yoki majburiyatning soliq maqsadlaridagi qiymati.
Soliq xarajati (soliq daromadi) joriy soliq bo’yicha xarajatni (joriy soliq bo’yicha daromadni) hamda muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha xarajatni (muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha daromadni) qamrab oladi.