O`quvchilar barkamolligini tarbiyalashda ma`naviy – ma`rifiy yo`nalishdagi “Til bayrami” tadbirining
S S E N A R I Y S I
Tadbirda 8 nafar o`quvchi ishtirok etadi. Ularning 3 nafari boshlovchilik qiladilar.
1- boshlovchi:
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o`quvchilar. Bugungi “Til bayrami” tadbirimizga xush kelibsizlar.
Taxt ko`kda charx urar misoli quyosh,
Farmondor o`tirar unda irg`ab bosh.
Barcha jam odamlar qarar taxtiga,
Jahon qoyil bo`lib shukur – baxtiga.
Jamshidga sochilar oltinu gavhar
Shu yangi kun – bayram deyishar.
2 – boshlovchi:
Bu tadbirning o`tkazishimizdan maqsa – ona tilini e`zozlash, ona tili bilan boshqa chet tillarini ham chuqurroq o`rganishlaringizni maslahat bermoqchimiz. Chunki hozir qay yerga bormaylik, rus tili va ingliz tilini bilmasligimiz pand bermoqda.
3 – boshlovchi:
Sizlarning yodingizga yana bir bor shuni solmoqchiman, dunyoda har bir xalqning o`z tili unig bebaho boyligi iftixori, najoti hisoblanadi. Har bir xalqqa o`z tili aziz va ardoqli. Shularni hisobga olib, 1989 – yil 21 – oktyabrda “O`zbek tili”ga “Davlat tili” maqomi berildi. 21- oktabrda o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Bugungi tadbirimizga tashrif buyurganingiz uchun mamnuniyat bilan birinchi chiqishimizni e`tiboringizga havola etamiz.
1 – chiqish. “Til huruji:
Sahnaga 2 dugona chiqib har gapining birida chet tillarini qo`shib aytishmoqda.
1 – Xa Gulya qalaysan?
2 – Xorosho. O`zlarida kak dela?
1 – So paryatki. Nima problem?
2 – Dilya anuv mujik borku, o`sha har kuni zvanit qilovrib jonga tegdide. Nima qisam undan qutularkimman?
1 – Manga qara, san uni lyublyu deb ja katta ketyatuvdung shekilli – a?
Ularning suhbati chetroqda eshitib ketayotgan bir onaxonning jahli chiqib ularni oldiga keladi va qizlarga tanbeh berib –
- O`z ona tillaringdan or qilasanlarmi? Yoki chet tilini gapirmasang birov sen bilan gaplashmaydimi? Chet tillarini ham gapirishning o`z o`rni bor. Qizlarim o`zi ismlaring nima?
Birining ismi Dilorom, ikkinchisiniki esa Gulnoza ekan. Qizlar onaxonni oldida yuzlari qizarib indamay sahna ortiga kirib ketdilar. Onaxon ular o`z aybini tushunganidan xursand bo`lib, sahnadan chiqib ketadi.
1- boshlovchi sahnaga chiqib:
Bu sahna ko`rinishimizdan maqsad – o`z ona tilimizdan uyalmay, adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda gapirishlaringizni istaymiz.
Bizda keyingi navbat latifalarga.
2 – chiqish. Ichak uzdi latifalar.
Boshlovchi:
Hozir sahnaga Aqidaxonni taklif etamiz. U o`z mahoratini “Tanovar” raqsi orqali isbot etadi.
3 – chiqsh. “Tanovar” raqsi.
4 – chiqish “Maqollar” tasnifi.
Sahnaga 5 nafar qatnashchilar qo`lida til haqida maqol va hikmatli so`zlar yozilgan qog`ozlari olib chiqib ularga tasnif beradilar.
Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz.
Til dil kaliti.
Nonni katta tishlasang ham gapni katta gapirma.
Insonlar dilini og`ritish eng og`ir gunoh.
Tig` yarasi bitadi, Til yarasi bitmaydi
Boshlovchi:
Ana til haqidagi maqollarning mazmuni bilan ham tanishib oldik. Endigi navbat Mehrinigorxonga. U jonli ijroda sizlar uchun qo`shiq kuylab beradi.
5 – chiqish. “Ona” haqida qo`shiq.
Sahnaga Mehrinigorxon chiqib “Ona” haqida jonli ijroda qo`shiq kuylaydi.
Boshlovchi:
Ushbu tadbirimizga vaqtingizni ayamay tashrif buyurganingiz uchun katta rahmat. Tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. Hammaga rahmat.
Tadbir so`ngida hamma ishtirokchilar qo`llarida gul bilan chiqib o`tirgan ustozlarni xushnud qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |