Yil 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida o‘tkaziladigan bayram tadbirining ssenariysi



Download 102,68 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi102,68 Kb.
#281229
Bog'liq
yaaaaaaaaaaangi


2021- yil 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida o‘tkaziladigan bayram tadbirining

SSENARIYSI
30-sentabr

S.Rahimova ijrosida ustozlarga bag‘ishlangan qo‘shiq fonida sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.



1-boshlovchi: – Domlada bisot yo‘q kitobdan boshqa,

Qalbida lahja cho‘g‘ – oftobdan boshqa.

Shogirdlar kamolin ko‘rsa bo‘lgani,

Qolgani kerakmas savobdan boshqa.



2-boshlovchi: – Muallim, hammadan boyim o‘zingsan,

Tunlarim yoritar oyim o‘zingsan.

Yuragim ilmga tashnalab tursa,

Sug‘orib turguvchi soyim o‘zingsan.



1-boshlovchi: – Assalomu alaykum, aziz ustozlar! Kechalari orom bilmay, kunduzlari hormay-tolmay ko‘z nurini, qalb qo‘rini, butun umrini berib biz – shogirdlarni hayotga tayyorlayotgan, ilm sirlarini o‘rgatishdan charchamayotgan qalbi daryo, mo‘tabar  murabbiylar!

2-boshlovchi: – Assalomu alaykum, sharafli va ayni paytda o‘ta mas’uliyatli kasb egalari bo‘lgan, inson ruhining me’morlari sanalgan o‘qituvchilar!

1-boshlovchi: – Kelajak orzusida ilm tog‘lariga tirmashib, uning yuksak cho‘qqilarini zabt etishga intilayotgan shijoatli, fidoyi tengdoshlar – talaba yoshlar!

2-boshlovchi: – Ustoz! Shu birgina  so‘z zamirida  olam-olam ma’no va hurmat mujassam.   O‘qituvchi – sofdil, kamtarin, ma’naviy boy,insondir.   Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib,  ardoqlasak arziydi.

1-boshlovchi: – Aziz ustozlar, murabbiylar, bugungi bayram tadbirimizni tantanali ravishda ochib berish uchun so’z navbatini TDTU Qo’qon filiali direktori Sharifjon Yigitaliyevichga beramiz. Marhamat!!!

……………………..



2-boshlovchi: – Adabiyotimizning ustunlaridan biri hazrat Alisher Navoiy ustoz – murabbiylar haqida shunday degan edi:

Haq yo‘lida kim senga bir haprf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

1-boshlovchi: – Men o‘xshatgim keladi ustozlarni  quyoshga,

Bolalarni mehr-la ular ko‘tarib boshga.

Oldinga boshlar bizni umidu maqsad sari,

Bilim, ilm sirlarin o‘rgatadi har yoshga.



Faol va fidoyi murabbiylarga bayram sovg‘alari beriladi. Agar sovg‘a berilsa.

2-boshlovchi: – Hayotning go‘zalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi muallim mehnati bilandir. Istiqlol egalari bo‘lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazishda o‘qituvchi-murabbiylarning qissasi benihoya kattadir.

Navbat kelajagimiz mevalaridan bo’lgan Abduqahhorova Mahliyoxonga

1-boshlovchi: – Jahonda bo‘lmasa muallim agar,

Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.



2-boshlovchi: – Ustozlarni bayram bilan tabriklash va xursand etish uchun navbatni sherlar guldastasiga beramiz. Marhamat


1-boshlovchi: – O‘qituvchini yoshlik gulshanining posboni deydilar. Chindan ham o‘qituvchilik kasbining o‘ziga hos shavq-zavqi, mehrigiyosi va jozibador sehri bor.

2-boshlovchi Navbat 921-guruhi talabasi Mahmudov Rozmatjonga beramiz. Unuing ijrosida “Uztoz yaxshida” qo’shig’ini tinglaymiz.


2-boshlovchi: – Ha, o‘qituvchi go‘zallik sohibidir. Bu olijanob kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo‘llariga qalam olib jo‘shqin hislarini, yaxshi ezgu tilaklarini oq qog‘ozlar betiga bitgan. hayot abadiy, ammo u yosh avlod bilan hamisha barhayot. Avlod bor ekan unga ta’lim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilar ham barhayot. Abadiy yashayveradi.

1-boshlovchi: –Nechoq baxtiyorman, ta’zimda shu tob

Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.

Ne odam bo‘lardim, qo‘limda kitob

Biror harf tanimay tursam men loqayd.



Sher. Muhammad yusuf (oddiy muallim) Ijro etadi 2-20-guruh talabasi Habibullayeva Fotimaxon. Marhamat

2-boshlovchi: – Kishi hayoti davomida ko‘p odamlar bilan uchrashadi, tanishadi, vaqt o‘tishi bilan esa ayrimlarining o‘zini ham, ismini ham unutadi. Lekin, ilm dargohidagi ustozning ismini hech kim hech qachon unutmasa kerak.

Siz-ku "Alifbo" dan "Qomus"gacha to

Bari-birisini tanitgan ustoz.

Ilk bor Siz ko‘rsatgan duraxshon Zuhro

Bukun she’rim ichra tashbiqdir mumtoz.
RAQS .Lazgi ijro etadi. 2-21guruh talabasi Rahmonova Diloromxon. marhamat
1-boshlovchi: – Siz mo‘jaz yurakda yoqolgan yog‘du

Oqibat quyoshdek socha olur nur,

Buyuklar haqqiga qasamyod gap bu:

Sizdan boshlanadi asli Tafakkur.



Yakunida

2-boshlovchi: – Olamda ko‘p erur muborak onlar,

Tabarruk zotlar ham garchand ko‘p erur,

Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,

Munis muallimlar, Sizga tashakkur.



1-boshlovchi: – Shunday qilib, hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi bayram tadbirimiz niqoyasiga yetdi. Ustozlar xaqida qancha gapirsak, shuncha oz. Qancha faxrlansak, arziydi.

2-boshlovchi: – Farzand va shogirdlarning kamolini ko‘rish doimo sizlarga nasib etsin, aziz ustozlar!
Download 102,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish