II reja: O’zbekiston Respublikasining Davlat ta’lim standartlari hamda «Sog’lom avlod Davlat dasturi»da o’quv yurtlarida jismoniy ta’limning uzluksizligini ta’minlash, o’quvchi yoshlar va talabalarni ommaviy ravishda sport tadbirlariga jalb etish muhim vazifa qilib qo’yilgan. Shu asosda oliy ta’lim tizimi va o’rta maxsus o’quv yurtlari uchun «Jismoniy tarbiya» dasturi ishlab chiqilib, ular amalda qo’llanilmoqda. 2000 yil 1 martdan boshlab «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari joriy etildi. Ularning mazmun, shakl va maqsadlari o’quvchi yoshlar va talabalarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish asosiy variant qilib qo’yiladi.
2019 yilning 29 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, yurtimizda umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport meʼyorlarini oʻz ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Musobaqa tarzida tashkil etiladigan, 6 yoshdan boshlab, barcha insonlar qatnashadigan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari turli shartlar asosida 12 ta yosh toifasi boʻyicha har yili 2 marotaba oʻtkaziladi.
Mazkur test sinovlarida ishtirok etish fuqarolar uchun ixtiyoriydir. Qatnashish istagini bildirganlar uchun esa sinovlarida majburiy va ixtiyoriy meʼyorlar belgilangan. I, II, III darajali Alpomish va Barchinoy koʻkrak nishonlariga ega boʻlish uchun majburiy sinovlardan oʻtish talab etiladi.
Maxsus test sinovlari talablarini bajargan fuqarolar I, II va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi hamda tegishli sport razryadi va unvoniga sazovor boʻladi.
Bundan tashqari qarorga muvofiq, 2019 yil 10 fevraldan barcha telekanallarda har kuni uch marta (ertalab, kunduzi va kechki) 3-5 daqiqali ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari videoroliklari namoyish etiladi.
O’zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini yaxshilash, ularga zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berish belgilangan. Shu asosda iqtidorli talabalarni tanlash, tajriba-sinovlardan o’tkazish va ularni sportga safarbar qilish alohida ta’kidlangan. Bunday tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy sharoitlarda milliy an’analarda qo’llanilayotgan sport chiqishlari, ommaviy namoyishlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari oliy ta’lim muassasalari hayotida katta o`rin egallaydi. Birinchidan, talabalar, aspirantlar, o`qituvchilar va institut xodimlarini jismoniy tayyorgarligini rivojlantirib, foydali ko`nikma vamalakalarinitarbiyalab, ularning jismoniy tarbiya bilan shug`ullanganishiga zamin yaratadi. Ikkinchidan, o`yinlarning tayyorgarligi va qiziqishni hisobga olib, bеllashuvlar sharoitini tug`diradi. Har xil tayyorgarlikdagi sport musobaqasi qatnashuvchilarning musobaqa qoidalarini bajarib ballar, ochkolar to`plashi shu institutda jismoniy tarbiya va sportga bo`lgan qiziqishni kuchaytiradi.
Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari o`zining yo`nalishiga qarab, o`quv mashg`ulot, tashviqot va targ`ibotchi, sport musobaqalariga bo`linadi. Sport musobaqalari katta foyda bеruvchi tashkiliy-ommaviy, sog`lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlaridan biridir. Badantarbiya elеmеntlari bеlgilari o`zga tadbirlar bilan birga to`g`ri ishlatilsa odamlar sog`lig`ini mustahkamlaydi, umrini uzaytiradi va kayfiyatini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |