a) Darsning jihozlari: Hushtak, sekundomer, tayoqcha, to`pchalar.
D A R S N I N G X R O N O L O G I K X A R I T A S I
D A R S N I N G B O R I S H I
Tashkiliy qism: Saflanish. O`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, sport kiyimlarini nazorat qilish, saf mashqlarini bajarish (“Tekislaning!”, “Rostlaning!”, “Tartib bo`yicha sanang!”, “O`ngga!”, “Chapga!” kabi buyruqlarni bajarish).
Tashkiliy qism 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni 5 daqiqa
Amaliy mashqlar orqali yangi mavzuni mustahkamlash 25 daqiqa
Dars yakuni 5 daqiqa
Maydon bo`ylab sekin yurish (oyoq uchida, tovonda, oyoqning ichki va tashqi qismlarida), yurishdan yugurishga o`tish, yugurish mashqlarini bajarish (o`ng va chap tomonlar bilan ). Yugurishdan yurishga o`tish va doira bo`lib saflanish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish: 1-mashq: Dastlabki holat asosiy turish.
1-qo`llarni oldinga ko`tarish, 2-qo`llarni yuqoriga ko`tarish, 3-qo`llarni yonga tushirish, 4-dastlabki holat
2-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar belda. 1-4-boshni chap tomonga aylantirish, 1-4- boshni o`ng tomonga aylantirish
3-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar yelkada. 1-4-yelkalarni oldinga aylantirish, 1-4-yelkalarni orqaga aylantirish.
4-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar ko`krak oldida, tirsakdan bukilgan. 1-2-qo`llarni orqa tortish, 3-4-chap va o`ng tomonga burilib qo`llarni orqaga toritish.
5-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar belda. 1-4-belni chap tomonga aylantirish, 1-4-belni o`ng tomonga aylantirish.
6-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, chap qo`l yuqorida. 1-4-chap tomonga egilish mashqini bajarish, 1-4-o`ng tomonga egilish mashqini bajarish.
7-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligidan biroz kengroq ochilgan, qo`llar belda. 1-chap oyoqqa egilish, 2-o`rtaga egilish, 3-o`ng oyoqqa egilish, 4-dastlabki holat.
8-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligidan biroz kengroq ochilgan, qo`llar oldinda. 1-chap oyoqqa o`tish, qo`llar oldinda, 2-dastlabki holat, 3-o`ng oyoqqa o`tirish, 4-dastlabki holat
9-mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar oldinda. O`tirib turish mashqini bajarish (5 marta)
10-mashq: Dastlabki holat asosiy turish. 1-qo`llar yuqoriga, oyoqlar uchlariga ko`tarilib, chuqur nafas olinadi, 2-egilib nafas chiqariladi, 3-4-shuning o`zi takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |