116
murakkab yuqori mutaxasislashgan sport mashqlarni asosan tayanch-xarakat tizimi tomonidan
bajariladi. Organizmda jismoniy yuklarga eng ta’siruvchan va labil (o’zgaruvchan) sistemalardan
muskul sistemasi xisoblanadi. Jismoniy mashqlar natijasida muskullarni ishi intensivlanashadi –
bunday xolatni muskulning giperfunksiyasi deiladi. Odam organizmi yaxlit bir sistema bo’lib, bir
tizimdagi o’zgarishlar boshqa tizimlarda xam struktur o’zgarishlarga olib keladi. Demak morfologik
o’zgarishlar nafaqat suyak-muskul sistemalarda, balki qon-aylanish, nerv,
nafas olish, endokrin
sistemalarda kuzatiladi. Sport amaliyotida sportchilarga trenirovka jarayonida dinamik va statik
yuklamalar beriladi. Trenerlar tomonidan statik va dinamik yuklamalar xamkor xolda qo’llniladi.
Agar bu yuklamalar aloxida xolda berilsa, unda muskul sistemasida quyidagi o’zgarishlar kuzatila
Statik va dinamik yuklamalar ta’sirida muskul sistemasida morfologik o’zgarishlar.
Statik yuklamalar
Dinamik yuklamalar
1
.
Muskulning xajmi keskin xolda ortadi.
Muskulning xajmi me’yoriy xolda ortadi.
2
Muskulning payli uchlari yaxshi rivojlanadi
va chuziladi.
Muskulning qorinchali qismi chuziladi, payli
uchlari kaltalashadi.
3
.
Muskulning payli uchlarini suyakka
birikish satxlari katta bo’ladi.
Muskulning payli uchlarini suyakka birikish
satxlari kichik bo’ladi.
4
Muskulning tayanch
va trofik apparatlari
yaxshi rivojlanadi: (endomiziy, peremiziy,
yadro va umumiy axamiyatga ega bo’lgan
organellar)
Muskul tolasining qisqartiruvchi apparati yaxshi
rivojlanadi (miofibrillalar)
5
.
Muskul tolalarida sarkoplazmasi ko’p,
miofibrillalari turli yunalishda, tarqoq va
tartibsiz joylashgan.
Muskul
tolalarida
sarkoplazmasi
kam,
miofibrillalar zich va parallel xolda joylashgan.
6
.
Muskul tutamlari orasida siyrak tolali
biriktiruvchi to’qima rivojlanadi.
Muskul
tutamlari
orasida
zich
tolali
biriktiruvchi to’qima rivojlanadi.
7
.
Muskul tarkibidagi nerv oxirlarining satx
maydonlari kengliga qarab oshadi. Qon
kapillyarlarni miqdori ortadi va nozik
tutamli turlar xosil bo’ladi.
Nervlarni soni 4-5 marta ortadi.
Nerv oxirlari
muskul yuzasi bo’ylab cho’ziladi. Muskul
yuzasi bilan kontakt etuvchi kapillyarlar tur
maydonlarining satxi kengayadi. Rezerv va
qo’shimcha kapillyarlar ishga tushadi.
XVIII asrda jismoniy yuklar ta’sirida muskullarda adaptatsiya jarayoni gipertrofiya yuli bilan
o’tishi aniqlangan edi. Gipertrofiya bu organni xajmini oshishga aytiladi. Organning xajmini
ortishi uning tarkibiga kiruvchi xamma tuzilmalarni xajmini oshishi xisobiga rivojlanadi.
Adaptatsiya jarayonining ikkinchi yuli – bu giperplaziya. Giperplaziya – bu a’zoni tashkil etuvchi
tuzilmalarning miqdoriy ortishiga aytiladi. Giperplaziyada xujayralarning mitoz yoki amitoz yuli
bilan bo’linishi orqali, a’zo tuzilmalarini miqdori oshadi. Ilmiy
adabiyotda muskullarning
adaptatsiya jarayoni nafaqat gipertrofiya, giperplaziya yo’li bilan xam o’tadi degan tushunchalar
yuritiladi. Professor Gudz N.Z. tomonidan o’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, giperplaziya muskul
tarkibidagi tolalar ichida uzunasiga ketgan yoriklarni paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Bu yoriq
butun tola bo’ylab tarqalib, muskul tolasini ikkiga bo’ladi. Yangi xosil bo’lgan qiz tolalar
atrofidan biriktiruvchi to’qimali parda xosil bo’ladi va ikkita tola bir biridan ajaraladi. Muskul
tarkibidagi bir nechta tolalarning uzunasiga qarab bo’linishi, tolalarning umumiy sonini ortib
borishiga olib keladi. Lekin, tolaning uzunasiga bo’linishi, xujayraviy bo’linishning
turi deb
xisoblab bo’lmaydi. Eslatib utish lozim, skelet muskulaturasi kundalang – targ’il muskul
to’qimasidan tuzilgan. To’qima degan atama shartli, chunki skelet muskulaturasi simplastik tuzilma
bo’lib, xujayralardan emas, tolalaridan tuzilgan. Mitoz yoki amitoz bo’linishda bitta yadro
tarkibidagi xromosomalar yoki DNK xolidagi irsiy material qiz xujayralarida teng taqsimlanadi.
Muskul tolaning tarkibida esa sarkolemma tagida ko’p miqdorda tizim xolda yadrolar joylashgan.
117
Xech qanday xujayraviy bo’linish bunday tuzilmada sodir bo’la olmaydi. Lekin skelet
muskulaturasida giperplaziya kuzatiladi va bu jarayon boshqacha yo’l bilan ketadi. Muskul
to’qimaning tarkibida yosh, etilmagan mioblastlar kurtakchalar shaklida uchraydi.
Ana shu
mioblastlar takomili va voyaga etilishi natijasida giperplaziya jarayoni muskullarda sodir bo’ladi.
Yuqori darajali jismoniy yuklamalar ta’sirida muskullardagi o’zgarishlar.
Og’ir jismoniy ishdan sung muskulni tiklanishi uchun etarli dam olish vaqti ajratilishi lozim. Agar
sportchini imkoniyatidan ortiq darajada mashqlar bajarilishi davom etilsa, yuklamani xajmi ortib
borilsa, sportchida o’zi sezmaydigan mikrotravmalar paydo bo’ladi. Agar mikrotravmalar uz
vaqtida davolanmasa, suyak va suyak ustki pardalarning trofikasi buziladi va bir qancha
morfologik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Maksimal, submaksimal yuklamalar ta’sirida muskul
sistemasida degenerativ - destruktiv o’zgarishlar rivojlanadi, va bu o’zgarishlar
muskulning
xususiyatlarini tiklanishiga salbiy ta’sir kursatadi, aks xolda, organizmda surunkali charchash yoki
zo’riqqish yuzaga keladi. N.Z. Gudz surunkali charchash natijasida muskullarda yuzaga keladigan
morfologik o’zgarishlarni ikki tomonlama bo’lishini ko’rsatdi. Bir tomondan muskul tolalarini
parchalanish jarayoni kuzatiladi, ikkinchi tomondan muskul to’qimasida ishchi gipertofiya davom
etadi (zo’riqish darajasiga qarab o’zgarishlar kuzatiladi). Mion tarkibidagi miofibrillalar
sarkoplazmada o’z yo’nalishini yuqotgan va tarqoq xolda joylashgan, ba’zi joylarda miofibrillalarni
uzilishi yoki aloxida bulakchalarga bo’linib ketishi kuzatiladi, natijada muskul kundalang-targ’illik
xususiyatini yuqotadi. Sarkolemma ostida joylashgan yadrolarni erib ketishi xam kuzatiladi.
Sarkoplazmada vakuollalar (bo’shliqlar) paydo bo’ladi va ularni ichiga biriktiruvchi to’qimaning
elementlari o’sib qira boshlaydi va muskul o’rnida biriktiruvchi to’qima rivojlanadi. Shunday qilib,
jismoniy yuklamalar ta’sirida muskul sistemasida murakkab o’zgarishlar kelib chiqadi va bu
o’zgarishlarning negizida ishchi gipertrofiya etadi. Xar bir sport turi o’zining mutaxasislashgan
yuklamalari bilan ta’riflanadi va bu yuklamalarni bajarilishi muayayn muskul guruxlarining
faoliyati bilan bog’liq. Shuning uchun turli mutaxasisli sportchilarda muskul guruxlari bir xilda
rivojlanmaydi va xar xil kuchni namoyon etadi.
Xar qanday jismoniy mashqlarning
bajarilishidan oldin, tananing a’zolari va tizimlari shiddatli
faoliyat bajarilishiga tayyorgarlik davrini stishi lozim. Bu davrning asosiy mo’iyati shundaki,
jismoniy mashqlarni bajarishga birdaniga kirishganda, turli a’zolar va tizimlar oliy faoliyat
bajarilish darajasiga bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin, turli vaqt oraliqlarida kirishadilar. Oliy
darajali jismoniy mashqlarni bajarishga tayyorgarlik davrida tana a’zolari bir vaqtda, ya’ni
sinxron ravishda yuqori darajali faoliyat ko’rsatish uchun tayyorgarlik ko’radi. Tayyorgarlik
davridan so’ng, oddiy elementlardan tashkil topgan xarakatlar bajariladi, ssng mashqlar strukturasi
murakkablashadi,
ularning bajarilish tempi, ritmi oshadi va organizmning xamma tizimlari
maksimal ravishda yuqori nagruzkalarni bajarishga, oliy darajali faoliyat bajarishga tayyorgarligini
namoyon etadi. Tayyorgarlik davrida faqat muskullarni “qizishi” sodir bo’lmasdan, balki – qon
aylanish, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati asta ortib borib, ular organizmning adaptatsiya
yoki moslashuv davrida erishgan jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namoyon bo’lishini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: