Har xil sport turlarida takroriy yuklamalar berish sinamalari
Sport turi
|
Mashqlarning xarakteri
|
Takrorlanish soni
|
Mashqlararo intervallar.
|
Engil atletika
|
60 m yugurish.
|
4-5
|
3-4
|
Qisqa masofaga yugurish.
|
O`rta masofaga yugurish.
|
100 m yugurish
|
4-5
|
3-5
|
Uzun masofaga yugurish.
|
400 myugurish
|
5-8
|
6-8
|
Marofoncha yugurish.
|
1000-3000
|
3-4
|
7-10
|
Sakrash
|
sakrashlar
|
3 seriyalarning har birida sakrash
|
4-5
|
Irg’ish
|
irg’ish
|
3 seriyalarning har birida 3 irg’ish
|
6-5
|
Suzish:
|
|
|
|
Qisqa masofa.
|
50 m suzish
|
3-4
|
3-5
|
Uzun masofa
|
200 m suzish
|
3-4
|
3-5
|
Eshkak eshish
|
500 m eshkak eshish
|
3-4
|
3-5
|
Boks
|
|
|
|
Soya bilan jang o`tkazish
|
3
|
2-3
|
|
Kurash
|
|
|
|
Tulumni orqaga egirib
|
3-4
|
2-3
|
30 sek davomida
|
Gimnastika
|
Majrubiy erkin mashq
|
3
|
3-4
|
Og’ir atletika
|
Maksimal vazndan 75-80
Tashkil etuvchi shtangani ko`tarish
|
3-4
|
3-4
|
Futbol
|
Seriyali yugurish 5x30 m startga yongil tempda
qaytish
|
3
|
2-3
|
Velosport
|
200 m yo`l
|
4-5
|
3-5
|
Sportga tanlash va saralashning tibbiy muammolari
Zamonaviy sportda bir necha yillar davomida yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda qobiliyatli bolalar va o`quvchilarni tanlash va saralash masalalariga katta ahamiyat beriladi. Sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish 10-12 yoshdan yoki 5-6 yoshdan boshlashi kerakligi isbotlangan.
Zamonaviy sportni rivojlantirish darajasi yuksakdirki, musobaqalardagi xalqaro darajali natijalarni kam sportchilar ko`rsatishlari mumkin. Ayrim sportchilar misli ko`rilmagan natijaga erishadilar, demak sport ist’edodlik g’oyalariga katta ahamiyat berilishi lozim. Har bir o`spiringa sport faoliyatining turini tavsiya etish sportga tanlash vazifasini o`taydi. Sport turining talablari asosida eng yaroqli o`spirinlarni tanlash – sportga saralash vazifasini o`taydi. Sportga tanlash va saralash pedagogik, psixologik va tibbiy biologik usullari kompleksli ravishda qo`llanilishi asosida o`tkaziladi.
Sport mahoratini oshirish jarayoni - uzoq davomli, bir necha bosqichlarga bo`linadi: dastlabki sport tayyorgarlik (7-10 yosh), sport turi bilan shug’ullanishni boshlang’ich darajasi (10-12yosh), sport turi yo`naltirilishi (13-15 yosh) sport mahoratini egallash (15-17 yosh) sport malakasini oshirish (18 va undan katta yosh).
Zamonaviy ma`lumotlarga ko`ra morfologik, fiziologik va psixologik ko`rsatkichlar nasldan-naslga o`tishi aniqlangan. Sportga saralashda quyidagi ko`rsatkichlar tavsiya etildi.
Morfologik ko`rsatkichlar: 1 – bo`y, 2 – tana massasi (tana og’irligi), 3 – qo`llarning nisbiy uzunligi – qo`llar uzunligining indeksi, 4 – Oyoqlarning nisbiy uzunligi – oyoqlar indeksi, 5 – Tana og’irligining aktiv massasi (TAM).
Fiziologik ko`rsatkichlar 1) O`TS, 2) pul’s, 3) Kuper testi, 4) Novakki testi, 5) RWS170 testi, 6) MKO`, O2 etishmovchiligiga turg’unlik. Harakat ko`rsatkichlari: 1) Qo`lning nisbiy kuchi (Kaft kuchi kg x 100); 2) egiluvchanlik; Z) tezkorlik; 4) muvozanatning turg’unligi; 5) Tana og’irligi kg. Turmush tarzida harakat aktivligi etarli baland bo`lganda 33 koeffitsienti ishlatiladi
Turli yoshdagi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarda TPN Kattalarda yoshiga qarab quyidagi guruhlar ajratiladi:
Ayollarda balog’at yoshi – 34 gacha, o`rta yoshli – 35-54, qarilik 55-74, erkaklarda balog’at yoshi – 39 gacha, o`rta 40-59, qarilik 60-74, mo`ysafidlik ayollar va erkaklar uchun 75-89, uzoq umr ko`rganlar – 90 yosh va undan kattalar. Turli yoshdagi shaxslarning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishiga ruxsat etish – tibbiy nazoratning bosh vazifasidir.
Ayrim kasalliklarda jismoniy tarbiyani ommaviy turlari bilan shug’ullanish butunlay yoki vaqtincha man etiladi. Odamning yoshi qancha katta bo`lsa organizmni ichki va tashqi taassurotlarga moslashish qobiliyati kamayadi. Qarilik, qarilik kasalliklarini oldini olishda va keksalarni moslashish qobiliyatini bir meyorda ushlash va oshirishda jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarining ahamiyati kattadir.
Tibbiy ko`rikdan o`tkazilishida umumiy tibbiy tekshi-rishlar qatorida jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida harakat rejimi belgilanadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni YuUS (tomir urish) tartibiga katta ahamiyat beriladi. Katta sport bilan shug’ullanuvchi sportchilarni maksimal yurak urishining soni 220 yoshini ayirish formula bo`yicha hisoblanadi. Masalan: sportchi 20 kirgan bo`lsa maksimal yurakning urish soni – 220-20=200 bo`ladi.
Mashg’ulot ta`sirida YuUS maksimal darajasidan 60-80% tashkil qilsa, shundagina jismonan chiniqtirish vazifasini o`taydi. Shu bilan birga (220–yosh) x 0,85 formulasi ham ishlatishi mumkin. Ommaviy sport, jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish jismoniy tarbiyada 180 - yosh ajratish formulasi qo`llaniladi. Xoldak formulasi: 170 – yosh ajratish formulasi qo`llaniladi. Mashg’ulotlarning davomiyligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 70 – yosh ajratiladi. Har xil yoshdagi shug’ullanuvchilarni o`ziga xos, zarar keltirmaydigan yurak urush soni va mashg’ulotning davomiyligi ham aniqlanadi: Masalan 30 yoshga kirgan shug’ullanuvchining yurak urush soni 170-30=140 ga teng bo`ladi, 70-30=40 daqiqa (mashqni bajarish davomiyligi aniqlanadi). Bir daqiqada 140 yurak urish sonida 40 daqiqa davomida jismoniy mashg’ulotni o`z salomatligiga zarar keltirmasdan shug’ullanishi mumkin.
Agar shug’ullanuvchi 60 yoshda bo`lsa: 170-60 110 yurak urush zarbida quyidagi formulalar bo`yicha 70-60=10 daqiqa davomida 110 YuUZda mashg’ulot bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |