TREND – ANALIZ: Tinch holatdagi, tiklanish davrining 1- va 3 - minutlardagi pul’slar hajmining uchdan bir qismi. Trenirovkadan oldingi va keyingi Trendlarning ayirmasi asosida trenirovka davrida olingan mashqlarning ta`sirotini aniqlashga imkon beradi.
Sinamani o`tkazish uslubi: Trenirovkadan yoki darsdan oldin tekshiriluvchining tinch holatda 10 sek davomida pul’si sanaladi (f o). Bundan keyin 40 sm bosqichga 1 min davomida 30 marta chiqib tushish mashqi bajariladi. Mashq tugagach, shu zaxoti tiklanish davrining birinchi minutasining boshida 10 sek davomida (f 1) va tiklanish davrining 3-minutining boshidan 10 sek davomida (f 3) pul’s sanaladi. Olingan natijalarni bir-biriga qo`shib hajmi 3ga bo`linadi – bu uch pul’sning trendi deb aytiladi.
То = fo + f1 + f3
3
Bundan keyin har kundagi trenirovka o`tkaziladi. Trenirovkadan 5-10 min o`tgandan keyin 10 sekund davomida pul’s sanaladi (fo) va 1 minut davomida yana 30 marta 40 sm bosqichga chiqib tushish mashqi bajariladi. Mashq tugagach, shu zahoti tiklanish davrining 1-minuti boshidan 10 sek davomida pul’s sanaladi (f 1).
Olingan natijalarni bir-biriga qo`shib haj uchga bo`linadi, bu ham 3 pul’sning trendi deb aytiladi.
То = fo + f1 + f3
3
Trenirovka mobaynida olingan yuklamani baholash uchun Trend To dan Trend Tfo ni ayirish kerak. Olingan ayirma trenirovka davrida olingan jismoniy mashqning ta`sirini aniqlaydi.
NMT (yuklama miqdorining ta`siri) = To – Tfo
BAHOLASH:
Ayirma 0 – 1,0 bo`lsa olingan yuklamaning miqdori juda
1,1 – 2,0 bo`lsa, olingan yuklamaning miqdori kam
2,1 – 4,0 bo`lsa, olingan yuklamaning miqdori o`rtacha
4,1 – 6,0 bo`lsa, olingan yuklamaning miqdori o`rtacha 6,0 dan ko`p bo`lsa – haddan tashqari katta.
Maxsus tayyorgarlikni baholash uchun TPN da sportchi-larning organ va sistemalarni spetsifik (maxsus) ish bajarishga moslanishini aniqlovchi testlar qo`llaniladi.
Eng keng tarqalgan testlar – takroriy maxsus yuklamalar beruvchi testlar. Takroriy yuklamalar berish testlar jadvalida ko`rsatilgan. Mashqlar bajarishdan oldin tinch holatda, o`tirgan holda tekshirishuvchining pul’si, arterial qon bosimi, nafas olish chastotasi aniqlanadi.
Razminkadan keyin birinchi mashq bajariladi, mashq tugagach pul’s, arterial qon bosim va nafas olish chastotasi yana aniqlanadi. Har tekshiruvdan so`ng sportchi yana mashqlarni takrorlaydi.
Takroriy mashqlar bajarish testlarni sport natijalarini va mashqlarga moslanishni solishtirib vrach va trener birgalikda shug’ullanuvchining tayyorgarlik darajasini baholaydi. Sport natijalari vaqt ko`rsatkichlari va maxsus ish bajarish ko`rsat-kichlarini solishtirish asosida baholanadi.
Mashqlarga moslanishini pul’s, nafas olish chastotasi, arterial qon bosimning o`zgarishlariga va tiklanish davriga asoslanib baholanadi. Moslanish yaxshi darajada bo`lsa, normotonik javob reaktsiya kuzatiladi, dam olish davrida hamma ko`rsatkichlar tez tiklanadi, maxsus ko`rsatkichlari galdan-galga mustaxkamlanadi.
YOmon moslanishda atipik reaktsiya ro`y berishi mumkin. Takroriy mashqlarga 5 variant javob reaktsiyalari kuzatiladi.
Birinchi variant: sport natijalari baland va turg’un, mashqlarga moslanish yaxshi dam olish davrlarda tez tiklanadi. Bunday javob reaktsiya maxsus tayyorgarligi balandligini ifodalaydi.
Ikkinchi variant: maxsus natijalari va moslanishi o`rta darajada. Bu variant qoniqarli chiniqishni ifodalaydi.
Uchinchi variant: maxsus natijalar dam ko`tariladi, dam pasayadi. Yurak qon tomir sistemasining ko`rsatkichlari shu bilan birga o`zgaradi. Kerakli vaqt davomida sportchi organizm funktsiyalarini zo`r gayrat bilan tuta olmaydi. Bu hol jismoniy tayyorgarligining etarli darajada emasligini ifodalaydi.
To`rtinchi variant: galdan-galga maxsus natijalari va mashqlarga moslanishi yomonlashadi. Dam olish intervallarida tiklanmaydi. Bunday variant jismoniy tayyorgarligi past sportchilarda uchraydi.
Beshinchi variant: natijalari galdan-galga saqlanadi, moslanish ko`rsatkichlari yomonlashadi. Bunday variant sportchining etarli darajada chiniqmaganligini ifodalaydi.
Takroriy yuklamalar sinamalari trenirovka protsessining to`g’ri uyutirilishini baholashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |