Ayollarning tibbiy nazorati
Ayollar va qizlarni jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishi ular organizmining anatomik – fiziologik xususiyatlarini va onalik biologik funktsiyalarini hisobga olgan holda o`tkazilishi lozim.
Muntazam va to`g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya mashqlari qizlar va ayollarda o`sish va salomatligiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Odatda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadigan ayollarda shug’ullanmaydigan ayollarga nisbatan homiladorlik va tug’ish ancha engil va kam asoratli bo`ladi
Jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullangan onadan tug’ilgan chaqaloq o`z tengdoshlaridan bo`y uzunligi va tana og’irligi ko`rsatkichlari bilan ustunroq turadilar.
Ayollar, erkaklarda qo`llaniladigan kabi tibbiy ko`rikdan o`tishadi. SHu bilan birga qiz va ayollar ginekologik ko`rigidan muntazam ravishda yilda bir marta o`tishlari lozim. Ayrim holatlarda (qorinning pastki qismida, tos sohasida og’riqlarda, hayz ko`rishning buzilishlari va h.k.) yuqumli kasalliklarda, yoki qorin bo`shlig’i yallig’lanish jarayonlari yuz berganda, tug’ishdan keyin, abort, ginekologik kasalliklardan keyin musobaqalarga qatnashish uchun ruxsatnoma olishda qo`shimcha ginekologik ko`rigidan o`tishi lozim.
Jismoniy mashg’ulotlar va sport bilan shug’ullanuvchi qiz va ayollarni hayz ko`rish va kelajakda ona bo`lish xususiyatlariga putur keltirmaslik tibbiy nazoratining asosiy vazifalaridan biridir.
Hayz ko`rish davri qizlarning biologik etilishini isbotlaydi va bu murakkab biologik jarayon 10-13 yoshdan boshlanadi. Sog’lom qiz, ayollar o`zlarini yaxshi his etadilar va hayz ko`rish davrida bemalol mashg’ulotlarda va musobaqalarda qatnashishlari mumkin.
Ayrimlarda hayz ko`rishdan 1-2 kun oldin sog’ligida biroz noxush holatlar paydo bo`lishi mumkin, boshqalarda esa hayz davrida o`ta ta`sirchanlik, diqqat e`tiborini pasayishi, bel qismida yoki qorin sohasida og’riq ish qobilyatini pasayishi bilan kechishi mumkin.
Ayrim holatlarda hayz ko`rish davrida musobaqalarda ishtirok etgan qiz va ayollarning yaxshi sport ko`rsatkichlarni ko`rsatish qobiliyati aniqlangan. Demak, har bir qiz va ayollarni mashg’ulotlar va musobaqaga qatnashishga ruxsat berish masalalari individual ravishda olib borilishi lozim. Hayz ko`rish davrida tanani sovuqlanishdan yoki haddan tashqari issiqdan saqlash lozim (quyosh nurlarining bevosita ta`siri, sovuq suvda cho`milish, sovuq yoki issiq dush qabul qilish man etilgan). Ko`rsatilgan tavsiyalarni bajarilishida ayollarning tug’maslik va hayzdan erta qolish vaziyatga tushishlari mumkinligi aniqlangan.
Homiladorlik holatida sport mashg’ulotlarini bajarish va musobaqalarda qatnashish man etiladi. Bunday holatlarda engil jismoniy mashg’ulotlar tavsiya etiladi. Jismoniy mashg’ulotlar dasturidan kuchli, kuchanish mashg’ulotlar va tanani tebrantirish mashqlari asosan 3-4 haftali homiladorlikda qo`llanilishi man etiladi. Homiladorlikning to`rtinchi oyidan boshlab sport o`yinlari bilan shug’ullanish man etiladi.
Maxsus mashqlar yordamida qorin, orqa, tos osti va qovurg’alararo muskullarini mustahkamlash lozim. Homiladorlikni 7-8 oylarida bachadonni haddan tashqari kattalanishida ko`pchilik mashqlarni yotgan holda bajarilishi tavsiya etiladi. Bunda to`g’ri nafas olishni o`rgatish qorin muskullarini qisqarish va yozilishini o`zlashtirilishi lozim.
Chaqaloq tug’ilgandan so`ng birinchi 4-6 hafta davomida bachadonni qisqartirish va umumiy tetiklantiruvchi mashqlar tavsiya etiladi, 4 oyning boshidan muntazam ravishda asta sekin yuklamani oshirgan holda, jismoniy mashg’ulotlar qo`llaniladi. Bolani emizish davrida jadal sport mashg’ulotlari va musobaqalarda qatnashish man etiladi, chunki bunday holatlar ona sutini sifati va miqdoriga manfiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bolani ko`krakdan ajratishdan 6 oy o`tgandan keyingina jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishiga ruxsat beriladi.
Ayollar organizmi jismoniy rivojlanishi, funktsional holati, jismoniy ish qobiliyati bilan erkaklardan ko`zga ko`rinarli farqlanadi masalan: ayollar yuragini og’irligi erkaklarga nisbatan 10-15% yurak hajmi chiniqqanlarga ko`ra kamroq yurakni urish zarbi tinch holatida erkaklarnikiga nisbatan 10-15 sm3 ga, qon aylanishini daqiqali hajmi – 0,5-0,8 l/daq kamroq bo`ladi.
Maksimal yuklama bajarilishi yurakdan qonni chiqish hajmi erkaklarga qaraganda ayollarda ko`zga ko`rinishi kamroq bo`ladi. Ayollarni YuUS erkaklarga qaraganda tinch holatida daqiqasiga 10-15 taga ko`p bo`ladi. Bular ayollarni yuraktomir tizimini funktsional imkoniyatlarini erkaklarga nisbatan pastligidan dalolat beradi. Tashqi nafas tizimini tekshirishda ayollarda nafas olishni tezligi, nafasning chuqurligi va daqiqali nafas hajmi erkaklarga nisbatan kamligi isbotlangan. O`TS 1000-1500 sm3, MKO` 500-15 ml/daq erkaklarning ko`rsatkichiga qaraganda kamroq bo`ladi. Ayollarda asosan nafas olish ko`krak shakli, erkaklarda – qorin shakli bo`ladi. PWS170, Novakki testlari bo`yicha o`lchangan jismoniy ish qobilyati erkaklarnikidan kamroq.
Jismoniy yuklamalarga ayollarni javob reaktsiyasi ko`zga ko`rinarli YuUS oshishi, QB kam darajada ko`tarilishi va ularni tiklanish davrlarini uzayishi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy sport talablari bo`yicha qizlar va ayollar erkaklar sport turlari bilan ham shug’ullanmoqdalar (futbol, kurashni turlari va hokazo), qiz va ayollarni organizmiga putur keltirmaslik maqsadida bu sport turlariga tanlashda, mashg’ulotlar jarayonida puxta va to`g’ri mashg’ulotlarni uyushtiriliishiga katta ahamiyat berilishi kerak. Sport mashg’ulotlarni dunyo miqyosi ko`lamida va jadalligi kun sari oshib borilishi tufayli ustozlarni asosiy vazifalaridan biri, sportga o`ta sog’lom qizlarni tanlash va mashg’ulotlar jarayonida shug’ullanuvchilarni sog’-salomatligiga, kelajakda ona bo`lish fazilatiga, bolaga salbiy ta`sirot ko`rsatmasligida mashg’ulotlarni zamonaviy talablarga rioya qilib to`g’ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilishi kerak. Afsuski, ayollar sportida nohush hodisalarbiologik etilishining kechikishi, 17 yoshda ham hayz ko`rmaslik, tibbiyxodimlarning ruxsatisiz har xil dori-darmonlarni va doping moddalarni o`zboshimcha ist’emol qilish, ayolni eng muhim ona bo`lish fizilatiga qaytarilmasa putur keltirish mumkin.
Jismoniy tarbiya va sportni sog’lomlashtirish usulida, qo`llanilishi keng tarqalgan. Har bir yoshda salomatlikni saqlash va mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportni qo`llanishining ahamiyati oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |