To‘pni uzatish
To‘pni uzatish asosiy texnik priyom hisoblanadi.Uning yordamida basketbolchilar uzaro harakatlarni bajaradilar.O’yin davomida uzatishning xar xil usullari kullaniladi.O’yin sharoitiga karab uzatishlar turli:dastlabki xolatlardan-bir joyda turib, harakatda, sakrab;xar xil xarakterda –yakin masofaga,uzok masofaga, past va yukori traektoriya bilan;
Yunalishi buyicha-maydon eni, buyi, dioganal’ buylab bajarilishi mumkin.
To‘plarni tezkorlik va aniklik bilan, asosiy yunalishni rakibga sezdirmay uzatish lozim.To‘p uzatishning ikki gruppasi mavjud; ikki kullab uzatish va bir kul bilan uzatish.Ikki kullab kukrakdan va yukoridan to‘p uzatish usullari zamonaviy basketbolda kuprok ishlatiladi.
Kurakdan ikki kullab to‘p uzatish basketbolchilarning yakin va urta masofalardan bajaradigan uzaro harakatlari paytida kullaniladi.Uni bajarish uchun basketbolchi turish xolatida to‘pni kurak oldida tutib turadi.Kullar bukilgan, tirsaklar pastga tushirilgan buladi.Barmoklar keng joylashtirligan, bosh bamoklar bir-birlariga, kolganlari esa yukoriga –oldinga karatilgan bo‘lishi lozim.
To‘pni uzatish kullarning pastga- gavdaga, yukoriga karab dastlabki xolatgacha doira buylab bajariladigan harakati bilan boshlanadi.Shundan sung kullar tez oldinga karab tugrilanadi.Uzatish panjalarining aktiv harakatlari bilan yakunlanadi.To‘pning yunalish tezligini oshirish uchun basketbolchi oyoklarini tugrilanishi yoki kadam kuyishi mumkin.
Yukoridan ikki kullab uzatish buyi baland bulmagan himoyachi aktiv karshilik kursatgan paytlarda kullaniladi.To‘p dastlabki xolatda bukilagan kullar bilan bosh ustida ushlab turiladi.To‘p uzatishning boshlanishida basketbolchi kullarini tirsaklarda bukadi va ularni bir oz orka tomonga olib boradi.Shundan sung kullar tirsaklarda tezlik bilan odinga tugrilanadi va panjalarning odinga-pastga karab keskin harakatlari bilan to‘p kerakli tomonga yuboriladi.
To‘pni bir kullab uzatishlar yelkadan, yukoridan va pastdan bajariladi.Bir kullab yashirin uzatishlar orkadan, pastdan orkaga, yelkaning ustidan, kulning tagidan bajarilishi mumkin.
Yelkadan bir kullab uzatish basketboda asosiy usullardanbo‘lib hisoblanadi.Bu usul xar xil masofalarda basketbolchilarning uzaro xarkatlarida kullaniladi.Bunda to‘pni yaxshi tutib turi shva panjaning harakati hisobiga to‘pning kuldan chikib ketish paytida uning yunalishini uzgartirish mumkin.Basketbolchi to‘pni ung kuli bilan uzatish uchun kulini bukib, to‘pni ung yelkasiga shunday yakinlashtirishi lozimki, bunda uning ung kuli to‘pning orkasidan, chap kuli esa uni old tomonidan tutib turishi va tirsaklar pastga tushirilgan bo‘lishi lozim.Basketbolchi ung kulini tez tugrilay boshlab, chap kulini pastga tushiradi va panjaning keskin harakati Bilan to‘pni kerakli tomonga yuboradi. Uzok masofaga uzatishda to‘p orkaga kuprok olib boriladi.
Yukoridan bir kullab («kryuk» usuli Bilan) uzatsh.Bu usul yakindagi himoyachining yukoriga kutarilgan kullari ustidan to‘p uzatish kerak bulgan paytlarda kullanilgani ma’kul.Basketbolchi ung kul Bilan to‘p uzatish uchun nishonga nisbatan chap yoni Bilan turadi.Kullarini tugrilab pastga tushiradi, to‘pni uzatadigan kulining kaftiga o‘tkazadi, uni yon tomondan doira buylab vertikal xolatgacha kutaradi va panjani keskin bukib, to‘pni sherigiga uzatadi.
Pastdan br kullab uzatish himoyachi to‘pning yukoridan yoki yon tomondan uzatilishiga tuskinlik kilayotgan paytlarda, kupincha to‘pni kuldan-kulga va umuman, yakin masofalarga uzatishda kullaniladi.Bunda basketbolchi kullarini tugrilab, pastga tushiradi va to‘pni ung kuliga o‘tkazadi, sung ung kulni orkada joylashgan oyogi tizzasining orkasiga olib boradi.To‘pni tutib turgan chap kul orkada koladi va bundan keyin to‘p fakat ung kul panjasi Bilan tutib turiladi.Bir vaktning uzida gavdaning ogirligi orkada joylashgan oyokka o‘tkaziladi, gavda xam shu tomonga bir oz buriladi.Shundan sung gavdaning ogirligini oldingi oyokka o‘tkazib yoki oldinga kadam kuyib, ung kulning kayta harakati Bilan to‘p himoyachi kullarining ostidan uzatiladi.To‘p barmoklarining uchidan chikib ketishi kerak.
Yashirin uzatishlar kiska harakat Bilan va to‘pning asosiy harakat yunalishi rakibga sezdirilmay bajariladi.Bu to‘pni olib kuyishni kiyinlashtiradi.
Orkadan bir kullab uzatish to‘pli hujumchi oldindan chikkan himoyachi tomonidan bevosita ta’kib kilnganda kullaniladi.Buning uchun basketbolchi bukilgan kullarini to‘p uzatiladigan tomonning karshisiga olib boradi va to‘p uzatadigan kulini doira buylab harakat kildirib, to‘pni gavdaning orkasiga o‘tkazadi, panjaning keskin harakati Bilan uzatish yakunlanadi.
Pastdan orkaga uzatish xam himoyachi Bilan tuknashilgan paytlarda, leki norka tomondan sherigiga to‘p uzatilganda kullaniladi.Basketbolchi to‘pli kullarini pastga tushiradi vash u vaktning uzida to‘pni uzatadigan kuliga uni ichkariga-orkaga burib o‘tkazadi.Sung to‘pni tutib turgan boshqa kulini sonining oldida koldiradi, bilak va panjaning tez harakati Bilan to‘pni orkaga uzatadi.
Kulning tagidan uzatish yon tomonda yoki orkada uziga yakin masofada turgan basketbolchiga to‘p uzatishda kullaniladi.Buning uchun to‘p uzatadigan kulga o‘tkaziladi va bu kul nishon tomonga to‘psiz kul tagidan kesishib harakat kiladi.To‘p orkaga uzatilgan paytlarda kul aylanma harakat Bilan gavdaning yon tomoniga o‘tkaziladi. Bunday paytda harakat yakunlanishida panjadan tashkari bilak xam bukiladi.
Bir kullab yelkaning ustidan uzatishda basketbolchi to‘pli kulini kafti Bilan yukoriga karatadi va bilagini u yoki bu yelkasi ustida bukib, to‘pni orkadagi sheriklariga uzatadi.
Kurib chikilgan usullardan tashkari, to‘p turli xolatlarda fakat panjaning keskin harakati Bilan xam uzatilish mumkin.Bunday uzatishlar «panjali uzatishlar» deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |