Sport va harakatli 0‘yinlar


BOB OkYIN RAHBARJGA QO‘YILADIGAN TALABIAR



Download 1,28 Mb.
bet28/174
Sana31.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#160626
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   174
Bog'liq
SPORT VA HARAKATLI

BOB

OkYIN RAHBARJGA QO‘YILADIGAN TALABIAR


  1. 0‘qituvchining o‘yinga tayyorlanishi

0‘yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o‘yin ta’lim va tarbiya muvaffaqiyatining muhim shartidir. 0‘qituvchi o'yinni o‘tkazishga tayyorlanishda o!yinga qatnashuvchilarning tarkibini, yosh xusu- siyatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib, darsning asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba’zan yaxshi o‘yin tan!ansa-da, lekin u yomon o'tishi mumkin. Bunday hollar tanlangan o‘yin ishtirokchilarining qiziqishi va havaslariga mos kelmas- ligi natijasida ro‘y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmaydi.

0‘qituvchi o‘yinni tanlashda mashg'ulot qanday shaklda o‘tkazilishini (dars tarzida o‘tkazilsa, o‘yin uning birinchi, ikkinchi yoki yakunlovchi qismida o‘tkaziladi) bilishi kerak. 0‘yin o‘tkaziladigan joy (sport zali yoki maydoncha, koridor va h.k.). ob-havo va harorat hisobga olinishi kerak. Agar o‘yin qishda o‘tka- ziladigan bo‘lsa, o‘quvchilami faollashtiradigan va jismoniy yukla- malami bir tekisda taqsimlaydigan serharakatroq o‘yinlar tanlanishi kerak.




  1. 0‘yinni o'tkazish shart-sharoitlari

  1. Awalo kerakli asbob-uskunalar, masalan, arqondan, jundan, lentadan, rezinadan yasalgan koptokchalar (rezina koptokchalar yuqori haroratda tarangligini yo'qotmasligi uchun salqin joyda saqlanadi), voleybol va basketbol to'plari, irg‘itish uchun uzunligi 1 m tayoqlar, arqon, belbog‘lar, bayroqchalar, taxtachalar, bolg‘a, aptechka va boshqalar, ko‘z og'rig'i kasahdan saqlanish uchun har bir o‘quvchining ko‘z boylagichi bo‘lishi kerak.

  2. 0‘yin o‘tkaziladigan maydoncha, yaylov tekis bolishi, tikan, toshlar, shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, toza tutilishi lozim.


103





  1. Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan paytda maydonchada begona kishilar bolmasligi kerak. Chunki ular bolalaming xayolini bo‘ladi va ulami o‘yindan chalg'itib, ortiqcha harakatlar bo‘lishiga majbur etadi.

  2. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta’minlash, bundan tashqari u yerdagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish zarur.

  3. 0‘yinlami o'tkazishda quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilinishi lozim:

  1. o‘yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlarni qiyinlashtir- maydigan, yengil bo‘lishi kerak;

  2. yozda o'yindan so‘ng yuvinish joyi bo‘lish, o‘yin boshla- nishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.

  1. 0‘yinlar suvda o‘tkazilsa, o'ynovchilar shamollab qolmasligi uchun ulaming suvda boladigan vaqti chegaralanishi kerak.

  1. Yordamchilar tayinlash

0‘qituvchi asbob-uskunalami tarqatish va o'rgatish, o‘yin qoidalarining bajarilishini kuzatish va natijalami hisobga olib borish uchun o‘ziga yordamchilar tanlab olishi mumkin. Yordamchi — o‘yinning bo‘lajak tashkilotchisidir. Yordamchi o‘yin ishtirok- chilariga xolisona munosabatda bo‘lishi kerak. Keng joylarda o‘yna- ladigan o‘yinlami o‘tkazishda shu o‘yinlar bo‘yicha tajriba ort- tirgan o‘quvchilaming o‘qituvchiga yordamchi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Sog‘ligi yaxshi bo‘lmagan vajismoniy tarbiya darsidan ozod etiladigan o‘quvchilami o‘yinda kuchi yetgancha qatnash- tirish uchun ham yordamchi qilib tayinlash mumkin. Ba’zan intizomsizroq yoki haddan tashqari faol bolalaming xulqini yaxshi- lash maqsadida ularni ham o‘qituvchiga yordamchi qilib olish mumkin.

0‘yinni bolalar charchashini kutmasdan, harakatlar ularga qanchalik ta’sir etayotganiga qarab yakunlash lozim. 0‘yinning qancha vaqt davom etishi ishtirokchilarning soni va yoshjga, o‘yin- ning mazmuni va sur’atiga, texnik uskunalaming (asboblaming) miqdori, ob-havo sharoiti va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi.




104





0‘ynovchilaming jo‘shqin holatlariga qarab o‘yinni tartibga solish va boshqarish, uning maqsadi, qoidalari va ahamiyatini bilish kerak. 0‘quvchilaming o‘yin qoidalariga noya qilishi doimo o'qituvchining diqqat markazida bo‘lishi lozim. Chunki o‘yin qoidalariga rioya qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. 0‘qi- tuvchi odilona hakamlik namunasini ko‘rsatishi, o'ynovchilarning xatolarini shoshilmasdan va mulohazakorlik bilan qayd qilib borishi va har bir o‘yinchini umumiy qoidalarga bo‘ysunishiga majbur qilishi kerak.

0‘yinda ayniqsa, guruhli o‘yinlarda, sharoitni barcha ishtirokchilar uchun bir xil bo‘lishini sezgirlik bilan kuzatib borish zarur. Har bir bolaga o'yindagi bosh rolda o‘z o‘quvi va bilimlarini aniqlash imkonini berish maqsadida onaboshilaming almashinuvini belgilab qo‘yish tavsiya etiladi. 0‘yin muvaffaqiyatli o‘tishining eng muhim sharti — intizom va unga qat’iy amal qilinishi bilan bog‘liqdir.




  1. 0‘yinga rahbarlik qilish

0‘yinni o‘rganish va o‘yin paytida bolalar o‘zlarini qanday tutishlari ko‘proq rahbarga bogliqdir. 0‘yin shartli ishora (buyu- rish, xushtak yoki qarsak chalish, qo‘l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. 0‘qituvchi barcha ishtirokchilar o‘yin mazmunini tushunib olganiga va qulayroq joyga joylashib olganiga qanoat hosil qilganidan keyin o‘yinni boshlaydi. Shartli chegaralar oldin- dan belgilab qo‘yilishi, o‘yin uchun zarur anjomlar o‘yin qoidalariga muvofiq bo‘hb berilgan va joy-joviga qo'yilgan bo‘hshi lozim. Rahbar o‘yin boshlanishi bilanoq uning borishini va 0‘ynov- chilaming harakatlarini diqqat bilan kuzatadi hamda boshqarib boradi.

Bundan tashqari o‘yin davomida ayrim qoida va usullami qo‘shimcha ravishda tushuntiradi. Tuzatish, tanbeh va muloha- zalami o'yinning borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni to‘xtatib qo‘ymaydigan yo‘sinda aytish lozim. Agar o‘yinchilaming ko‘pchi- ligi bir xil xatoga yo‘l qo‘yayotgan bo'lsa, tegishli yo‘l-yo‘riq berish yoki o‘yin qoidalari qanday bajarilishini ko‘rsatish uchun o‘yinni




105

to‘xtatish mumkin. Lekin uni baqirish yoki keskin ishora bilan to‘xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi bolalami «Diqqat!» degan shartli ishora yoki hushtak chalish bilan to'xtashga o£rgatish lozim.

0‘qituvchi bolalami o‘yin qoidalarini ongli va aniq bajarishga odatlantirisbi kerak. Bu odat ulami intizomga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarda o‘z burchini sezish va o‘z xatti- harakatlari uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, o'zini tuta bilish va matonatlilikni o‘stirishda yordam beradi.

0‘qituvchining vazifasi — o‘quvchilardan o£yin qoidalarini aniq bajarishni talab qilishdir. Ammo u bolalar o‘yinni yomon o£zlash- tirayotgani uchun ulami o‘yindan chetlashtirmasligi darkor.

0‘ynovchilar yo‘l qo‘yadigan xatolar va qo‘polliklaming oldini olishga alohida ahamiyat bilan qarash lozim. Qo£pollik qilgan o‘yinchini albatta jazolash kerak. Bunday hollarda ba’zi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash, ya’ni vaqtincha o‘yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolari berish mumkin.

0‘yinga rahbarlik qilishda o'quvchilarni faqat erishiladigan natijalarga qiziqtirish bilan cheklanmaslik, balki ularda o‘yin jarayonining o'zidan zavq-shavq hosil qilishga, lazzatlanish hissini vujudga keltirishga ham jiddiy e’tibor berish lozim.

Ayniqsa, uncha faollik ko‘rsatmaydigan o£yinchilarning tashab- busini qo'llab-quwatlash, rag'batlantirish va bu bilan ularda o'z kuchlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi.

0‘ynovchilar o‘rtasida o‘rtoqlarcha, to£g£ri munosabat o£r- natishga harakat qilish, g‘oliblaming kekkayib ketishlari va yutqaz- ganlaming o£yindan sovishlariga yo£l qo£ymaslik kerak.

A.S. Makarenkoning o£g£il yoki qiz bolani o£zining shaxsiy muvaffaqiyati bilangina emas, balki xususan o£z jamoasi yoki tash- kilotining muvaffaqiyatlari bilan ham faxrlanish mhida tarbiyalash zarurligi haqida aytgan gaplarini hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tibomi tarbiyalash, ularga uyushqoqlik, mashq qilish va jamoada intizom bo'lishining ahamiyatini tushun- tirish zamr. Nihoyat, bolalarning o‘z muvaffaqiyatlari va mag£- lubiyatlariga jiddiy munosabatda bo£lishiga erishish kerak.


106

O'quvchilar o‘ymni yaxshilab o‘zlashtirib olishlari uchun uni bir necha marta qaytarish, bunda ular o‘yindan qanchalik mamnun bo‘lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak.




  1. 0‘yindagi intizomlilik

0‘yindagi intizomlilik o‘quvchi o‘yinning barcha tartib- qoidalarini, o‘z zimmasiga yuklangan hamma vazifalami ongli va vijdonan bajarishini bildiradi. Bunday o‘yinchi maqsadga erishish uchun o‘z jamoasi bilan birgalikda harakat qiladi. Ongli intizom o'yinni yaxshiroq o'zlashtirishga, o‘yinchilar kayfiyatining yaxshi- lanishiga yordam beradi. Buning natijasida mashg‘ulotlar qiziqarli va samarali o‘tadi.

0‘quvchilami o‘yinda o‘z xatti-harakatlariga tanqidiy munosa- batda bolish, bir-birlariga beg‘araz yordam berish ruhida tarbiya- lash bilan ana shunday intizomga erishish mumkin. Ba’zan o‘qi- tuvchi o‘yinni mantiqan to‘g‘ri va aniq tushuntirib bera olmagani sababli, o‘yin intizomi buziladi. 0‘quvchilar o‘yhi mazmunini yetarh darajada anglab olmagani, tushunmagani uchun ham qoida- lami buzadilar, o‘zaro bahslashadilar. 0‘yinda har xil xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar va bir-birlariga qo‘pollik qiladilar. Rahbar bu xato- lami o'quvchilarga yana bir marta o'yinni tushuntirish bilan oson- gina tuzatishi mumkin.

Bolalarning o‘yin paytidagi intizomi o‘yinga to‘g‘ri rahbarlik qilishga ham bog‘hq bo‘ladi. Shuning uchun intizom buzilganda o‘qituvchi buning sababini birinchi galda o‘yinga rahbarlik qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolardan qidirishi lozim.


  1. Hakamlik qilish

Har bir o‘yin obyektiv va odilona
hakamlikni talab qiladi. Agar belgilangan qoidalaming bajarihshini diqqat bilan jiddiy kuza- tilmasa, o‘yin o‘zining ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yo‘qotadi. Hakamlikni ko‘pincha o‘yin rahbarining o‘zi bajaradi. Ammo bu ishni o‘ynovchilardan birortasi (bolalarning o‘zlari saylagan yoki


107





o£qituvchi tayinlagan o£quvchi) bajargani ma’qulroq. Bu tadbir bolalarda tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda yordam beradi. Agar o£yinda bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o‘zining fikr-mulohazalarini o‘ynovchilarga hakamlik vazifasini bajarayotgan o‘quvchi orqali aytadi.

Rahbar — hakam o‘yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va imkoni boricha har bir o‘yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o£yinning natijasiga obyektiv baho berish mum- kin. Shuni unutmaslik kerakki, xolis turmagan hakamga o‘ynov- chilar ishonmay, u bilan hisoblashmay qo£yadilar. Bunday hakam- ning obro‘si qolmaydi.

Rahbar — hakam jamoalarning kuchi va ulardagi o‘yinchilar soni teng bo‘lishini, shuningdek, ishtirokchilar uchun bir xil sha- roit yaratilishini, ya’ni ular o‘ynaladigan joy, asbob-uskunalar va boshqalar bilan bir xil ta’minlanishini hisobga olishi lozim.

Hakam o‘yinda qo‘polliklarga yo£l qo‘ymasligi, o‘yin usul- larining to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turishi, o'yindagi harakatlami takomillashtirishga va chaqqonlikni orttirishga e’tibor berishi kerak. Hakam o£yin jarayonida tarbiyachi rolini ham bajarishi, bolalarga kelgusida zarur bo‘ladigan xislatlar va malakalami shakllantirishi hamda mustahkamlashi kerak.



  1. 0‘yin harakatlarini me’yorlash

O'yinda bajariladigan harakatlami to‘g‘ri me’yorlash o‘qituv- chining muhim vazifasidir. 0‘yinni o'tkazishga kirishishdan oldin qilinadigan ishning rejasi va o‘ynovchilaming kayfiyatini hisobga olish lozim.

Agar o‘yin jismoniy yoki aqliy kuch sarflangan darslardan (nazorat ishini yozish yoki shu kabi boshqa mashg£ulotlardan) keyin o'tkaziladigan bo£lsa, o£ynovchilar kamroq yoki o£rtacha shiddatga ega o£yinlami tanlashi kerak.

Mashg£ulot paytida o‘yinlarning tezligi — umumiy harakat- chanligini hisobga ohb, ulami o£zaro navbatlashtirib turish lozim. Masalan, hamma ishtirokchilar bir vaqtda yuguradigan o£yindan keyin to‘p irg'itiladigan o£yinni o£tkazish foydalidir.


108





0‘yin sur’atini pasaytirish, ya’ni o‘yindagi harakat tezligini kamaytirish o‘yindagi harakatlami muayyan me’yorda olib borish o‘yinni boshqarish usullaridan bin hisoblanadi. 0‘yinda bolalar jismoniy mashqlami bajarishda qattiq hayajonlanib ketadilar. Shu- ning uchun o‘qituvchi ulaming kayfiyatiga qarab ish tutmasligi: o‘quvchilaming yosh xususiyatlarini, tayyorgarligi va salomatligini ham hisobga olishi shart.

0‘qituvchi onaboshilaming holati va harakatlarini alohida kuzatib borishi, shifokoming har bir o‘quvchi haqidagi ma’lumot- larini ham unutmasligi lozim. Qilinadigan harakatlaming muayyan me’yori o‘yin o‘tkaziladigan sharoitlami hisobga ohb, uni o‘tkazish metodikasi bilan belgñanadi.



  1. O‘yin natijalarini yakunlash

O'yinni besabab cho'zib yuborish mumkin emasligi kabi uni belgilangan vaqtdan oldin tamomlash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Rahbar o‘yinni bolalar bir necha marta takrorlagach yoki o‘yin boshlanganidan ma’lum vaqt o‘tgachgina to‘xtatishi mumkin.

0‘yin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. 0‘qituvchi o‘yin tugagach ayrim o‘quvchilarning harakatlarini va umuman o‘tkazilgan o‘yinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi. Bunda yaxshi o‘ynagan va o‘yin qoidalariga rioya qilgan bolalami alohida ta’kidlash zarur.

0‘yinni tahlil qihsh uning qoidalarini yaxshiroq o‘zlashtirishga va o‘yin jarayonidagi kelishmovchiliklami bartaraf qilishga yordam beradi, shuningdek, o‘qituvchiga bolalar o‘yinni qanday o'zlashtirganini, ularga nimalar ma’qul bo‘lganini va kelgusidagi ishlami aniqlash imkonini beradi.

Harakatli o‘yinlar uchun kundalik ish daftarchasi tutish foyda- lidir. 0‘qituvchi bu daftarchaga o‘yinlami kuzatishda o'yinchilar haqidagi ma’lumotlami yozib boradi va shu yozuvlar orqali ulaming xatolari va muvaffaqiyatlarini tahlil qiladi. Bu ish o‘yinlarga o‘iga- tish metodikasini yaxshilash va uni sharoitlarga qarab o‘zgartirish imkonini beradi.





Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish