Sport va harakatli 0‘yinlar


6.23. «Chavando/» yoki «Kichik uloq»



Download 1,28 Mb.
bet130/174
Sana31.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#160626
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174
Bog'liq
SPORT VA HARAKATLI

249



6.23. «Chavando/» yoki «Kichik uloq»


0‘yinga tayyorlanish. 0‘yinning bu turi ko‘kalamzor may- donda yoki sport zalida o‘tkaziladi. 0‘yinda faqat o‘g‘il bolalar ishtirok etishlari mumkin. Ular soniga, jismoniy baquwatligiga qarab kamida to‘rt kishidan tashkil topgan ikki jamoaga bo'linadi. Maydonning bir chetiga 1,5 m doira chiziladi. Bu doira marra deb atalib, «uloqni» tashlash uchun belgilanadi. O‘yin uchun oddiy qo‘y yoki echki terisidan bo‘yiga 40 sm, eniga 15—20 sm bo‘lgan bolishcha «uloq» tikiladi. Teri topilmagan holatda matodan yoki eski ko‘rpachadan yasasa ham bo‘ladi.

O yin tavsifi. 0‘yin boshlashdan oldin jamoalar ¡maydon chetida saflanib turadilar, hakam yoki o‘qituvchining hushtagi chalinishi bilan «uloq» maydon o‘rtasiga tashlanadi. 0‘yinchilar kelishib, bir-birlarining orqasiga opichib olishadi va maydonga qarab «uloq»ni olish uchun yuguradilar. Haqiqiy kurash-tortishuv may- donda bo‘lib, qaysi bir «chavandoz» birinchi bo‘lib «uloq»ni mar- raga, ya’ni doirachaga olib kelib tashlasa, o‘sha jamoa g‘olib deb hisoblanadi. 0‘yin davom etadi, bu gal ham o‘yin hakamning boshlashiga binoan ko‘rsatilgan tartibda o‘tadi. 0‘yin tugallan- gandan so‘ng o‘yinchilar ichida ildam, chaqqon va kucbli «chavan- doz»lar aniqlanib, g‘oliblar rag'batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanishi lozim.

Oyinning pedagogik ahamiyati. 0‘yin o‘ynovchilarda sezgir- likni, tez harakat qilishni, tezkorlikni, chaqqonlikni, kuchni tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, o‘yin harakatning o‘zaro mosligini, har bir o‘yin qatnashchisi jamoa oldiga qo'ygan vazifani bajarish hissiyotini rivojlantiradi. 0‘yinda o‘ziga xos harakat tez yugurish va uloqni tezda olishdir.

6.24. «Karvon» o‘yini

Oyinga tayyorlanish. 0‘yin bolalarning og‘zaki nutqi, topqirligi, diqqati, tezkorligi va chaqqonlik sifatlarini tarbiyalaydi. 0‘yin shartiga ko‘ra o‘yinboshi, ya’ni «karvonboshi» hamda «qaroqchi» belgilanadi. Diametri 15 m bo‘lgan doira chiziladi.


250



O ‘yin tavsifl. 0‘ynovchilar bir qatorga turib, oldinga turganning belidan qo‘l bilan ushlaydilar. Ular doira bo‘ylab keng qadamlar bilan yugurib, tuya kabi harakatlanishi kerak. 0‘ynovchilardan bin doiraning bir chetida joylashib oladi, ya’ni u yoldan o‘tayotgan karvonni talab, «qaroqchilik» qiladi.


  • Qaroqchi so‘raydi: — Karvon qayoqqa boryapti?

  • «Hindistonga», ey hurmatli zot, — deb javob beradi kar- vonboshi.

  • Sizlar, do'stlar uchun nima olib kelasizlar? — deydi qaroqchi.

  • Buyuring, oliy hazratlari — deydi karvonboshi.

Qaroqchi 5—8 ta buyumning nomini aytadi.

Karvon olg‘a qarab ketaveradi. Doira bo‘ylab aylanib kelgan karvon yana qaroqchining oldidan o‘tadi. Qaroqchi karvonboshidan so‘raydi. Sen menga nima olib kelishing kerak edi? Qaroqchi qanday buyurtma bergan bolsa, karvonboshi hammasini tak- rorlashi kerak. Agar biror narsani esidan chiqargan bolsa, qaroqchi butun karvonni asirga oladi va navbat bilan biron narsa olib ke- üshiga majburlaydi.

Mabodo karvonboshi hech narsani esidan chiqarmasdan tak- rorlasa undan qarovchi so'raydi: «Qani mening buyumlarim?» Karvonboshi o‘yinchilardan birini ko‘rsatib «Navbatdagi sandiqda» — deydi. Ko‘rsatilgan o‘ynovchi esa «Amudaryoni kechib olayotganimizda sizning buyurtmangizni yo‘qotdik» deyishi bilan karvon tarqalib qochadi. Qaroqchi ulardan birini tutishi kerak.

O yin qoidasi. 1. Har bir buyurtma ravon, chiroyli talaffuz etilishi lozim. 2. Qaroqchi o‘ynovchilami doiradan chiqquncha ushlashi mumkin. 3. 0‘ynovchilar doira ichidan tez chiqib qaroq- chiga tutqich bermasalar karvon qutqarilgan hisoblanadi.

O'yinning pedagogik ahamiyati. 0‘yin bolalarda topqirlik. nutqi ravon bo lishi, diqqat-e’tiborini tarbiyalashga yordam beradi. 0‘yin chaqqonlik, tezkorhk, chidamlilik, kuchni rivojlan- tiradi.

0‘yinning o‘ziga xos harakati tez yugurish, chap berishdir.





Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish