4. XULOSA
Binobarin, hayotning har bir davri o'ziga xos go'zallikka ega. Shu m a’noda sportchi talabalik yillarida puxta bilim olishi, umuminsoniy xislatlarni o'zida shakllantirishi, ijtimoiy hayotda faol bo'lishi hamda qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan shaxs bo'lib yetishishi uchun o'z xarakterini toblab borishi lozim. Buning uchun sportchi o'zida quyidagi xarakter xislatlarni shakllantirishga erishmog'i shart: l)hayotning hamma sohalarida sermahsul ruhiy faollik holatini vujudga keltirishga odatlanishi; 2) yaxshi xulq, ijodiy bilim va sportchilar uchun zarur xislatlarni egallashi; 3) hayotda qiyin va murakkab sharoitlarga duch kelganida yoki muammoli masalalami hat etishda, о ‘z maqsadiga erishishda vijdonli bo ‘lishi hamda aniq va to'g'ri yo'lni tan lay bilishi. Ba’zi bir sportchilar o'zining xarakteriga mos sport turini tanlashda xatolikka yo'l qo'yadi. Masalan, agar talabalarda insonparvarlik histuyg'ulari yaxshi rivojlangan bo'lsa, sportning tajovuzkor harakat qiladigan turlari bilan shug'ullanmagani maqsadga muvofiq. Lekin sportning ayrim turlari uchun tajovuzkorlik juda zarur. Busiz sportda g'alabaga erishish juda qiyin kechadi. Ba’zi bir sportchilar yuqori jism oniy tayyorgarlikka ega b o ‘lsalar-da, sport m usobaqalarida tajovuzkor harakatlar ko'rsata olishmaydi. Lekin shu jamoadagi do'sti o'rtacha jismoniy tayyorgarligi bilan musobaqada tajovuzkor harakatlar yordamida yuqori natijalarga erisha oladi. Shuningdek, ba’zi sportchilar o'qish va mashqlar jarayonida kattalar va murabbiylar tomonidan yetarli tarbiya olmaganligi sababli ulardagi vijdonsizlik va beodoblik sifatlari tez rivojlanadi. Yoki sportchi yoshining o'tishi va sportda ketma-ket mag'lubiyatlarga uchrayverishi natijasida oxiri sport bilan tamoman xayrlashadi. Biroq shundan keyin ham o'zining tajovuzkorlik harakatlarini to'xtata olmaganidan sportchi ruhiy qiyinchiliklarga ko'p uchraydi. U o'zining xulq-atvorini o'zgartira olmaganidan, boshqa odamlardek osoyishta hayot kechira olmay juda qiynaladi. Shuning uchun murabbiy sportchilarni tajovuzkorlik harakatlarini faqat raqibga qarshi sport musobaqasi qoidalari asosida qo'llashga odatlantirishi lozim. Fransuz faylasufi K.A. Gelvesiy aql, yetuk iste’dod, zo'r talant, yaxshi fazilat, yaxshi xislat faqat tarbiya natijasi deb qaragan. Buning uchun ta’lim-tarbiya va sport muassasasi rahbarlari hamda murabbiylar sportchilar yashayotgan ijtimoiy muhitni va sport mashg'uloti jara- yonini yanada go‘zalroq qilishi, sportchilarni odamlarni ehtiyot qilish va sevishga odatlantirishi, ularning aqliy va ma’naviy his-tuyg‘ularini yanada o‘stirishi, sportchilarda keng qamrovli dunyoqarashni tarkib toptirishi, ularni insondagi go'zallikni his qilish kabi fazilatlarga ega bo'lishga odatlantirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |