Sport psixologiya


SPORT JAMOALARIDAGI 0‘ZAR0 MUNOSABATLARNI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH



Download 168,5 Kb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi168,5 Kb.
#228294
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Психик холат

3.3. SPORT JAMOALARIDAGI 0‘ZAR0 MUNOSABATLARNI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH

O'zbekistonda sport jamoalari, klublari, kollej va sport maktablariga bolalar va o'smirlarni jalb qilish, ularni sport mashg'uloti va musobaqalarga jismoniy va psixologik jihatdan tayyorlash uchun tegishli imkoniyatlar yaratilmoqda. Respublikamizda an’anaviy tarzda «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» kabi musobaqalarning o'tkazilishi yoshlarni sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Qaysi bir sportchi yo'nalishi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga erishgan bo'lsa rivojlangan mamlakatlar sportchilari bilan o'zaro munosabatda bo'lishlari uchun ko'pgina im koniyatlar yaratilmoqda. Shuningdek, davlat tom onidan sport jam oalariga, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish va boshqa maqsadlarga aniq moddiy mablag', sport anjomlari ajratilmoqda, barcha qulayliklarga ega sport inshootlari qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Sportchilarimiz jahon va olimpiada o'yinlarida ishtirok etishmoqda. Sportchilarim izning Osiyo va xalqaro musobaqalarda nufuzli o'rinlarni egallashlcfrida «Sport psixologiyasi» fanining alohida o'rni bor. Chunki sport jamoalari g'alabasini ta’minlashda bu fanning nazariy va amaliy asoslarini chuqur o'zlashtirib olgan murabbiylar qatori jamoa psixologlari ham aniq m aqsadga qaratilgan ishlarni am alga oshirmoqdalar. Ular jam oada sportchilarni g'alabaga undaydigan m a’naviy-ruhiy sifatlarni rivojlantirish, o'zaro munosabatlarda yagona maqsad yo'lida birlashish, buning uchun xalaqit beradigan salbiy hissiyotlarni bartaraf etish borasida ilmiy izlanishlar, amaliy ishlar olib bormoqdalar. Sport jamoalaridagi o'zaro munosabatlaming mazmuni, sharoiti va ta’sirini o'rganish hamda natijalarini tahlil qilish jamoadagi psixologik muhitni yaxshi yo'lga qo'yishda, sportchilar ma’naviy-ruhiy sifatlarini kamol toptirishda muhim omil hisoblanadi. Bu esa jamoa uchun katta muvaffaqiyatlar keltiradi. Biroq keyingi yillarda guruhlarda o'zaro munosabatlar va ularning bir-biriga bo'lgan ta’siri, «liderlik»1 muammolari o'rganilayotgan; ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-om m abop risolalar, maqolalar yozilayotgan bo‘lsa-da, bulaming ko'pchiligi ishchilar jamoasi, xalq ta’limi tizimi va harbiy bo'linmalardagi zobit * Lider - inglizcha so'z bo'lib, sport musobaqalarida oldinda boruvchi sportchi; yetakchi, peshqadam degan ma’nolarni bildiradi. Liderlik (bu o'rinda) yetakchilik, peshqadamlik demakdir. va askarlar orasidagi munosabatlarni o'rganishga qaratilgan, sport jamoalaridagi o'zaro munosabatlaming psixologik tahlili yetarli darajada o'rganilmagan. Sport jamoalarini har xil maqsadlar yuzasidan o'rganish mumkin. Sport jamoasi a ’zolari aniq tartib va intizom doirasida birlashgan, shakllangan bo'ladilar hamda o'zlarini guruhda teng huquqli munosabat yurituvchi shaxs sifatida namoyon qilishga harakat qiladilar. Yana shuni hisobga olish kerakki, mahallada zarurat yuzasidan tuzilgan jamoaga nisbatan maktab jamoasining tuzilmasi mustahkam bo'ladi. Sport jamoasiga qaraganda professional jamoa yana ham mustahkamroq birlashgan bo'ladi. Bu holatni quyidagicha izohlash mumkin: 1) sport guruhlari psixologik yaqinligi, ma’naviy va ruhiy jihatdan birdamligi, maqsadga, ya’ni g'alabaga intiluvchanligi bilan farqlanadi; 2) sport jamoalaridagi guruhlar son jihatidan turlicha bo'lib, qiyinchiliklarni yengishda chidam bilan harakat qiladi. Masalan, xokkey, suv polasi, basketbol va futbol jamoalarida maydonda 5 tadan 11 tagacha o'yinchi qatnashadi; 3) jamoadagi sporchilarning umumiy maqsadi aniq belgilangan bo'lib, bu maqsad murabbiy va sportchilaming bor kuch va m ahoratini safarbar etishni taqozo pi lad i. Jam oadagi sportchilaming umumiy maqsadi esa yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo'ladi. Biroq mustahkam birlashmagan ayrim jamoa sportchilari ichki nizolar bois, musobaqalarda mag'lubiyat alamini totishadi; 4) sportchilaming jamoa manfaatlari uchun birlashishi sport jamoasining yuqori darajada rivojlangan shakli hisoblanadi. Sport jamoalarida sportchilaming ma’naviy-ruhiy sifatlarini quyidagi omillar belgilaydi: —jamoadoshlarning o'zlari tanlagan sport turiga tnehr qo'y ishi, umumiy maqsadga intiluvchanligi, та Уфу-mafkuraviy bilimdon ligi; — jamoaning umumiy maqsad yo'lida birlashishi, jamoaning yutuq va maqsadlarini to'g'ri tahlil etish, tushunish; — jamoani qiyin sharoitlardan olib chiqa bilish. O'zbekiston sport jamoalari musobaqalarga ham jismoniy, ham ma’naviy-ruhiy jihatdan puxta tayyorgarlik ko'rganligi bois, Jahon, Osiyo chempionatlari va Olimpiada o'yinlarida faol qatnashib kelmoqdalar. Masalan, 2004-yil Gretsiya poytaxti Afinada o'tkazilgan olimpiada o'yinida ishtirok etib, 2 ta oltin, 4 ta kumush medalni qo'lga kiritdilar. Olimpiada o'yinlarida jahonning ko'plab davlatlari sporchilari o'z mamlakatlari sharafini himoya qilish maqsadida kurash gilamiga chiqdilar. Bu musobaqalarda o'zbekistonlik polvonlar ham faxrli o'rinlarni qoMga kiritdilar. Qisqa 12 yil ichida O'zbekistondan juda ko‘p mahoratli sportchilar yetishib chiqdi. Bu, albatta, o 'z-o‘zidan boMgan emas, buning zaminida o‘zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti, yuqori darajadagi madaniyati, kuragi yerga tegmagan pahlavonlari tajribasi va chuqur tomir otgan milliy an’analarining ta’siri bor. Tabiiyki, sportchi o'qish va mashqlar, musobaqaga tayyorgarlik davomida o'z faoliyati to'g'risida mustaqil fikr yuritishga odatlanadi. Shu tarzda ularda musobaqada ishtirok etish davriga qadar o'ziga xos alohida xarakter sifatlari tarkib topadi. Sportchida kekkayish, o'zini raqibidan ustun qo'yish, maqtanchoqlik kabi salbiy harakatlaming oldini olish; ularda sport etikasiga rioya qilish, maqsadga intiluvchanlik, irodani chiniqtirish, bardoshlilik kabi sifatlarni rivojlantirish; jipslashgan, mustahkam birlashgan jamoadagi har bir sportchining o'z fikriga ega bo'lishi barobarida boshqalam ing fikriga e ’tiborli bo'lish kabi umuminsoniy hamda shaxsiy irodaviy sifatlarni yanada takomillashtirish sport jamoalari va jamoalarida yanada samaraliroq amalga oshiriladi. Biroq ba’zi jam oalarda ayrim sportchilar hayotiy tajribalarining yetishmasligi natijasida qo'pol, noxush holatlarni vujudga keltiradilar: arzimagan ko'ngilsizlik bois oddiy axloq-odob qoidalariga rioya qilmay, tomoshabinlar yoki raqibiga nisbatan hurmatsizlik qiladi; arzimagan ishdan tez jahli chiqib, qo'pol gapiradi; ayrim sportchilar esa mashg'ulotlarga befarq qarashadi, o'z faoliyatini va xatti-harakatini nazorat qilishda mas’uliyatsizlik qiladi, murabbiyning maslahat va nasihatlarini nazar-pisand qilmaydi. Sportchilar xulq-atvoridagi bu kabi salbiy jihatlar sport to'garaklarida yoki sport jamoalarida shakllangan bo'lishi ham mumkin. Demak, sport jamoalarida sportchilarga faqat bir tomonlama tarbiya bermasligimiz lozim. Ba’zi bir murabbiylar qaysi bir sportchi musobaqada ketma-ket mag'lubiyatga uchrasa, unga kamroq e’tibor beradigan bo'ladi. Oqibatda sportchida murabbiyga, jamoasiga, tengdoshlariga ishonchsizlik paydo bo'ladi. Bu ishonchsizlik natijasida sportchi o'zini kamsitilgan his etadi va unda salbiy sifatlar yanada rivojlana boshlaydi. Shuning uchun murabbiy har bir shogirdiga shaxs sifatida qarashi lozim. Agar murabbiy sportchilardagi kamchiliklarni tuzatishda yordam bermasa, ulaiga o'z farzandidek qaramasa, qiyin sharoitlardan chiqib ketishda yordam berish usullarini bilmasa, jamoada noxush holatlar paydo bo'lib, jamoa o'z oldiga qo'ygan vazifani bajara olmay qoladi. Bunday murabbiylar haqiqiy tarbiyachi bo'la olmaydi.


Download 168,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish