3. ASOSIY QISM. SPORTCHILARDA MILLIY MAFKURAVIY BILIM VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH.
0 ‘zbekiston hududida yashagan xalqlar qadim zamonlardayoq yoshlarning ruhiy, aqliy, axloqiy va jismoniy madaniyatiga alohida e’tibor berishgan. Ular farzandlariga bolalik chog‘laridayoq jismoniy tarbiyaning kurash, o‘q-yoy otish, chavandozlik singari mashq turlarini muntazam ravishda o‘rgatib kelishgan. Grek tarixchisi Gerodot (eramizdan avvalgi 484—425-yillar) xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: «Saklar... dunyodagi barcha merganlar orasida o‘qni zoye ketkazmaydigan juda mohir merganlarsifatida shuhrat qozongan edi»1. Saklar va xorazmliklarning ayollari ham harbiy yurishlar va janglarda qatnashar, mardlik va matonatda erkak jangchilardan qolishmas edilar. Eramizdan oldingi 1 asrda yashagan grek tarixchisi Diodor ular haqida bunday deb yozgan edi: «Umuman, bu qabilaning ayollari mard bo'ladilar va urush xatarlarini erkaklar bilan birga baham ko‘radilar»2. Rim yozuvchisi Kliment Aleksandriyskiy (eramizdan avvalgi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: «Sak ayollari ayyorlik bilan qochib ketaturib, ot ustida xuddi erkaklarday orqaga burilib o‘q uzar edilar»3. 0 ‘zbek xalqi jismoniy madaniyatining ildizlari uzoq o'tmishga tutashadi. Bizning xalqimiz o'zining butun hayoti davomida ezgulikka intilib kelishgan. Ezgulik yo‘lidagi orzularining amalga oshmog‘i uchun kurashga bel bog'lagan jasur ayollarimiz xalq yaratgan badiiy tafakkur duidoHalaiiiiing asosiy qahramonlaridir. Bu obrazlar xalq og‘zaki ijodi asarlari (qo'shiqlar, dostonlar, qissalar) orqali ham zamondan zamonga, avloddan avlodga o‘tib kelgan. Ular shu sababli odamlar ruhiy hayotining yashirin tomonlarini o'rgana boshlaganlar: sog‘lik va kasallik to‘g‘risidagi umumiy bog'lanishlarni, tana bilan ruhning aloqa yo'llarini izlaganlar. 0 ‘sha davrda inson asab tizimi va miyasining vazifalari haqida noma’lum bo'lgan jihatlarni o'rganishga qiziqish o‘sa borgan. Tarixiy voqealar asosida yaratilgan, qadimgi Yunon tarixchilarining asarlari orqali yetib kelgan. «Zariadr va Odatida», «To'maris», «Shi1 Ismoilov R., Sholomiskiy Yu. 0 ‘zbekistonda fizkultura tarixi. — Toshkent: O'qituvchi, 1969, 9-bet. 2 0 ‘sha adabiyot, 9-bet. 1 0 ‘sha adabiyot, 10-bet. roq» kabi qissalarida ham inson qalbini tug'yonga keltiradigan o ‘ta kuchli ruhiy holatlarning tasviri berilgan. Xorazm va Farg'ona hududlarida otda uzoq masofaga yurish ko'nikmalarini tarbiyalash maqsadida o'tkaziladigan ot poygasi oldidan, shuningdek, Navro‘z va boshqa xalq bayramlarida uyushtiriladigan kurash va yakka olishuvlardan awal maxsus psixologik tayyorgarlik ko‘rilgan. Bunday psixologik tadbirlar polvonda o ‘z kuchiga to‘la ishonch hosil qilishda, Vatanga bo'lgan muhabbat hissini yanada oshirishda muhim o'rin tutgan. O'sha davrlarda jangchilarning ko'ngil ochish va kayfiyatini ko'tarish vositalaridan biri «chavgon» o'yini bo'lgan. Jangchilarning jismoniy va ruhiy sifatlarini o'stirish maqsadida yirtqich parrandalar yordamida ov qilish kabi musobaqalar o'tkazilgan. Shuning ushun ham o'zbeklar va ularning ota-bobolari qadim zamonlardanoq ruhan va jismonan baquwat, chidamli, mard va matonatli kishilar sifatida tanilganlar. Xalq pahlavonlari haqida qanchadan qancha afsona va qo'shiqlar to'qilgan. Masalan, Alpomish dostonida o'zbek xalqi hayotidagi uzoq o'tmish voqealari aks ettirilgan. Asar qahramoni Alpomish, uning do'sti Qorajon, o'zbek qizi go'zal Barchinoylarning ko'plab ijobiy fazilatlari qatori ularning kuch-quwati, aqlan barkamolligi, pahlavonligi, jismoniy va ruhiy mukammalligi ham o'z ifodasini topgan. Xalqimiz qadimdan yosh avlod tarbiyasida «Sog'lom tanda — sog‘ aql» tamoyiliga asoslanib, ulami ruhan faol, axloqli va ma’naviy yuksak, ishchan qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berib kelishgan. Jumladan, Pahlavon Mahmudning ichki ruhiy-ma’naviy barkamolligi uning jismoniy qudrati, iste’dodi va tafakkurida ko'rinib turadi. Pahlavon Mahmud jismoniy jihatdan juda baquwat pahlavon bo'lishi bilan birga o'z xalqini juda sevgan. Qadim Xorazmning bu zabardast, kuragi yerga tegmagan pahlavoni nafaqat mamlakatda, balki qo'shni davlatlarda, jumladan, Hindistonda ham mashhur bo'lgan. Xorazm asirlarini ozod qilishi, Vatan uchun kurashda jon fido qilishi Pahlavon Mahmudning ichki ruhiyati va ma’naviy dunyoqarashining naqadar kuchli ekanligidan dalolat beradi. Demak, bu ulug' inson o'z ruhiyati va jismida yashirinib yotgan ichki imkoniyatlardan to'la foydalanish xususiyatiga ham ega bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |