Ikkinchi (o’rta) zona – orqa. To’g’ri qomat va mushak tarangligi hissi, eng avvalo, orqadan boshlanadigan sezgilarga bog’liq. Orqa (ayniqsa bel) tarang tutib burilishi, fiziologik egilishi birmuncha bo’rttirilgan bo’lishi lozim.
Xoda ustida qomatni mohirona tutib turish ko’nikmasini gimnastikachi asta sekin egallaydi. Uning asosini umurtqani tutib turish bilan bog’liq bo’lgan shartli harakat reflekslari belgilaydi. Bunga xoda ustida har kuni xoreografik mashqlarni bajarib erishish mumkin.
Umurtqaning ressorlik faoliyatini optimallashtirish uchun ko’pgina gimnastikachi gimnastikachilar bel lardozini kuchaytirib, umurtqalarning boshqa egilish joylari qiyshayishini bo’rttirib, tosning oldinga og’ish burchagini atayin oshiradilar. Bunday qomat ayniqsa murakkab elementlar bajarilishini yakunlovchi so’nggi holatlarda samaralidir.
Gimnastikachi tanasining xoda ustidagi barqarorligi uchun ma’sul bo’lgan uchinchi (yuqorigi) zona – bosh, bo’yin va yelka kamari. bu zona qomatni yuqoridan o’zgartirib, tana holatlari hamda vaziyatlarga ifodali rangdorlik bag’ishlaydi.
Ma’lumki, bosh holatini o’zgartirish bo’yin, ko’z, hamda vestibulyar apparat retseptorlari qo’zg’alishiga, shuningdek, qator tonik reflekslarning paydo bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun xoda ustida mashq bajarganda, boshning to’g’ri holati va harakterlari muvozanat saqlash, gavdani tutish va tananing aylanma harakatlarini bajarishda katta ahamiyatga ega.
Boshni o’z vaqtida egish va ko’tarish gavda engashgan vaziyat hamda holatlarni to’g’ri va uzoq muddat tutib turishda juda muhim (muvozanatlar, sust sur’atli to’ntarilishlar).
Agar gavda egilgan, bosh esa vaqtidan oldin ko’tarilayotgan bo’lsa, gavdaning rostlanishi ro’y beradi. Boshning egilishi esa oldinga yiqilishga sabab bo’ladi. Vaziyat gavdaning rostlanishini talab qilsa, boshning egilishi tanani vaqtida oldin rostlashga undaydi rostlanish esa orqaga yiqilishga sabab bo’ladi.
Boshning burilishi piruetlar va burilib sakrashlar vaqtida tananing aylanishiga ta’sir ko’rsatadi. Tana bo’y o’qi atrofida aylanayotgan paytda boshni to’g’ri tutish kerak, chunki uning xatto sezilarsiz og’ishi ham muvozanatning buzilishiga olib keladi (Gaverdovskiy, 2002; Korenberi, 1976)
27 bet
Xoreografiyada qabul qilingan burilishlarni bajarish texnikasini (bunda ko’rish yo’nalishini saqlab qolish uchun bosh aylanishini oxirgi bo’lib boshlaydi va birinchi bo’lib dastlabki holatga qaytadi) xoda mashqlarida qo’llash mumkin emas.
Boshning gavdaga nisbatan holati mushak tarangligi darajasini belgilshda jiddiy ahamiyat kasb etadi va bundan tashqari, xoda ustidagi harakatlarni ko’rib nazorat qilishga imkon beradi.
Xoda mashqlarida boshning qo’shimcha harakatlari bilan suiiste’mol qilish mumkin emas, negaki bu muvozanatning buzilishiga sabab bo’la oladi. Biroq yakunlovchi holatlar va ifodali vaziyatlarda boshning alohida urg’u berib bajarilgan harakati faoliyatning mukammalligi va tugallanganligini takidlaydi.
8.1 – rasm. Xoda ustida oyoq kaftlarini joylashtirish usullari.
Xoreografiyada yelkaning kerilgan, ochiq holati va kuraklar burchagining birlashtirilib turilishiga katta e’tibor beriladi, bu, bir tomondan to’g’ri qomatning belgilaridan biri, ikkinchi tomondan, texnikaning ifodali tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
Qo’llarni yon tomonga yozib, kurak burchaklarini birlashtirib turish zarur mushak tarangligini yuzaga keltirishga (ayniqsa, sakrash, burilish, muvozanat saqlab turishning yakunlovchi bosqichida) yordam beradi.
Xoda ustida xoreografiya mashqlarini o’rganish va bajarish vaqtida oyoq kaftlarining to’g’ri qo’yilishiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega (Gaverdovskiy, 2002; Lisitskaya, 1984).
Xoda ustida oyoq kaftlarini joylashtirishning mumkin bo’lgan usullari bayoni 9 – bo’limda (“amaliy materiallar”) to’liq keltirilgan. Bu yerda gap mashqning turiga qarab kaftlarni to’g’ri joylashtirish xususidagina ketayapti. Masalan, ikkala oyoq bilan yuqoriga faol itarilish va uning kuchidan mukammal foydalanish uchun o’zaro birlashtirilgan, simmetrik tarzda joylashtirilgan kaftlar holati eng maqbul sanaladi (8.1, a rasm).
Biroq bunday holat sakrashdan keyin ikkala oyoqqa tushishda qo’llanilishi mumkin emas. Uzunasiga bajarilgan ikki oyoqdan ikki oyoqqa sakrashlar bundan mustasno (8.1, b rasm).
Muvozanatlar, qadam tashlash, sanchish, burilishlar oyoq kaftlarining tashqi tomonga ancha keng kerilgan holatini talab qiladi (8.1, v, g, d - rasm).
Ikki oyoqqa tushishda kaftlarni bir vaqtda va ketma-ket joylashtirishning turli ko’rinishlari xoda bo’ylab kerib qo’yilgan kaftlar holatida ancha barqarorroq sanaladi (8.1 v, g - rasm).
Biroq musoboqa qoidalari muvozanat saqlash tartiblarini murakkablashtirish hamda texnikaning estetik tarkibiy qismi qiymatini oshirish bilan yerga tushish paytida oyoqlarning erkin joylashtirilishi darajasini cheklab qo’yadi. Bundan tashqari, agar sakrash oyoqlarni kerib, ketma-ket joylashtirish bilan yakunlangan bo’lsa, undan keying bir necha sakrashdan iborat seriyani samarali bajarish mumkin emas. Buning uchun ikki oyoqqa tushish bilan bajariladigan ko’pchilik sakrash turlari yoki ketma ket birlashgan sakrashlar (seriya) kaft ketidan kaft holatida bajariladi (8.1, e -rasm).
Shunday qilib, itarilish sharoitlari tayanch maydoni kamaygani sayin yaqinlashib boradi, biroq bunda erga tushish vaqtida muvozanat saqlash imkoniyatlari torayadi. Va, aksincha, tayanch maydonining kattalashuvi (kaftlar orasidagi masofaning ortishi hisobiga) barqarorlikni oshiradi, lekin itarilish samaradorligini pasaytiradi.
Xoda ustidagi xoreografiya darslari juda rang-barang. Gimnastikachilar tayanch oldida yoki o’rtada bajariladigan, ammo cheklangan tayanch maydoni sharoitlariga moslashtirilgan mumtoz mashq dars variantlaridan biri bo’lishi mumkin. Yaxshisi, mashqlarning bir qismi xoda bo’ylab (masalan, I va II vaziyatlar bo’yicha plié, port de bros), bir qismi xodaga ko’ndalang (developpe, grand battement jete) va yana bir qismi 90 ̊ ga burilishlar bilan, ya’ni xoda bo’ylab hamda xodaga ko’ndalang (battement tendu, battement fondu) bajarilgani ma’qul.
Xoda ustidagi darslarning yana bir varianti sifatida maktab, ya’ni o’ziga xos gimnastika elementlarini bajarishga tayyorlovchi asosiy xoreografik mashqlar ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, qadam tashlash, yugurish, kichik, o’rta va katta siltashlar, muvozanat va burilishlar, asosiy sakrashlar (oyoqlarni bukib, kerilib, oyoqlarni oldinda almashtirib, orqada almashtirib, shpagatga, assemble, sissone va boshqalar) kabi.
Bunda xoreograf o’rganiladigan barcha elementlarni mavzuviy maktablarga taqsimlashi (masalan, sakrashlar maktabi, burilishlar, muvozanatlar maktabi) yoki kombinatsiyalangan darslar o’tkazishi mumkin.
Xoda ustida xoreografiya darsini o’tkazish uchun musiqa ostida 3 daqiqagacha davom etadigan maxsus tuzilgan majmuani tavsiya etish mumkin (xoda ustidagi ikkilantirilgan mashq vaqti). Bunday majmualar tarkibiga barcha zarur asosiy xoreografiya elementlari va tayyorlov mashqlari kiritiladi. Bir darsda bunday majmuani bir necha bor takrorlatish yo’li bilan xoreograf – murabbiy gimnastikachilardan harakatlar tozaligi va ifodaliligiga erishadi.
Musobaqa davridagi xoreografiya darslarida xoda mashqlarini soddalashtirilgan akrobatika elementlari bilan, lekin xoreografik hamda gimnastika elementlarini mukammal bajargan holda ko’p bor takrorlash tavsiya qilinadi.
Xoda ustida bajariladigan kompozitsiyani shakillantirish xuddi erkin mashqlar kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shunday mashqlar uchraydiki, ularni kompozitsiya deb atash qiyin. Bu ko’proq murakkab elementlarning shunchaki bir aralashmasiga o’xshaydi, go’yo ular orasiga dam olish uchun 5-10 xil bezak harakatlari yoki holatlari kiritib qo’yilgandek.
Xoda mashqini tuzish gimnastikachi musoboqa qoidalariga ko’ra zarur murakkablikni ta’minlash uchun bajarish shart bo’lgan qiyin va majburiy elementlarni qo’shilmalari, bir oyoqda burilishlar va x.k. kompozitsiyada gimnastikachi tayyorgarligining serqirraligini ko’rsatib, elementlarning har xil tuzilmaviy guruhlarini taqdim etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |