Sport pedagogik maxoratini oshirish


Kompozitsiya yaratishning keying bosqichi –



Download 54,47 Mb.
bet61/157
Sana25.01.2022
Hajmi54,47 Mb.
#409814
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157
Bog'liq
badiiy gimnastikada xoreografiya

Kompozitsiya yaratishning keying bosqichi – bog'lovchi, bezak sifatidagi va tomoshabop, mashqlarga jilo beruvchi, murakkab elementlarga chiroyli yo’l bilan soya tashlab, gimnastikachiga nafas rostlab olishga imkon yaratuvchi harakatlarni tanlab olish.

Bundan tashqari, mazkur harakatlar tanlab olingan hamma murakkab va majburiy elementlarni yaxlit, tugallangan kompozitsiyaga birlashtirish vazifasini bajarishi kerak - mashqning yaxlitligi tamoyili. Bunday harakatlarga qadam tashlash, yugurishlar, sanchishlar, burilishlar, siltanish, tashlanish, cho’nqayib o’tirish, o’tirish, yotish holati, tayanish, dumalash, o’mbaloq oshish va x.k. kiradi.

Bog’lovchi harakatlarning to’g’ri tanlanishi kompozitsiyaning o’ziga xosligini belgilaydi. Birinchi navbatda yodda tutish kerakki, ular o’ta murakkab bo’lmagani ma’qul, chunki bu harakatlaning vazifasi- asosiy elementlarni bezash va o’zaro uyg’unlashtirishdan iborat.

Bundan tashqari, bog’lovchi harakat hamda vaziyatlar bir uslubga bo’ysundirilishi zarur – uslubiy yaxlitlik tizimi. Masalan, modern uslubidagi vaziyatlar bilan sharqona raqsga xos holatlarni uyg’unlashtirish uncha muvaffaqiyatli chiqmagan bo’lardi. Ikki yoki undan ortiq bir turli harakatlarni, masalan, o’ng va chap oyoqlar bilan tashlanishlarni bir bog’lamga birlashtirish ham tavsiya etilmaydi, bu kompozitsiya sur’atining bir tusda, rangsiz chiqishiga olib keladi. Bunday holatlarda contrast harakatlar – oyoqni oldinga balandga siltash – tashlanish yoki yarim cho’nqayish uyg’unligi chiroyli ko’rinadi.

Kompozitsiyada bir joyda turib va siljish bilan bajarilgan bog’lovchi harakatlarni navbatlash yaxshi taassurot uyg’otadi. Masalan keng sakrash→ vaziyatni qayd etish→akrobatik bog’lam→vaziyatni qayd etish.

Ritmni maqbul tarzda o’zgartirish, tezroq harakatlardan ravon, sust harakatlarga o’tish eng jozibali yoki murakkab elementlarni bo’rttirib ko’rsatishga imkon beradi, shodlik, portlsh yoki so’nish jarayonlarini ifodalaydi- kontrastlikni tamoyili.

Ko’pincha bezak harakatlar yoki holatlar akrobatik yoxud gimnastik bog’lamni yakunlar ekan, mashqning muayyan qismidaakkord, rivojlanishning cho’qqisi-kulminatsiya rolini bajaradi. Ba’zan, aksincha, shunday harakatlar yoki holatadn elementlarning murakkab bog’lami boshlanadi. Har qanday holatda ham ushbu harakatlar asosiy birikmaning mantiqiy boshi yoki yechimi bo’lishi zarur. Ular asosiy elementlarning amalga oshirilishini murakkablashtirish emas, osonlashtirish uchun xizmat qilishi joiz. Shunday ham bo’ladiki, yuqori toifali gimnastikachilar bog’lovchi harakatlar yoki holatlardan og’ir elementlarni bajarish vaqtida ehtimoli bo’lgan xatolar yoki muvozanatning yengil yo’qotilishini niqoblashda ham foydalanadilar. Bunga qo’llarning turli harakatlari (masalan, to’lqinlar, sakkiz raqami shakli), chuqurroq cho’nqayish, katta qadam tashlash, gavdani egish orqali erishiladi. Nazokat va mahorat bilan bajarilganbunday harakatlar bahoning pasayishiga olib keladigan texnik xatolarni yashirishga ko’maklashadi.

Va, nihoyat, barcha bog’lovchi harakat va holatlarning-gimnastikachining individual jihatlarini yaqqol namoyish etib, zaif tomonlarini niqoblashga, mahoratini takidlab ko’rsatishga yordam beradigan amallardir-kompozitsiyani individuallashtirish tamoyili.

Kompozitsiya to’la tuzilib, gimnastikachi tomonidan umumiy jihatlari o’rganilgach, murabbiy xoreograf bilan birga uni avval gilamda, keyin xoda ustidako’radi. Zaruratga ko’ra tayyor mashqqa taxrir va qo’shimchalar kiritiladi. Keyin xoda mashqida mahoratni takomillashtirishning uzoq muddatli jarayoni boshlanadi.


Download 54,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish