“Tasdiqlayman”
Andijon shahar 5-umumta`lim
maktabi direktori:
__________ S.Xodjayeva
“___”_________2021 yil
Andijon viloyatida “Direktor kubogi”ning sovrindorligiga
deb e`lon qilinganligi munosabati bilan 3 bosqichli
“Sport o`yinlari” musobaqalarini o`tkazish
NIZOMI
1. Maqsad va vazifalari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog`lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta`minlash, har bir o`sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat, mustahkam irodali, har tomonlama sog`lom avlodni voyaga yetkazish.
“Direktor kubogi”ga o`tkazilayotgan sport musobaqasini maktablarda, targ`ibot-tashviqot qilish va yanada rivojlantirishda ko`zda tutilgan asosiy maqsad va vazifalaridir.
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishni o`quvchilarning kundalik turmush tarziga singdirish.
- O`sib kelayotgan yosh avlodlarning jismonan baquvvat va sog`lom bo`lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobilyatlarining o`sishiga yordam berish.
- Maktab o`quvchilarini turli o`yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, badantarbiya mashqlariga rioya qilinishiga ko`niktirish.
2. Musobaqa o`yinlarini tashkil etish va o`tkazish
Musobaqada maktab o`quvchilari jami bir jamoa tarkibi har bir sinfdan 4 nafar qiz, 4 nafar o`g`il bolalar sport o`yini musobaqalarida ishtirok ishtirok etadilar.
Musobaqaning 1-bosqichi maktab muassasasida29-30 sentabr kunlari maktab rahbariya va jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari boshchiligida o`tkaziladi.
2-bosqich 4-5 oktabr kunlari maktab rahbariya va jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari boshchiligida o`tkaziladi.
3-bosqich 8-9 oktabr kunlari maktab rahbariya va jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari tomonidan o`tkaziladi.
3. Musobaqa o`yinlarida ishtirok etish shartlari.
Musobaqalarda ishtirok etuvchi har bir jamoa o`zining nomzodini ko`rsatib o`tadi.
Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar maktab hamshiralari tomonidan tibbiy ko`rikdan o`tkazilganini tasdiqlovchi ma`lumotnomasini musobaqa boshlanishidan oldin hakamlar xay`atiga taqdim etadi.
4. Musobaqa dasturi va o`tkazish qoidalari.
1-shart. “Yengil atletika” estafetali yugurish. 4 nafar qiz, 4 nafar o`g`il bolalar.
2-shart. Qizlar uchun – Turgan joydan tennis to`pini uzoqlikka otish. 2 nafar ishtirokchi o`quvchi qizlar, har bir ishtirokchi bir marotaba tennis to`pini uloqtiradi. Sport o`yinlari. Voleybol. 6 nafar ishtirokchi har bir sinfdagi o`quvchilar jamoalarga bo`linib, har bir jamoalar navbatma-navbat o`yin davomida bellashadilar.
3-shart. Basketbol. 5 nafar ishtirokchi har bir jamoaning ishtirokchilari guruhlarga bo`linib bellashadilar. Qizlar o`rtasida. Turnikka tortilish. 2 nafar ishtirokchi.
Barcha ishtirokchilar navbatma-navbat turnikda 1 daqiqa davomida tortiladi. 2ta ishtirokchining tortilishlari jami qo`shib xisoblanadi va eng ko`p tortilgan jamoa g`olib hisoblanadi.
4-shart. Arqon tortish. Qizlar va o`g`il bolalar har bir jamoa ishtirokchilari qisqa vaqt ichida o`z kuchlarini ko`rsatgan holda musobaqalashadilar. Yutgan jamoa g`olib hisoblanadi.
5. Musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash.
Musobaqa o`tkazishga bevosita rahbarlik qilish Andijon shahar 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori S.Xodjayeva tomonidan amalga oshiriladi. Musobaqaning barcha bosqich g`oliblari maktab rahbariyati tomonidan taqdirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |