Sport menejmenti va iqtisodiyot


Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning maqsad va tamoyillari



Download 11,94 Mb.
bet62/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning maqsad va tamoyillari

Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning maqsadlari, tamoyillari va


modellari:

- davlat budjetining soliqdan tashqari daromadlarini oshirish;

- tabiiy monopoliyalarni tartibga solish, mamlakat mudofaa qobiliyatini va
xavfsizligini oshirish, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish va boshqa dasturlarini
amalga oshirish bilan bog‘liq umudavlat vazifalarini bajarishda xo‘jalik
jamiyatlarining qatnashuvini ta‘minlash;

- ishlab - chiqarishning rivojlanishiga sharoit yaratish, xo‘jalik jamiyatlari


faoliyatining moliyaviy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, investitsiyalar jalb
qilish;

- iqtisodiyotda institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish (korxonalarni,


tarmoqlarni restrukturizatsiya qilish, vertikal integratsiyalangan korporativ
tuzilmalarni tashkil qilish);

Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning asosiy tamoyillari:

- aniq AJ (AJlar guruhi, masalan, paxta tozalash zavodlari) aksiya paketlarining
davlat egaligida qoldirilishi zarur bo‘lgan maqsadlarning aniqlanishi va mos
ravishdagi huquqiy hujjatlarida aniq yoritilishi;

- minimal yetarlilik, ya’ni davlat manfaatlariga iqtisodiy tartibga solishning


(soliq, bojxona siyosatini o‘zgartirish va boshqalar) bilvosita (indikativ) usullar bilan erishib bo‘lmaydigan korxonalardagina aksiyalar paketiga davlatning egalik qilishi yetarlidir;

- samarali boshqarish orqali resurslarni imkoni bor darajada tejashga erishish


uchun korxona ustav fondida davlat ishtirokining zaruriyati;

- boshqaruvning professionalizmi, davlat aksiya paketlarini boshqarishga


yuqori malakali mutaxassislarning jalb qilinishi nazarda tutilishi;

- davlat aksiya paketlarini boshqaruvchilar bilan samarali o‘zaro munosabatda


bo‘lish tizimining mavjudligi.

"Oltin aksiya" - ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat


ishtirokining maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat
korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta‘minlaydi.

"Oltin aksiya" qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda arovga


qo‘yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilshda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.

"Oltin aksiya" ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin.

Davlatning "oltin aksiya"dan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. "Oltin aksiya" aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi to‘rtinchi, ettinchi, sakkizinchi, o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi xatboshilarida, shuningdek 82-moddasi birinchi qismining ettinchi, yigirma ikkinchi-yigirma to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha veto qo‘yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo‘yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
Boshqaruv kompaniyasining asosiy maqsadi - qaltislikning maqbul darajasida
mulkdorning mumkin qadar yuqori daromad olishini ta‘minlash. Davlat aksiyalar
paketini ishonchli boshqarishda ushbu aktivlarni saqlab qolish va boshqaruvdagi
korxonalarning uzoq muddatli daromadli faoliyatini maksimallashtirish hisobiga
ularning qiymatini ko‘paytirishga intilish kerak. Buning uchun boshqa aksiyadorlar
bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ya’ni ular, korxonaning uzoq muddatli
foydaliligi korxonaning aksiyalari qiymatini ancha oshirishini anglab etishlari darkor.


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish